Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Kontraseptiv vositalar tasnifi


Download 330.73 Kb.
bet13/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
dom.rod

1. Kontraseptiv vositalar tasnifi
Kontrasepsiya — turli xil usullar bilan kutilmagan homiladorlikdan saqlanish demakdir.
Kontrasepsiya Gippokrat zamonlarida ma'lum bo'lgan.
Tibbiyot ilmining rivojlanishi kontrasepsiyaning ayol va erkaklar uchun eng qulay, samarali usullarining ishlab chiqarilishi va amaliyotda qo'llanilishiga sabab bo'ldi.
Homiladorlikdan saqlovchi vositalardan keng foydalanish tug'ilish va tabiiy o'sish ko'p bo'lgan mamlakatlarda aholi sonining o'sishini kamaytirib, yashash sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bizning sharoitimizda kontraseptiv vositalarni qo'llash tug'ish, tug'ilish ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Reproduktiv salomatlikni yaxshilash onalar va perinatal o'limni kamaytirib, istalmagan homiladorlikdan saqlanish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda kontrasepsiyaning quyidagi usullari keng qo'llaniladi:
l) Gormonal kontrasepsiya:

  • oral (ichiladigan aralash tarkibli) kontrasepsiya;

  • in'eksion kontrasepsiya;

  • implant kontrasepsiya.

  1. Bachadon ichi vositalari (BIV).

  2. To'siqli (baryer) kontrasepsiya.

  3. Homiladorlikdan saqlanishning tabiiy usullari.

  4. Laktatsion aminoreya usuli (LAU);

  5. Ritmik usul (kalendar usuli, bazal harorat usuli, servikal usul, simptotermal usul).

  6. Ko'ngilli jarrohlik usuli va boshqalar (abstinensiya, jinsiy aloqani uzish).

Kontraseptiv vositalarni qo'llashda har bir usulning o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud bo'lib, uni qo'llaganda, asosan, vositaning afzalliklari kamchiliklaridan ustun bo'lishi ko'zda tutiladi. Aniqlanishicha keyingi yillarda kontrasepsiyaning boshqa turlariga nisbatan ayollar tomonidan gormonal kontraseptivlar hamda bachadon ichi vositalari ko'proq qo'llaniladi. Bu xil kontrasepsiya 98 foiz hollarda homiladorlikdan saqlanish samarasini beradi.
Ichiladigan gormonal kontraseptivlar ko'pincha estrogen va progesteron (gestogen) gormonlarning qo'shilmasidan iborat bo'lib, uni qabul qilganda, gonadotropin gormonlarining ishlab chiqarilishi pasayishi natijasida, ovulyatsiya jarayonining sodir bo'lmasligiga olib keladi va homiladorlikning oldi olinadi. Ko'rinib turibdiki, gormonal vositalarni uzoq, doimiy ravishda ichib yurish menstruatsiya siklining buzilishiga sabab bo'iishi mumkin. Bundan tashqari, qon bosimining ko'tarilishi, qonning ivish jarayonini tezlashtiradi. Tromboemboliya holati esa yoshi kattaroq va qandli diabet kasalligi bo'lgan ayollarda miokard infarktini olib kelish xavfmi tug'diradi.
Bachadon ichi vositalari qo'llanganda, bachadondan qon ketishi (metroragiya va giperpolimenoreya), jinsiy a'zolarning (bachadon naylari, tuxumdonlarda) surunkali yallig'lanish jarayonlarining faol-lashuvi, bachadondan tashqaridagi homiladorlik, spiralning bachadonni teshib o'tishi kabi asoratlar uchrashi kuzatiladi.
Ammo, BIVni qo'llaganda, uning kontraseptiv samaradorligi 98 foiz yoki undan ortiqroq bo'lganligi, ko'pincha progesteronli spirallar qo'llanganda uning yallig'lanishga qarshi ta'siri va bachadondan qon ketishining oldini olish xususiyati, ayniqsa temir yetishmasligidan kelib chiqadigan kamqonlik bilan xastalangan ayollarda yaxshi natijalar kuzatildi. Mabodo ayol farzand ko'rishni xohlab qolsa, spiral olib tashlangandan so'ng ham, ko'pchilik hollarda, 6 oydan keyin homila paydo bo'lishi bu usul qanchalik samaradorligini ko'rsatadi.
Alohida e'tiborni o'ziga qaratadigan usullardan biri homiladorlikdan saqlanishning tabiiy yo'lidir. Bu usulda ayollar fertil davrni, ya'ni menstrual sikl davomida homila paydo bo'lish ehtimoli ko'proq bo'lgan kunlarni bir necha xil yo'llar bilan aniqlab oladilar va shu kunlarda jinsiy aloqadan o'zlarini tiyadilar. Bu usulning o'ziga yarasha kamchiligini (uzoq vaqt o'zini jinsiy aloqadan tiyish, homilaning paydo bo'lish ehtimolining yuqoriligini) hisobga olmasa, uning ayol organizmi uchun hech qanday asorati, yomon oqibati qayd etilmagan va bu usulni qo'llash o'ziga xos afzalliklarga ega.
Kontrasepsiyaning ko'ngilli jarrohlik usullari (ayollarda bachadon naylarini kesib tashlash, uni elektrokaogulyatsiya qilish, erkaklarda vazektomiya) va kimyoviy vositalardan foydalanish organizmda qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlarga olib kelishini inobatga olib, kamdan-kam hollarda bu usullardan foydalanish mumkin.
2. Bo’yida bo’lishdan saqlanishning zamonaviy usullarini, ulardan foydalanish qoidalari
Tabiiy usullarga ritmik usul deb ataluvchi kalendar usuli, harorat (to'g'ri ichak-bazal harorati) usuli, servikal va simptotermal usullar kiradi.
Kontrasepsiyaning ritmik usuli yoki jinsiy aloqadan vaqtinchalik saqlanish usuli, ovulyatsiya (yetilgan follikulaning yorilib, undan tuxum hujayraning ajralib chiqish jarayoni) vaqtini aniqlash, ovulyatsiyadan oldin va undan keyingi dastlabki kunlarda jinsiy aloqadan o'zini tiyishga asoslangan. Odatda, ko'pchilik — ideal turdagi (hayz sikli 28 kun davom etadigan) ayollarda siklning 14 (2)-kunida ovulyatsiya jarayoni sodir bo'ladi. Tuxum hujayra va spermatozoidlarning yashash qobiliyatini hisobga olgan holda ko'pchilik olimlar hayz siklining 10-17 kunlari (8 kun), ba'zi bir xillari 5-20 kunlari (16 kun) davomida jinsiy aloqada bo'lmaslikni tavsiya etadilar. Tuxum hujayra va spermatozoidlar 3-4 kun davomida urug'lanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Yetilgan tuxum hujayra tuxumdonning follikula yetilgan joyidan tashqariga chiqadi. Ayni bachadon naylarining ampulyar qismi shokilalari (fimbia follikula yorilishi kutilayotgan sathiga yaqin tuxum hujayrani bachadon naylari kanali tor kunlarda jinsiy aloqada bo'lgan ayollar qinidan bachadon va bachadon naylari sari intilib kelayotgan spermatazoidlar bilan aynan bachadon naylarining ampulyar qismida urug'lanish (tuxum hujayraning spermatazoid bilan birikishi-otalanish-kopulyatsiya) sodir bo'ladi.

Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling