Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Download 330.73 Kb.
bet16/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
dom.rod

c) Simptotermal usul.
Bu usul, ritmik usulning nisbatan yangi turi bo'lib, kalendar, harorat hamda servikal usullarning ba'zi unsurlarini ham o'z ichiga olgan ovulyatsiya vaqtida qorinning pastki qismida kuchsiz og'riq bo'lishi, jinsiy yo'llardan kamroq qonli chiqindi ajralishiga asoslangan.
Bu usulni bajarish birmuncha murakkab bo'lishiga qaramasdan boshqa usullarga nisbatan ikki baravar samaraliroqdir. Simptotermal usul bilan ovulyatsiya kunini aniqlab, ovulyatsiyadan 3 kun oldin va 3 kun keyin, ya'ni hayz sikli davrida xavfli bo'lgan 6 kun mobaynida ayollar jinsiy aloqadan o'zini tiyishlariga to'g'ri keladi. Agar ovulyatsiyadan oldingi kunlarda aloqada bo'lmay, 3 kun o'tgandan keyin jinsiy aloqani davom ettirilgan taqdirda homiladorlik ehtimoli har 100 ayolning 2 nafarida kuzatilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, homiladorlikdan saqlanishning tabiiy usullaridan foydalanishda ayollar juda ham qat'iyatlik, chidam bilan tabiiy usullarning barchasini sinab ko'rib, eng samarali usulidan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada ayollarning eng yaqin maslahatgo'yi, albatta, doyalar bo'lmog'i zarur.

3. Gormonal kontrasepsiyani tavsiya etishdan oldin ayollarga tegishli maslahatlar berish.
Gormonal kontrasepsiya usullaridan keyingi 30 yil davomida keng foydalanib kelinmoqda va bu usul reproduktiv salomatlikni saqlashda eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qilmoqda. Bu usulda kontrasepsiya maqsadida ayollar jinsiy gormonlar estrogen va progesteronning sun'iy analoglaridan foydalanadilar.
Gormonli kontraseptiv vositalar qanday tartibda qo'llanishi hamda uning har bir ayol uchun alohida muhim ahamiyat kasb etishi va ta'sir doirasiga qarab preparatlarni tavsiya etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1996 yilda ayollarning umumiy sog'lig'i, yoshi, jinsiy a'zolari va ekstragenital kasalliklari bor-yo'qligini inobatga olib, gormonal vositalarni qo'llashni 4 toifaga ajratishni tavsiya etdi.
Shunga ko'ra gormonal kontraseptiv vositalar qo'llanishi quyidaigicha taqsimlandi:
1-toifa: — Gormonal kontraseptiv vositalardan foydalanishga hech qanday moneliklari bo'lmagan ayollar. Bu toifadagi ayollar bemalol kontraseptiv vositalardan foydalanaverishlari mumkin.
2-toifa: — Bu usuldan foydalanganda undan kutilishi mumkin bo'lgan ko'ngilsizlikka nisbatan uning afzalliklari bir muncha ustun bo'lgan holatlar, bunda ham ayollar bu usuldan foydalanishi tavsiya etiladi.
3-toifa: — Gormonal kontrasepsiyadan foydalanganda kelib chiqishi mumkin bo'lgan asoratlar uning afzalliklaridan ustun bo'lgan holatlar, bunda ayollarga kontrasepsiyaning bu usuli tavsiya etilmaydi.
4-toifa: — Gormonal kontrasepsiyani qo'llash ayol salomatligi uchun katta xavf keltirishi mumkin bo'lgan holatlar, bunday holatlarda gormonal vositalarni qo'llash qat'iyan man etiladi.
Gormonal kontraseptivlarning quyidagi turlari amaliyotda qo'llanadi:

  • ichiladigan aralash tarkibli kontraseptivlar;

  • sof progestinli kontraseptivlar;

  • sof progestinli ichiladigan (oral) kontraseptivlar (SPOK);

  • sof progestinli in'eksion kontraseptivlar (SPIK);

  • aralash tarkibli (kombinatsiyali) in'eksion kontraseptivlar (KIK);

  • implantlar.

4.Gormonal kontrasepsiyaning afzalliklari va noto’g’ri qo’llanganda uchraydigan asoratlar.


Gormonal kontrasepsiya qo'llanila boshlagan dastlabki yillarda tabiiy estrogen va gestogenlarni ayol organizmiga tashqaridan kiritilishi natijasida ovulyatsiyaning so'nib, ayollarning homiladorlikdan saqlanishi aniqlangan edi. Biroq ichiladigan tabletkalar tarkibida estrogen gormonlar miqdori ko'p bo'lganligi sababli (u paytlarda estrogenlar miqdori 150 mkg gacha bo'lgan) undan foydalangan ayollarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining ko'payishi qayd etila boshladi. Buning asosiy sababi, gormonal tabletkalar tarkibidagi estrogen qonning ivish jarayonini tezlashtirishi va tromboemboliya xavfini tug'dirishidir. Shu munosabat bilan gormonal kontraseptivlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish borasida samarali izlanishlar olib borildi. Natijada qo'llanadigan preparatlarda estrogen miqdorini 2-3 baravarga ya'ni 50 mkg gacha kamaytirish, shuningdek, unga monand ravishda gestogen (progesteron) miqdori ham kamaytirildi. Shu yo'l bilan yuqorida qayd etilgan xavfli asoratlarni oldi olinadigan bo'ldi.

5.Ichiladigan kontraseptivlar ta’siri, samarasi.


Ichiladigan aralash tarkibli kontraseptivlar sifatida estrogen va gestagin (progestin) preparatlar aralashmasidan iborat bo'lgan tabletkalardan foydalaniladi. Ularning tarkibi ko'pincha estrogen va progesteron gormonlarining sintetik analoglaridan (etinelestradiol-20 mlg dan 35 mlg gacha hamda progestogen 0,075 mg dan 0,300 mg gacha) tashkil topadi.
Bunda follikulin fazasi 6 kun, ovulyatsiyadan oldingi davr 5 kun va lyutsin fazasi (sariq tanachaning rivqjlanish fazasi) 10 kundir. Shunday qilib, ularning birikmasi mo'tadil hayz sikliga xos bo'lgan estradiol va progesteronning qon plazmasi tarkibidagi o'zgarishlarga olib keladi.
Ichiladigan aralash tarkibli kontraseptivlarning ta'sir mexanizmi. Homiladorlikdan saqlovchi kontraseptivlar tarkibidagi estrogen va progestinlarning har xil nisbatdagi miqdori hayz sikli davomida sodir bo'ladigan ovulyatsiya jarayonini so'ndiradi. Bachadon bo'yni kanali shilliq moddasi quyuqlashadi. Bu esa, spermatazoidlarning bachadon sari faol harakat qilishiga to'sqinlik ko'rsatadi. Bundan tashqari, bachadon shilliq qavatida proliferatsiya fazasi susayishi — bezlarning regressiya holatini keltirib chiqaradi.
Ichiladigan aralash tarkibli kontraseptivlarning afzalliklari:

  • kontraseptiv xususiyati yuqori bo'lib, homiladorlikdan saqlanishda yaxshi samara beradi. Perl indeksi bo'yicha bir yil davomida kontrasepsiyani qo'llagan bar 100 ayolning 0,1 -0,8 nafarida homila­dorlik bo'lish ehtimoli mavjud;

  • preparatni ichish bilan kontraseptiv ta'sir boshlanadi;

  • maxsus ginekologik tekshiruvlar talab etilmaydi;

  • ichiladigan tabletkalar reseptsiz beriladi va ularni hamshira, akusherkalardan olish mumkin.

Ichiladigan aralash tarkibli kontraseptivlarni qo'llash uchun ko'rsatmalar. Bu xildagi kontraseptivlarni tavsiya etishda uning afzalliklari bilan bir qatorda, undan kelib chiqishi mumkin bo'lgan noxush holatlar salmog'ini ham hisobga olish zarur.
Kontraseptivlarni ba'zi bir xil qo'shilib keluvchi yoki jinsiy a'zolar kasalliklarining kelib chiqishiga to'sqinlik qiluvchi, ba'zan davolovchi samara berishiga qarab qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:

  • endometrioz;

  • algodismenoreya;

  • polipoz;

  • bachadon endometriysi giperplaziyasi;

  • giperpoliprogmenoreya;

  • bachadondan disfunksional qon ketishi;

  • fibroz-kistozli mastopatiya;

  • jinsiy a'zolarning avj olib turuvchi yallig'lanish kasalliklari;

  • temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya;

  • hayz oldi sindromi (predmenstrual sindrom);

  • tuxumdonlarning kistoz o'zgarishi;

  • endokrin bepushtlik.

Bu toifadagi ayollarda orada ikki oylik tanaffus bilan 3 oy muddatda davom
etadigan hayz siklining 5-kunidan boshlab 21 kun davomida ichiladigan gormonol kontraseptivlar qo'llanilsa, undan ham homiladorlikdan saqlanish, ham kasalliklarning oldini olish ham davolashda ijobiy samara kutish mumkin.
Moneliklar. Ayollarda gormonal kontraseptivlarni qo'llashda «xavfl yuqori» hisoblangan holatlarga quyidagilar kiradi:

  • semizlik;

  • migren (kuchli bosh og'rig'i);

  • depressiya holati;

  • qandli diabet;

  • tromboflebit;

  • nefropatiya;

  • gipertenziya;

  • jigar va buyrak kasalliklari;

  • epilepsiya;

  • bronxial astma;

  • xavfli o'smalarga gumon bo'lsa, asosan sut bezlari rak kasalligiga.

Shuningdek, 35 yoshdan oshgan va chekuvchi ayollarda ham bu holatlarning «xavfi yuqori» bo'lishi mumkin.
Ichiladigan aralash tarkibli (gormonal) kontraseptivlarni qo'llash xavfi yuqori bo'lsa, yoki unga mutloq moneliklar mavjud bo'lgan holatlarda, kontrasepsiyaning boshqa vositalari tavsiya etilgani ma'qul.

Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling