Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Download 330.73 Kb.
bet14/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
dom.rod

a)Harorat usuli.
Bu usulda har kuni to'g'ri ichak (bazal) harorati o'lchanadi. Bazal haroratning ko'tarilish vaqti aniqlanib, hayz siklining birinchi fazasi va bazal harorat ko'tarilgan kundan keyingi 3 kun davomida jinsiy aloqadan o'zini tiyish tavsiya etiladi.
Ayol kishi bir necha oy davomida (kamida 3 oy) har kuni ertalab uyqudan uyg'onishi bilan joyidan turmasdan oddiy termometr yordamida to'g'ri ichak haroratini o'lchaydi va uni maxsus kalendarga qayd etib boradi. Bazal haroratning jadal ko'tarilishiga qarab ovulyatsiya kuni aniqlanadi.
Kuzatishlarga qaraganda ovulyatsiya jarayoni sodir bo'lishi oldidan bazal harorat odatdagidan 10 ga qadar pasayib, harorat chizig'ida o'tkir burchakli shakl paydo qilib, ovulyatsiya bo'lgandan so'ng bazal harorat 0,8 - 1,00 gacha ko'tariladi va keyinchalik hayz kuni kelgunga qadar shu holatda saqlanadi.
Tuxum hujayra 3 kundan keyin urug'lanish qobiliyatini yo'qoti-shi inobatga olinsa, hayz siklining sariq tanacha rivojlanish fazasining dastlabki 3 kunidan so'nggi davr, homiladorlik paydo bo'lish xavfini tug'dirmaydi.
Harorat usulining o'ziga yarasha kamchiligi bo'lishiga (har kuni bazal haroratni o'lchash) qaramasdan ushbu usuldan ko'pchilik ayollar tomonidan samarali foydalanib kelinmoqda va bunday hollarda homilador bo'lish ehtimoli kam. Har 100 ayoldan 0,3 - 6 tagacha ayol homilador bo'lib qolishi qayd etilgan. Kalendar usulida esa bu ko'rsatkich har 100 ayoldan 19 nafargacha to'g'ri kelishi mumkin.
Bu usulni tanlashda, ayollar kamida 3 oy yoki 6 oy davomida har kuni ertalab joyidan turmasdan to'g'ri ichak haroratini o'lchab, bazal harorat hayz siklining qaysi kunida ko'tarilishiga alohida urg'u berib, belgilab boradilar. Shu zayilda 3-6 oylik kuzatishlar natijasiga ko'ra hayz siklining o'rtacha ovulyatsiya kunini aniqlab oladilar va unga qat'iy rioya qiladilar.
b)Servikal usul.
Bu usul ovulyatsiya oldidan ayol organizmida estrogen gormonlar tarkibining oshishi ta'sirida bachadon bo'yni kanali shilimshiq moddasi miqdorini'ng va sifatining o'zgarishiga asoslangan. Bu holathi ayollarning o'zlari ma'lum muddat davomida o'rgatilgandan keyin aniqlaydilar.
Ayol kishi ovulyatsiya oldidan bachadon bo'yni kanalida ko'p miq-dorda suyuq, cho'ziluvchan, tuxum oqsilini eslatuvchi shilimshiq modda to'planishi natijasida tashqi jinsiy a'zolarda (vulva) namlik va yopish-qoqlik paydo bo'lishini payqashga odatlanishi kerak.
Odatda, hayz siklining 6- 10-kunlarida va 18-kunidan to hayz kelgan kunga qadar tashqi jinsiy a'zolar quruq bo'ladi. Ayollar hayz tugagandan so'ng qindan keladigan shilliq ajralmalarni nazorat qilib borishi, bevosita barmoqni qinga kiritib, shilliq modda bor-yo'qligini tekshirib ko'rishi kerak. Agar, bachadon bo'yni kanalidan tiniq, yopishqoq, cho'ziluvchan shilliq modda kelayotgan bo'lsa, shu kunlar homi­lador bo'lish ehtimoli ko'p bo'lgan davr hisoblanadi. Sunday paytda, o'zlarini jinsiy aloqadan tiyishlari kerak. Hayotda ona sutining o'mini bosadigan biron xil ozuqa mahsulotlari ma'lum emas. Ona suti inson organizmini chaqaloqlik va bolalik davrida rivojlanishi, o'sishi, takomillashuvida asosiy ozuqa modda rolini o'ynaydi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, yog'lar va turli mikrodementlar boshqa biror bir jonzotlar sutidagiga qaraganda bola organizmi uchun biologik nuqtai nazardan mosdir. Bundan tashqari, ona organizmidagi turli xil yuqumJi kasalliklarga qarshi himoya vositasini o'taydigan «immunitet» sut orqali bola organizmiga o'tib, bolaJar to ko'krakdan ajratilgunga qadar ta'sir kuchini yo'qotmaydi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, ko'krakdan emizilayotgan bolaJarda chaqaloqlik, ilk bolalik va bolalarning bir yoshgacha bo'lgan davrida har xil yuqumli kasalliklar juda kam uchraydi. Turli xil sabablarga ko'ra onalar bolalarni emizish imkoniyatiga ega bo'lmagan hollarda (mastit va boshqa xil kasalliklar, onaning bolani emizish istagi bo'lmagan hollarda), ularni turli xil sun'iy sut aralashmalari bilan boqishga o'tilgan bolalarda ko'pincha yuqumli ichak kasalliklari, gipotrofiya kabi xastaliklar uchraydi. Bu esa bolalarning chaqaloqlik va ilk bolalik davrlaridagi o'limini ko'paytiradi. Bundan tashqari, sun'iy yo'l bilan oziqlantirish bolalarda turli xil allergik holatlarni keltirib chiqaradi, ularning rivojlanishi ham ona sutini emib o'sgan bolalarga nisbatan orqada qoladi. Odatda, bolalar 6 oylik bo'lganida ularga qo'shimcha ovqatlar berish tavsiya etiladi.
Shu nuqtai nazardan ham onalar o'z bolalarini imkon qadar uzoqroq muddatgacha — o'rtacha ikki yil, bo'lmasa bir yil davomida ko'krak suti bilan oziqlantirishi lozim. Fiziologik jarayonda bolani har uch soatda oziqlantirish maqsadga muvofiq' hisoblanadi. Sababi, bola qancha ona ko'kragini so'rsa ko'krak uchi terisidagi asab reseptorlari qitiqlanishi natijasida bosh miya po'stloq qismi, undan esa gipotalamusga impulslar (turtki) yuborib, gipotalamusdan ajralib chiqadigan relizing holat ta'sirida gipofiz ichki sakretsiya bezining oldingi bo'lakchasidan lyuteinlovchi gormonning (LG) ajralib chiqishini kamaytiradi va prolaktin gormoni ajralishi ko'payadi, bu esa sut bezlariga ta'sir etib, sut ajralishini kuchaytiradi. Bundan tashqari, gipofiz bezining orqa bo'lagidan oksitotsin gormoni ishlab chiqilishi kuchayadi va o'z navbatida sut bezlari mushaklarini qisqartirib, ajralgan sutni tezroq chiqarib berishga sharoit yaratadi. Shu rnunosabat bilan bolani ritmik ravishda, har doim bir vaqtda, tez-tez, uning ehtiyojiga qarab emizish ham ona organizmi uchun foydali bo'lib, bolalarning esa sog'lom, baquwat, kasalliklarga chidamli bo'lib o'sishiga zamin yaratadi.
Ko'krakdan emizish tug'ruq oralig'ini uzaytirish borasida muhim ahamiyatga ega. Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda kontrasepsiyaning boshqa turlariga qaraganda, ko'krakdan emizish yo'li bilan homiladorlikdan saqlanishni afzal ko'riladi. Nigeriya, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya kabi mamlakatlarda ayollarning 90 foizi bolalarini bir yil, hatto 2 - 2,5 yilga qadar ko'krakdan emizadilar, shu yo'l bilan tug'ruq oralig'ini uzaytiradilar. Islom dini tariqatida ham farzand ko'ruvchi va uni tarbiyalovchi onalar har taraflama (jismonan, ruhan va ma'naviy jihatdan) sog'lom va baquwat bo'lishlari targ'ibot qilinadi. Qur'oni Karimning «Baqara» surasining 233-oyatida «Onalar bolalarini ikki yil emizadilar. Bu hukm emizishni benuqson qilmoqchi bo'lgan kishilar uchundir» degan muqaddas bitiklar mavjudligi fikri-mizning yorqin dalilidir. Ayniqsa, tug'ish yoshidagi ayollar salomatligi (reproduktiv salomatlik) sog'lom bola tug'ilishi, uning barkamol bo'lib voyaga yetishishida eng asosiy omil ekanligi, emizikli onalar homiladan o'zlarini asrashlari bolaning yaxshi rivojlanishi va onaning salomatligi­ uchun juda muhimligi muborak hadislarda qayd etilgan. Abu Ali ibn Sinoning«Tib qonunlari» kitobida «Bolani emizishda va ovqatlantirishda mumkin qadar ona suti bilan boqish kerak. Chunki ona suti, homila ona qornida rivojlanayotgan vaqtida iste'mol qiladigan ovqat moddasiga, ya'ni onasining qoniga hamma narsadan ham ko'proq o'xshaydigan ovqatdir. Shu qonning o'zi keyinchalik sut bo'ladi. Shuning uchun bola onaning sutini tezroq qabul qiladi va unga odatlanadi. Bola onasini emganda turli azoblovchi hollardan saqlanishida juda foydalidir» deyilgan. Demak, bolani ko'krakdan emizish masalasi sharq tabobatining otasi Abu All ibn Sinoning ta'limotida ham o'z aksini topgan. Qadim zamonlardan oila va nikoh xususida fikr yuritilganda, bo'lajak er-xotinlar har tomonlama sog'lom bo'lishlari, ular farzand ko'rganlarida esa onalar bolani ikki yil davomida ko'krak suti bilan oziqlantirishi, bordi-yu keyingi homiladorlik paydo bo'lsa, ona qornida rivojlanishi uchun 9 oydan ko'proq vaqt o'tib, tug'ilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaganlar. Ya'ni ona bolani ko'krak bezlaridan muntazam ravishda emizib borsa, shu davrda homiladorlik bo'lmasligi inobatga olingan.
Shunday qilib, har bir bolaning tug'ilishi orasidagi farq uch yil bo'lishi talab qilingan. Tug'ruqdan keyin 2 yil davomida homiladorlikning bo'lmasligi ona organizmida homiladorlik va tug'ruq bilan bog'liq bo'lgan turli xil patologik jarayonlarning avvalgi fiziologik holatiga qayta tiklanishi uchun katta sharoit yaratadi. Emizikli davrda ovulyatsiya jarayoni so'ngan (anovulyatsiya) yoki bachadondagi muhit otalangan tuxum hujayrani qabul qilib, payvandlanish qobiliyati pasaygan bo'lsa, ko'krakdan emizish tug'ilishni rejalashtirishni nazorat qilishning eng samarali usuli bo'lishi mumkin.
Ko'pincha tug'ruqdan keyin emizish paytida ayollarda anovulyatsiya 4-12 dan to 24 oyga qadar davom etadi. Ba'zi bir ayollarda tug'ruqdan keyin, emizishdan qat'iy nazar, 2-3 oydan keyin ovulyatsiya boshlanadi. Unday ayollarda laktasion amenoriya usulini qo'llash foyda bermaydi.
Laktasion amenoriya usuli ko'krak suti bilan emizish vaqtida ro'y beradigan vaqtinchalik bepushtlikdir. U vaqtinchalik ovulyatsiyani so'ndiradi. Bu usul, tug'ruqdan keyin 6 oy o'tmagan bo'lsa, bolasini faqat ko'krak suti bilan emizadigan ayollarga qo'l keladi (chunki, ko'pincha ayollarda 6 oydan keyin ovulyatsiya boshlanadi).
Faqat emizib boqish deganda, bolaning talabiga qarab tunu-kun emizish, albatta bunda ko'krak suti boshqa ozuqa moddalari bilan almashtirilmasligi tushuniladi.
Afzalligi:
• Yuqori samara beradi, ya'ni tug'ruqdan keyingi 6 oy ichida har
100 ayoldan 1 yoki 2 nafarida homila bo'lishi xavfi bor;

  • darhol ta'sir ko'rsatadi;

  • jinsiy aloqa vaqti bilan bog'liq emas;

  • boshqa zararli ta'siri yo'q;

  • tibbiy nazoratning hojati yo'q;

  • sarf-xarajat talab qilmaydi.



Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling