Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Nokontraseptiv (homiladorlikdan saqlashdan tashqari) xususiyati


Download 330.73 Kb.
bet15/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
dom.rod

Nokontraseptiv (homiladorlikdan saqlashdan tashqari) xususiyati. Bola uchun:

  • passiv immunizatsiya natijasida turli xil yuqumli kasalliklarga chidamli bo'ladi;

  • ozuqa manbai hisoblanadi;

  • yuqumli kasalliklar manbai bo'lgan ozuqa moddalaridan shu

davrda yiroqda bo'ladi.
Ona uchun:

  • tug'ruqdan keyin qon ketishi kamayadi;

  • chilla davri jinsiy a'zolar, asosan bachadonning involyutsiyasi (homilador bo'lgunga qadar fiziologik holat) tezlashadi. Sababi, emi­zish paytida ajralib chiqayotgan oksitosin gormoni bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytiradi, uning oqibatida chilla davrida uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini oladi.

Kamchiligi:

  • LAU dan foydalanuvchi ayollarning barcha qoidalarga amal qilishiga bog'liq;

  • ijtimoiy sabablarga ko'ra bajarish qiyin bo'lishi mumkin (ayollar ish bilan bog'liq ravishda o'z vaqtida bolalarini emiza olmasligi, onaning kasalligi va hokazo);

  • ko'p hollarda faqat 6 oy ta'sir qilishi mumkin;

Jinsiy a'zolar infeksiyasi va jinsiy aloqa yo'li bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qila olmaydi.
LAUni qo'llashda ba'zi muammolar tug'ilishi mumkin.
Ayol bola emizishiga qaramasdan hayz ko'rishi mumkin. Hayzning boshlanishi ovulyatsiyaning va fertillikning tiklanishidan dalolat beradi. Boshqa usul qo'llanilmasa, homiladorlik ro'y berish xavfi yuqori bo'ladi.
Ba'zan bolalarning onani emishi sust bo'ladi. Har bir emishning orasi kunduzi 4 soat, tungisi 6 soatdan ortiq bo'lishi tuxumdonlar faoliyatining tiklanishiga sabab bo'ladi. Bu ham, o'z navbatida homiladorlik xavfini oshiradi.
Ayollar emizish o'rniga bolalariga boshqa sun'iy ovqatlantirish yo'lini tutsalar, bu holat ham tuxumdon faoliyatining tiklanishini tezlashtiradi, homiladorlik ro'y berish xavfi yanada ko'payadi.
Bola 6 oylikdan oshganda qo'shimcha ovqatlantirishga to'g'ri keladi. Bu esa emizish oralig'ining uzayishiga olib keladi laktatsion amenoreya usulining homiladorlikdan saqlash xususiyati kamaya boradi.
LAU ning samaradorligini aniqlash maqsadida ayollarga quyida berilgan uchta savol va javobni kuzatish mumkin
Bolani ko'krakdan emizib boqishda quyidagi qoyidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
l)chaqaloq tug'ilgandan keyin imkon qadar ertaroq ko'krakdan emizishi va chaqaloqning onasi bilan birga bo'lishi;
2)bolaning ehtiyojiga ko'ra, ertayu-kech faqat ko'krak suti bilan boqish;
3)olti oy muddat ichida faqat ko'krak suti bilan boqish;
4) qo'shimcha ozuqa berishni faqat 6 oydan keyin boshlash;

  1. ko'krak bezidan emizishni bola 2 yosh bo'lgunga qadar davom ettirish;

  2. ona yoki bola kasallanganda ham ko'krak suti bilan boqishni davom ettirish;

7)so'rg'ich, shisha idishlar orqali bolani boqishdan voz kechish;
8)ona istaganicha yeb-ichishini ta'minlash.



Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling