Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Sof progestinli kontraseptivlar (SPK) qo'llashda talab etiladigan ehtiyot choralari
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof progestinli kontraseptivlarning nojoya ta siri va uni bartaraf etish choralari. Amenoreya.
Sof progestinli kontraseptivlar (SPK) qo'llashda talab etiladigan ehtiyot choralari. Homiladorlik paytida SPK qo'llash tavsiya etilmaydi. Ko'rik paytida homiladorlik aniqlansa, uni saqlab qolish rejasi bo'lsa yoki ko'rik davrida homiladorlik tasdiqlanmasa, hayz kelgunga qadar SPKni qo'llashni to'xtatishga to'g'ri keladi.
SPK tarkibidagi progestin gormoni homilaning taraqqiyot nuqsonlarini keltirib chiqarishi mumkin. Aslida homiladorlik vaqtida turli dori vositalarini qo'llashda juda ehtiyot bo'lish lozim. Emizikli ayollarda, tug'ruqdan keyin 6 hafta o'tmasdan qo'llash mumkin emas. Sababi, yangi tug'ilgan chaqaloq uchun ona suti orqali o'tadigan progestin gormonlari, dastlabki 6 haftaligida bola uning sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sababsiz qon ketish. Jinsiy a'zolardan qon kelishi sababi aniq o'rganilib, homiladorlik yoki boshqa jiddiy sabablar tufayli qon ketish hollarining asosiy negizi bartaraf etilmaguncha SPK ni qo'llash tavsiya etilmaydi. SPK hayz oralig'ida qon ketish va surkaladigan qon kelib turishi kabi holatlarga olib kelish ehtimoli bo'lgani uchun boshqa holatlar bachadondan tashqari homiladorlik, homilaning o'z-o'zidan tushishi, kichik chanoq a'zolarining patologiyasi, ba'zida rak kasalligi) yashirincha kechishi mumkin. Ularni o'z vaqtida aniqlab davolashda qiyin-chiliklar tug'ilishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot choralarini qo'llash lozim. Shuningdek, sariq kasalligi, qon bosimining ko'tarilishi, sut bezi raki, qandli diabet, tez-tez qaytarilib turadigan bosh og'rig'i, depressiya holati kabi kasalliklarda ham ularning kechishi diagnozini aniqlashdagi qiymchiliklar bo'lishini inobatga olib, sof progestinli kontraseptivlarni qo'llashda ehtiyotkorlikni saqlash lozim bo'ladi. Sof progestinli kontraseptivlarning nojo'ya ta 'siri va uni bartaraf etish choralari. Amenoreya. Bu holat in'eksiyali sof progestinli kontrasepsiyani qo'llovchilarning qariyb 40 foizida uchraydi. Sof progestinli tabletkalarni qo'llayotganlarda kam uchraydi. Qon yoki surkaluvchi qon kelishi sabablarini aniqlash uchun ginekolog ko'rigidan o'tish talab qilinadi. Homiladorlikka shubha tug'ilsa qo'shimcha tekshirishlar o'tkaziladi. Agar qon kelishi va surkalishi boshqa sabablardan emasligi tasdiqlansa, SPIKni qo'llayotgan ayollarda 50-60 foiz, SPK ni qo'llayotganlarda esa 15-20 foiz bunday holat kuzatilishi, bu holat jiddiy muammo emasligi va maxsus davolash talab etilmasligi ayollarga tushuntirilishi kerak. Kuchli va uzoq muddatli qon ketishi. Agar qon ketishi kuchli, ya'ni odatdagidan 2 marotaba ko'p va uzoq muddat (1 haftadan ziyod) davom etsa, qon ketish sababini aniqlash uchun maxsus ginekologik tekshiruv o'tkazish talab qilinadi. Homiladorlik bo'yicha ham tekshiruv o'tkazish lozim. Qon ketish oqibatida kamqonlik rivojlangan bo'lsa, tarkibida temir moddasi bo'lgan mahsulotlarni ko'proq iste'mol qilish va to'g'ri ovqatlanish bo'yicha maslahat beriladi. Kamqonlik tiklanmasa kontrasepsiyani qo'llash to'xtatiladi va boshqa usul tavsiya etiladi. Qorinning pastki sohasida og 'riq pay do bo 'lishi. Bunday holatlarda qorin va chanoq bo'shlig'i a'zolari tekshiriladi. Bachadondan tashqari homiladorlik, appendisit, jinsiy a'zolarning yallig'lanishi, tuxumdon kistalarida, qorin pastki qismida og'riq bo'lishini inobatga olib, bu kasalliklar yo'qligiga ishonch hosil qilish uchun puis, tana harorati, qon bosimi o'lchanadi. Agar qorinning pastki sohasida taranglashish, qattiqlashish, tinch holatda pulsning tezlashuvi, qon bosimining 90/60 mm simob ustunidan pasayishi, tana haroratining ko'tarilishi (380 va baland) aniqlansa, darhol maxsus ginekologik tekshiruvlar o'tkaziladi. Tana vaznining oshishi yoki kamayishi. Odatda, ayollarga SPK qo'llashdan awal ularning tana vaznini o'lchash lozim. Ayollar bir necha oy davomida SPK qo'llaganlaridan keyin tana vaznini o'lchab, dastlabki vazni bilan solishtirish lozim. Agar 2 kg dan ortiqroq vazn qo'shilgan bo'lsa, unda ayolda homila borligi yoki yo'qligi tekshirib ko'rilishi kerak. Tekshirish jarayonida ovqatlanish tartibi haqida ham aniq ma'lumot olishga to'g'ri keladi. Tana vazni 1-2 kg atrofida oshgan bo'lsa, bu oddiy holat ekanligi ayolga tushuntiriladi. Vazn oshishi ovqat bilan bog'liq bo'lsa, u holda parhez qilish haqida maslahat beriladi. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling