Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
BIVni qo'llash usullari (asosiy tamoyillari)
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
BIVni qo'llash usullari (asosiy tamoyillari).
BIVni homilador bo'lmagan ayollarda hayz siklining istalgan kunida qo'yish mumkin. Agar qo'yish lozim bo'lsa, yaxshisi kelayotgan hayzdan keyin, uning dastlabki kunlarida bu ish bajarilgani ma'quldir. Odatda, BIV abortdan so'ng 3-8 kun ichida qo'yilishi maqsadga muvofiq. Bevosita tug'ruqdan keyin yoki bir necha oy o'tgandan so'ng BIV qo'yilgani yaxshi. BIVquyidagi holatlarda qo'yiladi: tug'ruqdan keyin darhol, ya'ni 10 daqiqa ichida. Agar 1-2 kun o'tgandan keyin qo'yilsa, bachadondan o'z-o'zidan chiqib ketishi (ekspulsiya) mumkin; tug'ruqdan 6 oy o'tgandan keyin, agar bu davr ichida ayolda hayz boshlanmagan bo'lsa, jinsiy aloqa qilgan paytda prezervativ ishlatgan yoki umuman aloqa qilmagan bo'lsa; Bachadon ichi kontraseptivlaridan foydalanish yo'riqnomasi: Mijozga BIV haqida to'liq ma'lumot berish. l) Ayolda homiladorlik yoki jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklari bor-yo'qligini aniqlash maqsadida diqqat bilan tekshiruv o'tkazish va bachadon holatini darhol aniqlash lozim. Ko'pincha bachadon tanasi orqaga qarab siljigan (retro fexto) hollarda kiritilayotgan spiral bachadonni teshib o'tishi kuzatiladi. 2) Ginekologik ko'zgular yordamida ko'zdan kechirgandan keyin qin va bachadon bo'ynining qolgan qisrni antiseptik eritma bilan yaxshilab artib tozalanadi. 3) Antiseptik eritma sifatida iodning 1:2500 nisbatdagi eritmasi, xlorid benzolkonium, geksaxlorofen va boshqalar ishlatiladi. 4) Ba'zi hodisalarda shu etapda bachadon bo'yniga joyli anesteziya qilinadi. 5) Maxsus bir tishli Myuzo qisqichi bachadon bo'ynini ushlash uchun uning yuqori labiga, tashqi bo'g'indan 1,5-2 sm qistirib olinadi. 6) Ehtiyotkorlik bilan bachadon bo'shlig'iga bachadon zondi kiritiladi. Zondni bachadon tubigacha kiritgandan keyin, bachadon bo'yniga paxtali tampon qo'yiladi, shundan so'ng, paxtali tampon birgalikda ushlab chiqarib olinadi. Shu yo'l bilan bachadon bo'shlig'ining juda aniq o'lchami olinadi. 7) Aseptik qoidalarga qat'iy rioya qilingan holda bachadon ichi vositasi o'tkazgichga kiritiladi. 8) BIV joylashtirilgan o'tkazgich bachadon bo'shlig'iga to uning tubiga taqalgunicha kiritiladi, bir vaqtning o'zida ehtiyotkorlik bilan o'tkazgich porshini itarib boriladi va o'tkazgich bo'shatilib chiqariladi. 9) BIVni bachadon bo'shlig'ida qoldirib, o'tkazgichdan chiqarib olinadi va spiral dumidagi ipi 5 sm qoldirib qaychi bilan tekis qilib kesib qo'yiladi. 10) Spiralni qo'yib bo'lgandan keyin ginekologik ko'zgular oli-nib, barmoqlar yordamida qinda bachadon bo'yni kanalidan chiqib turgan ipchalar paypaslab ko'riladi. Bu muolaja qo'yilgan spiral o'z-o'zidan chiqib ketishining oldini olishda ham muhim o'rin tutadi. 11) Tug'magan ayollarga BIVni qo'yishda alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Chunki ularda qin tomirlar reaksiyasi, ya'ni qinda reflektor torayishi, og'riqning kuchayishi holatlari kuzatilishi mumkin, bunday hollarda BIVni darhol chiqarib olishga to'g'ri keladi. BIVni qo'yishdagi eng muhim qoida: BIVni qo'yish va olib tashlash juda sekin va ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak! BIVni qo'yishdaprofilaktik antibiotiklar bilan davolash. Profilaktik nuqtai nazardan antibiotiklar bilan davolash, asosan, jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar xavfi bo'lgan taqdirda qo'llanadi. Profilaktik antibiotikoterapiyani qo'llashda hisobga olinishi zarur bo'lgan eng muhim omillar: 1) Mijozda BIV va profilaktik antibiotikoterapiya uchun hech qanday moneliklar hamda o'tkir yuqumli kasalliklar bo'lmasligi kerak. Doksisilinni dastlab 200 nig, 12 scat o'tgandan keyin 100 mg ichish tavsiya etiladi. Bolani ko'krakdan emizish davrida eritromitsin tabletkasini 500 mg BIVni qo'llashdan bir soat oldin, qo'llash vaqtida va 6 soat o'tgandan keyin 50 mg ichish mumkin. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling