Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Qin diafragmalarini qo'llashda talab etiladigan ehtiyot choralari


Download 330.73 Kb.
bet24/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
dom.rod

Qin diafragmalarini qo'llashda talab etiladigan ehtiyot choralari. Ayollar anamnezida toksik karaxtlik (shok) sindromi (TICS) bo'lganda, bu usulni qo'llash tavsiya etilmaydi. Sababi, bu toifadagi ayollarda TKSga moyillik xavfi yuqori bo'ladi.
Siydik yo'llari infeksiyasi uchrashi, qin diafragmasi uretrani ezishi, qitiqlashi mumkin. Shu munosabat bilan tez-tez siyish, siyganda achishish kabi holatlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun mijozga jinsiy aloqadan so'ng darhol siydik xaltasini bo'shatishni maslahat berish va kerak bo'lganda biror xil antibiotiklardan qo'llash mumkin.
Bachadon pastga siljib, qinga tushib qolgan hollarda diafragmani o'rnatishda qiyinchilik tug'diradi. O'rnatilgan taqdirda ham uning tushib ketish ehtimoli ko'proq va usulning samaradorligi keskin pasayadi. Siydik pufagi yoki to'g'ri ichakning qinga tomon bo'rtib (sistasile yoki rektosile) ham diafragmani o'rnatishda qiyinchilik tug'diradi. Natijada diafragmaning tushish ehtimoli yuqori bo'ladi va ta'siri pasayadi. Sunday hollarda, diafragma o'rnatilgandan keyin ayoldan kuchanish so'raladi, diafragma to'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, siljimasa uni qo'llashga ruxsat beriladi.
Qinning torayishi (vaginal stenoz), bu holat ko'pincha tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin. Orttirilgan torayish tug'ruqdan keyin yirtilgan qinni noto'g'ri tikilishi yoki biror bir kasallik oqibatida (difteriya) kelib chiqishi mumkin. Bu holatda ham diafragmani o'rnatish qiyin bo'ladi va uning samaradorligi pasayadi. Unda diafragmani o'rnatishda doya yordamlashishi lozim.
Jinsiy a'zolar anomaliyasi ham diafragmani o'rnatishda qiyinchilik tug'diradi. Bu holatda ham vaginal stenoz kabi yordam uyushtiriladi.

Bachadon bo'yni qalpoqchalari.
Qalpoqchalar bachadon bo'yniga kiydiriladigan baland gumbazli kosacha shaklidagi kichikroq diafragmalardir. Qalpoqchalar kiydirilganda bachadon bo'yni va qalpoqchalar orasida manfiy bosim hosil bo'lib, bachadon bo'yni va uning kanalini mahkam qisib turadi. Qalpoqchalar diafragmalar bilan bir vaqtda yaratilgan bo'lib, Yevropada juda keng tarqalgan usullardan hisoblanar edi. Bundan 20-40 yillar avval qalpoqchalar kumush va misdan, keyinchalik hech narsa o'tkazmaydigan plastmassadan tayyorlanar edi. Bunday qalpoqchalarni qin bo'ynida 3-4 haftagacha qoldirish mumkin edi. Hozirgi davrda rezinadan tayyorlanadigan qalpoqchalar uzoq muddat ishlatishga yaramaydi. U tezda 1-2 kechada yoqimsiz hidlanib, toksik shok sindromi kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu xildagi qalpoqchalar takomillashtirilib, 1976 yildan buyon uzluksiz ravishda foydalanishga moslashgan plastmassali qalpoqchalar ishlab chiqarilmoqda. Bu qalpoqchalarning bir tomonida klapani bo'lib, menstruatsiya qonining va bachadon bo'yni kanali chiqindisining chiqib ketishiga sharoit yaratadi.
1985 yillarga kelib amerikalik tadqiqotchilarning keltirgan dalillariga ko'ra, homilador bo'lib qolish xavfi baland ekanligi isbotlanganligi sababli, hozirgi kunda undan qo'llanmaydi.



Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling