Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Prezervativlarni qo'llashdagi muammolar


Download 330.73 Kb.
bet25/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
dom.rod

Prezervativlarni qo'llashdagi muammolar. Spermisidlar va rezinaga nisbatan erkakda yoki ayolda allergiya bo'lsa, bu holat xavfli hisoblanadi.
Albatta, ayollar homiladorlikdan saqlashning samaradorligi yuqori bo'lishini istaydi. Homiladorlik ayol salomatligiga xavf tug'diradigan holatlarda (ayolning yoshi, anamnezidagi homiladorlik va tug'ruq soni, tibbiy muammolar) prezervativlardan foydalanilganda ham homilador bo'lib qolishi, kutilmagan voqea hisoblanadi. Prezervativ to'g'ri qo'llanganda 88-98 foiz homiladorlikdan saqlaydi, noto'g'ri qo'llanganda homiladorlik ehtimoli yanada yuqori bo'ladi. Bu usulni doim qo'llashni xohlamaslik holatlari bo'lishi mumkin.
Muammolar tug'ilganda boshqa kontraseptiv usulni tanlashda yordamlashish zarur.
Prezervativlarni qo'llashdagi salbiy oqibatlar va ulami bartaraf etish yo'llari. Prezervativlar butun bo'lmasligi yirtilgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun prezervativlarni qo'llashdan oldin uning butunligini sinchiklab ko'zdan kechirish lozim.
Jinsiy aloqa paytida prezervativ yirtilishi yoki sirg'alib tushib ketishi mumkin. Bunday hollarda homiladorlikdan saqlanishning tezkor usulidan foydalanishga to'g'ri keladi. Ushbu maqsadda aralash tarkibli kontraseptiv tabletkalarning maxsus turlari mavjud. «Ertangi tong» tabletkalari deb nomlangan kontraseptivlarni himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 72 soat davomida ichish tavsiya etiladi yoki mis singdirilgan bachadon ichi spiralini jinsiy aloqadan keyin 5 kun ichida qo'llashga to'g'ri keladi.
Jinsiy olatning mahalliy ta'sirlanishi, jinsiy qoniqish sezgisining kamayishi, prezervativga yoki spermisidga allergik holatlar salbiy oqibatlar hisoblanadi. Bu holatlarda kontrasepsiyaning boshqa usulini qo'llash tavsiya etiladi.
Qin diafragmalari.
Qin diafragmalari halqaga birlashgan, gumbazsimon rezinali (lateksli) qalpoqcha bo'lib, qinga jinsiy aloqadan oldin qo'yiladi va u bachadon bo'ynini qoplab turadi.
Turlari:

  • yassi prujina-metalli halqa;

  • spiralsimon prujina;

  • yoysimon aralash metalli prujina.

Ta'sir mexanizmi. Spermani bachadon va bachadon naylariga tushishiga yo'l qo'ymaydi. Agar spermisidlar qo'llangan bo'lsa, ularning yig'ilishiga xizmat qiladi. Bu esa, o'z navbatida, spermatozoidlarning membranasiga ta'sir etib, ularni halokatga uchratadi.
Qo 'llanishi. Gormonal usullarni qo'llashni istamagan yoki qo'llash mumkin bo'lmagan ayollarda, yoshi 35 dan oshgan, chekuvchi ayollarda, shuningdek, kontrasepsiyaning BIV (spirallar)ni qo'llash mumkin bo'lrnaganda yoki istamaganda hamda emizikli ayollar qo'llashi maqsadlidir.
Qalpoqchalar Buyuk Britaniyada, Londondagi «Lamberte-LTD» firmasida ishlab chiqariladi.
Prentif qalpoqchasi chuqur, rezinali, qattiq aylanasi bor bachadon bo'ynini qisib turadi. O'lchamlari bar xil: 22 mm, 25 mm, 28 va 31 mm bo'ladi.
Vimul qalpoqchasi yumshoq rezinali bo'lib, u to'g'ridan-to'g'ri bachadon bo'yniga emas, qinning orqa gumbaziga yopishtiriladi, Bu xil qalpoqcha Prentif qalpoqchalarni kiydirish noqulay bo'lgan sharoitda ishlatiladi. Lekin Vimul qalpoqchalari aylanasi o'tkir qirrali bo'lgani sababli qin shilliq pardasini jarohatlashi mumkin. Shuning uchun undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Uning o'lchamlari 42-48-54 mm bo'ladi.
Dumas qalpoqchalari uncha chuqur bo'lmagan, qalinroq qalpoqchalardir. Bu ham qin gumbaziga yopishtiriladi. Bu xildagi qalpoqchalar bachadon bo'yni yo'g'on va chandiqli bo'lgan ayollarga qo'l keladi.
Bachadon bo'yni qalpoqchalari ishlatilganda homilador bo'lish xavfi kattaroq bo'lib, kontrasepsiyaning boshqa samarali usullari keng tarqalgan bir paytda, bu usul ko'p qo'llanmaydi. Ayniqsa, o'zbek ayollarining bu usulni qo'llashni unchalik xush ko'rmasligiga mahalliy urf-odatlar ham asosiy sabab hisoblanadi.



Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling