Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Jinsiy aloqani uzish (tugallanilmagan jinsiy aloqa)
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
Jinsiy aloqani uzish (tugallanilmagan jinsiy aloqa).
Bu usul erkak kishining jinsiy aloqa paytida, shahvat tashlamasdan oldin olatini qindan chiqarib olish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ta'sir mexaniyni. sperma qinga tushmaydi va urug'lanish sodir bo'lmaydi. Qo'llanilishi: erkaklar tomonidan sog'lom oilani shakllantirish, dinga e'tiqod qiluvchi va boshqa kontraseptiv vositalardan foydalanishni xohlamagan juftlar, vaqtinchalik homiladorlikdan saqlanuvchilar harada har zamonda jinsiy aloqada bo'ladigan juftlarda qo'llanishi maqsadga muvofiq. Afzalligi: samarasi darhol ma'lum bo'ladi. Ko'krak suti bilan emizishga ta'sir etmaydi. Boshqa kontraseptiv vositalardan foydalanuvchilar qo'shimcha usul sifatida foydalanishi mumkin. Salomatlikka zarar yetkazmaydi. Pullik xarajatlarni talab etmaydi. Nokontraseptiv afzalliklari: oilani sog'lomlashtirishga erkaklarni jalb etadi; juftlar o'rtasida aloqa yanada mustahkamlanadi. Kamchiligi: samaradorligi uslubdan to'g'ri foydalanishga bog'liq. 100 nafar ayol hisobidan olinganda bir yil davomida homiladorlik xavfi 4-18 kishiga to'g'ri keladi; vaqtidan oldin shahvat chiqarib qo'yadigan erkaklar olatlarini qindan chiqara olmay qolishlari mumkin; eyakulyatsiyadan (shahvat chiqarish) keyin sperma olatda saq-lanib qolsa kishi ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin; jinsiy qoniqishni susaytirishi mumkin; jinsiy a'zolar infeksiyasi va jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklardan himoyalamaydi. Tugallanmagan jinsiy aloqani qo'llashda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar: • eyakulyatsiya bilan bog'liq bo'lgan vaqtinchalik muammolar. Olatning qinga kirishi va eyakulyatsiya orasidagi vaqt qisqa bo'lganligi sababli, bu usulni doimiy ravishda qo'llash qiyin kechishi mumkin. Doimiy qo'llanmasa usul muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqadi; eyakulyatsiyadan oldin olatni qindan chiqarib olish qiyin bo'lganligi sababli juftlarning o'zaro roziligi ham kerak bo'ladi. Aks holda homilador bo'lib qolish xavfi ko'proq; erkaklarning jismoniy yoki ruhiy holatlari, jinsiy aloqani tugallanishiga ta'sir ko'rsatadigan holatdir. Agar erkak olatni qindan vaqtida chiqarib olmasa, usul foyda bermaydi; homiladorlik ayol salomatligi uchun xavfli bo'lgan holatdir. Bunday hollarda boshqa usul tavsiya etilishi lozim; juftlar yuqori samarali usullardan foydalanishlari uchun ulardan usul ko'rsatmalariga qat'iy rioya etishlari talab qilinadi; ayol erkak tomonidan ushbu usulni qo'llanishini xohlamasligi mumkin, albatta bunday hollarda ayol va erkakning roziligi talab etiladi; oilaviy muammolari bo'lgan juftlar; juftlarning bittadan ortiq jinsiy jufti bo'lganda JAI va JYOYuK larga chalinish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tugallanmagan jinsiy aloqa kasalliklardan himoyalamaydi. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling