Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Download 330.73 Kb.
bet30/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
dom.rod

Vazektomiya — erkaklarning urug'lantirish faoliyatini to'xtatib qo'yuvchi ixtiyoriy jarrohlik muolajasi hisoblanadi. Jarrohlik usulida yorg'oq, keyin moyaklardan chiqgan urug' chiqarish yo'llari ikkala to-mondan ham kesib bog'lab qo'yiladi.
Тa’sir mexanizmi: urug' chiqarish yo'li to'sib qo'yilishi natijasida moyaklarda ishlab chiqilgan spermatozoidlar urug' chiqarish yo'llaridan o'tolmaydi, ayol qiniga tushmaydi va homiladorlik bo'lmaydi.
Qo'llanishi: odatda, 50 yoshdan oshgan reproduktiv yoshdagi, yuqori samarali doimiy usulni qo'llash istagi bo'lgan, jarrohlik usuli bilan vazektomiyaga ixtiyoriy rozilik bildirgan, yetarlicha farzandi bo'lgan, homiladorlik oilaning salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan erkaklarda qo'llanadi.
Afzalligi:

  • juda yuqori samara beradi. Bir yil davomida bu usulni qo'llaydigan 100 nafar ayolning 0,1 foyizida homiladorlik bo'lishi mumkin;

  • bolani ko'krakdan emizish, jinsiy aloqaning vaqtiga bog'liq emas;

  • mahalliy og'riqsizlantirish yordamida qiyinchiliksiz bajariladi;

  • zararli ta'siri kam;

  • jinsiy faollikka ta'siri yo'q.

Kamchiligi:
• vazektomiya qilingandan keyin, uni o'z holiga qaytarish imkoni bo'lmaydi;

  • erkak kishi bu qilgan ishidan keyinchalik afsuslanishi mumkin;

  • samarasi keyinroq boshlanadi. Chunki operatsiyadan keyin darhol samara bermaydi;

  • vazektomiya va operatsiyadan keyingi davrda qisman og'riq va noqulaylik tug'diradi;

  • muolajani o'ta malakali shifokor amalga oshirishi lozim;

  • jinsiy a'zolar kasalliklari va JYOYuKdan himoyalamaydi.

Vazektomiyani о 'tkazishda ehtiyotkorlik talab qiluvchi holatlar:

  • agar terida mahalliy infeksiya bo'lsa, uni bartaraf etmasdan muolaja bajarilmaydi.

  • jinsiy yo'llarda o'tkir kechayotgan yuqumli kasalliklar (so'zak, trixomoniaz, zaxm va hokazo);

  • umumiy o'tkir yuqumli kasalliklar;

  • yurak qon-tomir tizimidagi og'ir kasalliklar;

  • qon ivishi tizimidagi o'zgarishlar.

Yuqorida qayt etilgan holatlarda infeksiyani bartaraf qilmasdan, kasallik avj olishini to'xtatmasdan, tegishli davolash chora-tadbirlarini o'tkazmasdan, jarrohlik muolajasini bajarib bo'lmaydi. Aks holda jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bunday hollarda muolajani ixtisoslashtirilgan shifoxonalarda o'tkazilishi, kerak bo'lganda muolajani umumiy og'riqsizlantirish ostida bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Operatsiyadan keyingi davrda infeksiyaga qarshi profilaktik davo o'tkazishga to'g'ri keladi.
Ba'zi erkaklarda varikosele, moyaklarda oddiy o'tkazilgan operatsiyalardan qolgan chandiqlar, kriptarxizm holatlari uchrashi mumkin. Bunday hollarda muolajani yuqori tajribaga ega bo'lgan mutaxassis bajarishi talab qilinadi.
Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling