Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш


Download 330.73 Kb.
bet26/30
Sana18.06.2023
Hajmi330.73 Kb.
#1575686
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
dom.rod

Spermisidlar.
Spermisidlar spermatozoidlarning membranasiga ta'sir etib, uning faolligini pasaytiruvchi yoki nobud qiluvchi kimyoviy moddadir (9-nonoksinol).
Turlari:

Та 'sir mexanizmi: spermatozoidlar membranasini parchalab, uning harakatchanligini va tuxum hujayrani urug'lantirish xususiyatini pasaytiradi. Aerozollar yuborilganda darhol ta'sir qiladi.
Ko'piradigan qin tabletkalari va shamchalarni saqlash va transportirovka qilish qulay, lekin qinga yuborilgandan keyin to jinsiy aloqaga qadar 15 daqiqa kutishga to'g'ri keladi.
Kremli Spermisidlar, asosan, diafragma bilan birga qo'llanadi.
Qo'llanilishi: bu usul gormonal kontrasepsiyadan foydalanishni istamagan yoki qo'llash mumkin bo'lmagan, yoshi 35 dan oshgan, chekuvchi ayollarda qo'llanadi. Shuningdek, BIVni qo'llash mumkin bo'lmagan, kontrasepsiyaga muhtoj bo'lgan emizikli ayollarda, jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklardan himoyalanish maqsadida. qo'llaniladi.
Afzalligi:

  • ko'pikiar va kremlar darhol ta'sir qiladi;

  • emizishga ta'siri yo'q;

  • boshqa usullarga qo'shimcha ravishda qo'llash mumkin;

  • aynan shu usul bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni spermisidlarni qo'llashning ziyoni yo'q;

  • umumiy salbiy oqibatlar bo'lmaydi;

  • tibbiy ko'rikni talab etmaydi va reseptsiz sotiladi;

  • qo'llash oson;

  • jinsiy aloqada qo'shimcha namlanish hisobiga samarali kechadi;

  • jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklardan qisman himoyalaydi.

Kamchiligi:

  • samaradorligi o'rtacha, ya'ni har 100 ayoldan bir yil davomida. 3 dan 21 nafargacha homilador bo'lishi mumkin;

  • kontrasepsiyaning samarasi spermisidlarni ishlatish qoidasiga bog'liq, undan to'g'ri foydalanish qoidasi buzilsa samara bermasligi mumkin;

  • bar bir jinsiy aloqa paytida qo'llash lozim;

  • ko'piradigan tabletka, shamcha yoki plenkani qinga jinsiy aloqadan kamida 10-15 daqiqa oldin kiritish lozim bo'ladi;

  • ta'siri faqat 1-2 soat davom etadi;

  • doimo sotuvda bo'lmasligi mumkin.

Spermisidlarni qo'llashda tug'iladigan muammolar va ularni bartaraf etish choralari. Spermisidlarni ishlatishda, ayollarda bo'lgan jismoniy nuqsonlar, jinsiy a'zolardagi nuqsonlar, spermisidlarga bo'lgan allergiya holati, homiladorlikning ayol sog'ligi uchun o'ta xavfliligi, bir necha soat ichida takroriy jinsiy aloqaga bo'lgan xohish, ayol kishi homiladorlikdan samarali saqlanishni xohlashi, ularni qo'llashda birmuncha muammolar tug'dirishi mumkin. Bunday hollarda qanday sabab oqibatida muammo paydo bo'lishiga qarab uni bartaraf etish chora-tadbirlari ko'riladi.
Jismoniy nuqsonlari bo'lgan ayollarda spermisidlar chuqurroq yuborilmasa uning samarasi bo'lmaydi.
Qinda stenoz bo'lsa, u ham qiyinchilik tug'diradi. Bu hollarda ham ehtiyotkorlik bilan spermisidlarni qinga chuqurroq yuborishga to'g'ri keladi.
Allergik holatlar sodir bo'lsa, spermisidlarni qo'llashdan voz kechishga to'g'ri keladi.
Agar homiladorlik ayol sog'ligi uchun xavf to'g'dirsa, u holda boshqa usulni tanlash tavsiya etiladi.
Spermisidlar to'g'ri qo'llansa, 97 foizgacha yaxshi samara berishi mumkin. Shuning uchun har bir jinsiy aloqa paytida oldindan tayyorlangan spermisidlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Salbiy oqibatlari. Spermisidlarni qo'llashda ayollar qini, erkaklarning esa jinsiy
olati qitiqlanishi mumkin. Oqibatda vaginit, jinsiy a'zolar infeksiyasi holatlari kelib chiqish xavfi bor.
Agar qitiqlanish spermisid ta'sirida paydo bo'lsa, boshqa kimyoviy tarkibli spermisidlarni yoki boshqa usulni qo'llash tavsiya etiladi.
Qin achishi va noxush sezgi paydo bo'lishi. Bunda ayollarga, odatda, achishish sezgisi normal holatda ham bo'lishi tushuntirilib, ayol tinchlantiriladi. Agar u xavotirlansa, boshqa tarkibli spermisid yoki boshqa kontraseptiv usuldan foydalanish tavsiya etiladi.
Qinda ko'piklanuvchi tabletkalar erimasdan qolishi mumkin. Bunda ham kimyoviy tarkibi boshqa bo'lgan spermisid yoki butunlay boshqa usul tavsiya etish lozim.

Download 330.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling