Солиқ юкини истеъмолчи ва ишлаб чиқарувчи


Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun daromad o‘zgarmasligi kerak. Agar


Download 112.27 Kb.
bet2/8
Sana10.11.2023
Hajmi112.27 Kb.
#1763514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU Talab va taklif elstikligi

Masalan, narx oshganda talab qisqarishi uchun daromad o‘zgarmasligi kerak.
Agar daromad narxga nisbatan ko‘proq oshsa, talab ham ortadi.
Natijada narx bilan talab o‘rtasidagi teskari mutanosiblik buziladi.
Narx va talabning o‘zaro bog‘liqligini bilish uchun boshqa omillar o‘zgarmaydi deb taxmin qilinadi.
Buni anglash uchun ichimlik fantaga bo‘lgan talabni grafikda ko‘rib chiqamiz. Chizmaga ko‘ra fanta narxi
130 so‘m bo‘lganda u 5 dona talab etilgan, narx 100 so‘m bo‘lganda talab oshib u 7 taga yetgan. Nihoyat narx 70 so‘mga tushganda talab 9 dona bo‘lgan.
Agar buni foizlarda ifodalasak narx avval 23,1% ga arzonlashganda talab 40% ga oshgan, so‘ngra narxning pasayishi 46,1% ni tashkil etganda, talab 100% ga oshgan.Agar narx dastlabki 70 so‘mdan 130 so‘mgacha qimmatlashdi deb olsak, talabning deyarli 2 marta qisqarganini ko‘ramiz.
Narxning qanday o‘zgarishiga qarab talab egri chizig‘i yuqoridan pastga qarab yoki pastdan yuqoriga qarab harakat qiladi.Shunga qarab talab narxga nisbatan qanday o‘zgarganligini ko‘rish mumkin.
Talabning narxga nisbatan elastikligi bu narxning o‘zgarishiga nisbatan talabning naqadar o‘zgarganligini bildiradi.
Agar narxga javoban talab jiddiy tarzda o‘zgarsa, talab elastik hisoblanadi, agar bu o‘zgarish sust bo‘lsa noyelastik talab paydo bo‘ladi.
Talabning elastikligini ko‘p hollarda 4 ta omil yuzaga keltiradi:
Birinchi omil- tovarning qanday extiyojni qondirishiga.Ma’lumki, tovarlar 2 xil bo‘ladi:
  • kundalik iste’mol tovarlar, bularni hamma iste’mol etadi.
  • obro‘li, eng zarur bo‘lmagan yoki zebu ziynat hosil etuvchi tovarlardir. Bu tovarlarni hamma emas saylangan xaridorlar iste’mol etadi. Bular odatda puldorlar yoki tovar havasmandlari bo‘ladi.

  • Kundalik tovarlarga talabning elastikligi past bo‘ladi yoki o‘zgarmaydi.
    Masalan, non, tuz, elektroyenergiya, gaz va hokozo.bularni iste’mol etmaslikning iloji yo‘q, shu sababli narxning o‘zgarishi ularga talabning elastikligini yuzaga keltirmaydi


Download 112.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling