Demak, engt zarur tovarlarga nisbtan talabning daromadga tbog‘liq elastikligi past bo‘ladi. Ammo shunday tovarlar borki, daromadning o‘zgarishi ularga bo‘lgan talabga kuchli ta’sir etadi.
Bular yuqori martabali tovarlardir.
Bularga talab daromad oshsa ko‘payadi, daromad qisqarsa, kamayadi.
Chunki iste’molchi puli yetarli bo‘lsa ularni oladi, puli yetmasa, o‘zini tiyib ulardan voz kechadi.chunki, bularsiz ham yashash mumkin.
Daromad o‘zgargandagi talab elastikligi asosan zebu ziynat va maishat beruvchi tovarlarga xos bo‘ladi.
Daromad yuzaga kelitiruvchi elastiklikning ham elastikligi bo‘ladi.
Tovar nafligining talabga ta’siri.
Tovarlarga talab ularning nafliligiga ham bog‘liq. Boshqa omillar o‘zgarmas holatida bo‘lganda talabning oz yoki ko‘p bo‘lishini naflilik yuzaga keltiradi.
Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshadi, nafliligi past tovarlarga talab qisqaradi.
Tovarning nafliligi uning kishilar ehtiyojini naqadar qondira olishi, ya’ni iste’molchilarga qoniqish hosil etishidir.
Naflilik bir xil yoki o‘rinbosar tovarlarga xos bo‘ladi. Tovarlar qanchalik bo‘lsa, ulardan engt nafliligini tanlab olish mumkin.
Tanlov yuz berganda xaridor o‘z puliga qarab tovarlarning eng yaxshisini xarid etadi, demak shularga talab bildiradi.
Talab yuzaga kelishi uchun tovarning narxi uning nafliligini aks ettirish kerak, shu sababli sifatsiz, lekin narxi baland tovarlarga talab bildirmaydi.
Tovardan qoniqish olishi uchun tovarning qadr qiymati muhim, shunga qarab uning xaridi yuz beradi.
Tovarning qadr qiymati uning nafliligi va narxining qanday bo‘lishidadir.
Xaridor naflilik va narx bir biriga mos deb bilganda talab yuzaga keladi.
Naflilikning qanday o‘zgarishini Marginal(cheklangan) naflilik qonuni ifoda etadi. Marginal ( cheklangan) naflilik qonuniga ko‘ra talab qondirilgan sari qo‘shimcha xarid etiladigan so‘nggi tovarlarnig nafliligi pasayishga moyil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |