Солиқ юкини истеъмолчи ва ишлаб чиқарувчи


Talab mutloqo qondirilmagan holda dastlabki tovarlarni


Download 112.27 Kb.
bet6/8
Sana10.11.2023
Hajmi112.27 Kb.
#1763514
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU Talab va taklif elstikligi

Talab mutloqo qondirilmagan holda dastlabki tovarlarni nafliligi yuqori bo‘lsa, talab qondirila boshlagach so‘nggi tovarlarning nafliligi pasaya boradi.
Xaridor talabi qondirilgach u naflilikni qabul qilmaydi, hatto narx arzonlashsa ham qo‘shimcha tovarlarni xarid etmaydi.
Natijada xaridor uchun tovarning qadr qiymati nolga teng bo‘lib qoladi.
Marginal naflilik qonuni shuni bildiradiki, qo‘shimcha tovarlar nafliligi pasaya borib pirovard natijada u nolga teng bo‘lgani uchun bozorga nafliligi yuqori tovarlarni taklif etish zarur bo‘ladi.
Demak, bu qonun tovarlarning yangilanib turishini, ya’ni mutloqo yangi nafliligi yuqori tovarlarni yaratish, mavjud tovarlar nafliligini bozor talabiga binoan oshirib borish uchun ularni modernizatsiyalash zarurligin talab qiladi.
Mazkur qonun talab qonunidan farqliroq talabning narxga emas, balki tovarning nafliligiga bog‘liq bo‘lishini anglatadi.
.
Taklif qonuni va taklif elastikligi.
  Taklif qonuni – boshqa sharoitlar o‘zgarmaganda, taklifning miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgarishini ifodalaydi.
Agar narx talabga teskari ta’sir etsa, taklifga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Taklif qonuni quydagi formula bilan ifodalanadi.
Tv = Q * V
Bunda,
Tv – taklif,
Q – tovarlar miqdori,
V – tovarlar narxi.
Taklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo‘lsa , taklif shunchalik ko‘payadi va aksincha.
Taklif qonuni faqat narxning taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda tutmaydi.
Taklif qonuni narx bilan tovar taklifi o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatadi, bu bog‘lanish taklifning elastikligida ifodalanadi.
Narx o‘zgarishiga nisbatan taklifning o‘zgarish darajasi taklif elastikligi deyiladi.
Taklifning o‘zgarishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Taklif elastikligi koyeffitsentini hisoblash uchun taklif va narx o‘zgarishi taqqoslanadi:

Download 112.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling