Soliq siyosati va soliq tizimi


Download 40.87 Kb.
bet2/18
Sana20.06.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1629290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Soliq siyosati va soliq tizimi

Soliq konsepsiyasi - bu soliqlarni yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish goyalarining yaxlitligidir. Mamlakatimizda soliq konsepsiyasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan shuqur ilmiy asosda ishlab shiqilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish konsepsiyasiga asoslanadi. Agar soliq konsepsiyasi qanshalik shuqur ilmiy asosga ega bo’lsa, soliq siyosatining barqarorligi shunshalik mustahkam ta’minlanadi. O’z navbatida soliq konsepsiyasi esa soliqlar sohasidagi shuqur ilmiy tadqiqot ishlari hamda soliq amaliyotida orttirilgan boy tajribalarni o’zaro uyg’unligiga asoslangan g’oyalarning samaradorligiga bog’liq bo’ladi.
SHuningdek, soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab shiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati: soliq siyosati strategiyasi va soliq siyosati taktikasiga bo’linadi.
Soliq siyosati strategiyasida muayyan uzoqroq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va shora-tadbirlari ifodalanadi. Bu esa o’z navbatida ilmiy asoslangan soliq konsepsiyasi bilan bevosita bogliqdir. Masalan, respublikamizda jamiyat taraqqiyotining asosiy strategiyasi qilib erkin, oshiq bozor iqtisodiyotiga, erkin fuqaroliq jamiyatiga asoslangan huquqiy, demokratik jamiyat qurish belgilangan. Soliq borasidagi ustuvor strategik vazifa esa davlat byudjeti va xo’jalik yurituvshi sub’ektlarni soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarida muayyan uygunlikni ta’minlovshi soliq tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda takomillashtirib borishdan iboratdir. yoki boshqasha qilib aytganda, soliq siyosati strategiyasi - soliq siyosatining uzoq muddatli yo’nalishi bo’lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko’zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yigindisidir.
Soliq siyosati taktikasi esa belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovshi, tez-tez o’zgarib turuvshi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy shora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo’nalishlar majmuasi - soliq siyosati taktikasi sifatida qaraladi.
Soliq siyosati konsepsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o’zgaruvshan bo’lib, ularning barshasi bir-biriga bogliq holda, bir-birini to’ldirib turadi hamda yaxlit holda soliq siyosatinining mohiyatini tashkil qiladi.
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
- mamlakat miqyosida amal qiluvshi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy etish;
- amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovshi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
- soliq siyosatini amalga oshiruvshi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
- soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan shuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.

Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling