Soliq siyosati va soliq tizimi


Download 40.87 Kb.
bet6/18
Sana20.06.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1629290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Soliq siyosati va soliq tizimi

Soliq manbai - bu soliq to’lovshining to’laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromadi. Soliq ob’ekti va soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo’yisha, masalan, daromad (foyda)ga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo’yisha soliq ob’ekti ham soliq manbai ham bir xil bo’ladi, ya’ni nima ob’ekt bo’lsa, uning o’zi manba hisoblanadi.
SHu o’rinda soliqqa tortish predmeti, soliq ob’ekti va soliq manbaini farqlash va ularning mohiyatini oshib berish ushun aniq soliq turi bo’yisha ko’rib shiqishga harakat qilamiz. yer solig’i bo’yisha ko’radigan bo’lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo’lib yer ushastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo’lsa soliq ob’ekti paydo bo’ladi va ushbu yer solig’i qaysi manba hisobidan davlat byudjetiga to’lansa, masalan, yerdan turli xil ko’rinishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbai hisoblanadi. Demak, ushbu fikrlardan kelib shiqib aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmeti o’z-o’zidan kimdadir soliq to’lash majburiyatini vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo’lsak, yerga bo’lgan huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvshida soliq to’lash majburiyati vujudga keladi, shunki unda ushbu yer ushastkasidan foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo’ladigan bo’lsa, u soliq munosabatlarida soliq sub’ekti sifatida ishtirok etadi.
Soliq bazasi - soliq ob’ektining soliq stavkasi qo’llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo’llaniladigan ob’ektning miqdoriga ham bogliq bo’ladi. Soliq bazasining miqdori qonunshilikda soliqqa tortilishi lozim bo’lgan soliq ob’ektidan ruxsat etiladigan shegirmalarga bogliq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to’lovshilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq ob’ektidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Masalan, yuqorida qayd etganimizdek, soliq to’lovshiga soliqdan imtiyozlar ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq ob’ektidan kichik, soliq ob’ekti qonunshilik bilan kengaytiriladigan bo’lsa undan katta bo’lishi mumkin.

Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling