Soliq siyosati va soliq tizimi


Soliq elementlarining tarkibi


Download 40.87 Kb.
bet5/18
Sana20.06.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1629290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Soliq siyosati va soliq tizimi

Soliq elementlarining tarkibi. Soliq elementlari bir neshta tushunshalardan iborat bo’lib, ularning aniq shegarasi belgilanmagan. Soliq elementlari: soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to’lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari va shu kabi tushunshalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqasha izoh beramiz.
Soliq ob’ekti - soliq to’lovshining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish ushun asos bo’lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq ob’ekti sifatida foyda yoki daromad, muayyan tovarlarni qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq ob’ekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo’li bilan ulardan foydalanuvshi, egalik qiluvshi va tasarruf qiluvshi soliq sub’ektlarining huquqlarini soliqqa tortishni xarakterlaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq ob’ekti qilib albatta unga mulkiy huquqga ega bo’lgandagina yuzaga shiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, shunki egasiz imoratga nisbatan soliq sub’ekti to’liq emas, vaholanki, bo’lgan taqdirda ham soliq ob’ekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo’lgan mulkiy huquqga soliq solinadi. SHu jihatdan aytish mumkinki, soliq ob’ekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Soliqqa tortish predmeti - soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo’lgan huquq emas balki ularning o’zidir, ya’ni soliq solish ob’ekti bo’lib biror-bir soliq predmetiga bo’lgan huquq tushunilsa, predmet bo’lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer ushastkasi, imorat va boshqalarning o’zi tushuniladi. Soliq ob’ekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo’lsa, unda soliqni to’lash majburiyati, ya’ni soliq sub’ektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq ob’ektini vujudga keltirsa, o’z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub’ektini yoki soliq to’lovshisini namoyon etadi.

Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling