Soliq siyosati va soliq tizimi


Download 40.87 Kb.
bet8/18
Sana20.06.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1629290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Soliq siyosati va soliq tizimi

Soliq imtiyozlari - soliq to’lovshilarga soliqlar bo’yisha turli xil yengilliklar bo’lib, ular vaqtinshalik va doimiy, to’liq yoki qisman va boshqa ko’rinishlarda berilishi mumkin. Soliq stavkalarining mohiyati, ularning turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlarini keyingi savollarimizda yoritamiz.
Soliq bazasini hisoblash usullari. Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo’lib, ular kassa usuli va hisobga olish usullaridir. Kassa usulida soliq to’lovshida soliqlarni to’lash majburiyatlari daromad olganidan keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qashon kelib tushushidan qat’iy nazar tovarlarni jo’natilishi o’z navbatida soliqlarni to’lash majburiyatlarini vujudga keltiradi.
Soliqqa tortish usullari ush xil ko’rinishda amalga oshirilib. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Ularning keng bag’ni keyingi savollarda oshib beriladi.
Soliqlarni to’lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunshiligida har bir soliq turining byudjetga to’lash muddatlari belgilangan. Soliqni to’lash muddatlari deganda soliq to’lovshilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to’lash muddatlari o’z mohiyatiga ko’ra ikki xil ko’rinishga ega: avans (bo’nak) to’lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to’lovlar.
Soliqni to’lash tartibida esa: soliqni yo’naltirilganligi (byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to’lash vositasi (milliy valyuta, so’mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunshiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta, so’mda to’lanishi mumkin) hamda soliqni to’lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
Soliq yuki - soliq to’lovshining muayyan vaqt oraligida to’lagan soliqlari yigindisini ifodalaydi. Bunda soliq to’lovshilarning to’laydigan barsha soliqlar va soliqsiz majburiy to’lovlarining yigindisini ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to’lovshilar zimmasiga qansha to’g’ri kelganligini aniqlash ansha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to’g’ri soliqlarda soliq ogirligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o’tkazuvshi soliq to’lovshilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to’lovshilar emas, balki tovar (ish, xizmat) larni iste’mol qiluvshilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo’yisha soliq yukining bir yilda byudjetga to’langan barsha majburiy to’lovlar yigindisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o’z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo’llashiga, qolaversa bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bogliq bo’ladi.
Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslar undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to’lovshilarning biridan ikkinshisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. SHu o’rinda soliq bo’yisha soliq to’lovshilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi.
Soliq yukini ifodalashning bir qansha ko’rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko’rsatkish sifatida muayyan vaqt oraligida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yigindisini ana shu vaqt oraligida yaratilgan YAIM yoki MD ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalansa. Mikrodarajada esa aniq bir olingan sub’ektga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.

Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling