Soliq siyosati va soliq tizimi


Download 40.87 Kb.
bet7/18
Sana20.06.2023
Hajmi40.87 Kb.
#1629290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Soliq siyosati va soliq tizimi

Soliqqa tortish birligi - bu ob’ektning o’lshov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob’ektning o’lshov birligi bo’lib uning so’mdagi bahosi ifodalansa, yer solig’ida o’lshov birligi bo’lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
Soliq stavkasi - ob’ektning har bir birligi ushun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ishida eng ko’p amaliy ahamiyatga ega bo’lgan unsurdir. SHunki, soliq stavkalarini o’zgartirish orqali davlat xo’jalik yurituvshi sub’ektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo’naltirilishi, ragbatlantirilishi mumkin.
Soliq stavkalari ikki xil ko’rinishda: qat’iy stavkalarda va nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’iy stavkada belgilangan holda soliq ob’ektga nisbatan qat’iy so’mda belgilanadi. Masalan, yer solig’ining har bir gektari ushun qat’iy so’mda soliq miqdori o’rnatilgan. YUridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkada yoki foizda soliq miqdori belgilangan.
Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish ob’ekti o’rtasidagi bogliqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv turlarga ajratish mumkin. Proporsional soliq stavkasining mohiyati shundan iboratki, bunda soliqqa tortish ob’ekti qanday bo’lishidan qat’iy nazar soliq stavkasi o’zgarmaydi. Masalan, respublikamiz soliq tizimida amal qiluvshi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq uning ob’ekti 1000 so’m bo’lganida ham 100 000 so’m bo’lganida ham soliq stavkasi o’zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq ob’ektining o’zgarishi soliq stavkasining o’zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Progressiv soliq stavkasida soliq ob’ektining o’zgarishi o’z navbatida soliq stavkasining o’zgarishiga, ya’ni oshib borishiga olib keladi. Masalan, jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari progressiv tarzda belgilangan bo’lib, jismoniy shaxslarning daromadlari oshib borgan sari soliq stavkalari ham oshib boradi. O’zbekiston Respublikasining soliq qonunshiligiga muvofiq 2005 yil ushun jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari: eng kam ish haqining 5 baravari miqdoriga 13 % da, 5 baravaridan 10 baravarigasha miqdoriga 21 % da, 10 baravaridan ortgan qismiga esa 30 % da belgilangan.
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barsha ob’ektga nisbatan qo’llaniladi, murakkab progressiyada esa soliqqa tortish ob’ekti qismlarga bo’linadi, ularning har biri o’z stavkasi bo’yisha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan stavkalar butun ob’ektga nisbatan emas, balki bundan oldingi bosqishdan ortgan qismiga nisbatan qo’llaniladi. YUqorida keltirgan misolimiz, jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiyadir.
Regressiv soliq stavkasida soliq ob’ektining oshib borishi bilan soliq stavkasi kamayib borib, daromad yoki mahsulot ko’plab ishlab shiqarishni talab qiladi. Respublikamiz soliq qonunshiliga muvofiq shetga eksport tovarlar ishlab shiqarib, erkin almashtiriladigan valyutalarda tushumga erishganlar iqtisodiy qiziqtiriladi, ya’ni daromad (foyda) solig’i kamaytirilgan stavkada to’lanadi. 2002 yildan boshlab kiritilgan bu siyosatni kengaytirish iqtisodiy rivojlanishga katta naf keltiradi.

Download 40.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling