Soliq tizimi va uning mohiyati
Download 55.5 Kb.
|
Referat iqt nazariya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq tizimining huquqiy asoslari va soliq solish prinsiplari
Egri soliqlar:
- Qo’shilgan qiymat solig’i - Aksiz solig’i - Bojxona boji - Jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular mamlakat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqib ketishini cheralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi. To’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etadi. Ularning davlat byudjetiga hissalari tahminan bir-birlariga yaqindir. Masalan, to’g’ri soliqlarning hissasi 2007 yilda 44,8%ni, to’g’ri soliqlarning hissosi 47,4%ni tashkil kilgan. 4. Soliq tizimining hukukiy asoslari. Soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlariSoliq tizimining huquqiy asoslari va soliq solish prinsiplari Mamlakatatimizda soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartib-qoidalari va soliqlar hakidagi qonun qoidalarining talablarini bo’zganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi va boshqa qonun xujjatlari orqali tartib solinadi. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi Qonun xujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Mamalakatimizda soliq solish masallariga daxldor bo’lgan Normativ – Huquqiy xujjatlar Soliq Kodeksi qoidalariga mos holda bo’lishi kerak. Agar Normativ–Huquqiy xujjatlar qoidalari Soliq kodeksi qoidalariga mos bo’lmagan yoki farq qilgan tag’dirda, faqat soliq kodeksi qoidalari qullaniladi. Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to’g’risidagi Qonun xujjalari soliqqa tortish prinsiplariga asoslanadi. Soliq solish prinsiplari soliq kodeksining 5-moddasi aks ettirilgan. Bular soliq solishning prinsiplari (tamoyillari) bo’lib hisoblanadi. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling