Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar
- 2. Yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini prognoz qilish tartibi. 3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilish.
- Mol-mulk va resurs soliqlarining davlat byudjetidagi salmog’i (foiz) Yillar 2005 yil 2006 yil 2007
x 2-ust. -Qishloq xo’jaligi (20000*) - ……………. - …………….. Jami Jadvalga izoh * iqtisodiyot tarmoqlarining klassifikatori bo’yicha xalq xo’jaligi tarmoqlari kodlari. **Davlat statistika qo’mitasining «Mehnat bo’yicha asosiy ko’rsatkichlar» statistik byulletenidan olinadi. ***Mehnatga haq to’lash jamg’armasining o’sish koeffitsiyenti oylik ish haqlarining qaysi sanada va qancha %ga oshirilishi bilan bog’liq holda hisoblanadi. Masalan: 2009 yilda oylik ish haqlari 1 maydan 20 %ga oshirildi. 2010 yilda esa 1 iyundan 25%ga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lsin. Mehnatga haq to’lash jamg’armasining 2010 yilda 2009 yilga nisbatan o’sish koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi: Koeffitsiyent = 5 (2010 yil 1 iyungacha bo’lgan oylar soni) x 1,20 (2009 yil 1 maydan eng kam yolik ish haqining oshirilish %i) + 7 (2010 yil 1 iyundan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni) x 1,20 (2009 yil 1 maydan eng kam yolik ish haqining oshirilish %i) x 1,25(2010 yil 1 iyundan eng kam yolik ish haqining oshirilish %i) / 4 (2009 yil 1 maygacha bo’lgan oylar soni) + 8(2009 yil 1 maydan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni) x 1,20 (2009 yil 1 maydan eng kam oylik ish haqining oshirilish %i) = 1,213. **** Daromad solig’ini hisoblab chiqarish uchun o’rtacha yillik eng kam ish haqi zarur bo’ladi. Masalan: 2010 yil 1 apreldan eng kam oylik ish haqi 20% ga, 1 avgustdan 20%ga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lsin. 2010 yilda yillik o’rtacha eng kam oylik ish haqini hisoblash tartibi quyidagicha: Yillik o’rtacha eng kam oylik ish haqi miqdori = (3 (2010 yil 1 aprelgacha bo’lgan oylar soni)x 18600 (2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish haqi miqdori) + 5(2010 yil 1 apreldan 1 sentabrgacha bo’lgan oylar soni)x18600(2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish haqi miqdori) x 1,20 (2010 yil 1 apreldan eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilish darajasi) + 4 (2010 yil 1 sentabrdan yil oxirigacha bo’lgan oylar soni) 18600 (2010 yil 1 yanvar holatiga eng kam oylik ish haqi miqdori) x 1,20 (2010 yil 1 sentabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorining oshirilish darajasi) 136 ) / 12 (bir yildagi oylar soni) = 256680 / 12= 21390 so’m.Daromad solig’i 2010 yilda amal qilayotgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi: Avvalo shartli belgi kiritib olamiz, ya’ni bir ishlovchiga to’g’ri keladigan yillik mehnatga haq to’lash jamg’armasi – YD, yillik o’rtacha eng kam oylik ish haqi – EO. Agar YD miqdori: EKOIХ ning 10x12 barobaridan ortiq bo’lsa, u holda daromad solig’i = (YD – EKOIХ x 10 x 12) x 22% + (EKOIХ x (10-6) x 12 x 17%) + (EKOIХ x 6 x 12 x 11%); EKOIХ ning 6x12 barobaridan ortiq bo’lsa, u holda daromad solig’i = (YD – EKOIХ x 6 x 12) x 17% + (EKOIХ x 6 x 12 x 11%); EO ning 6x12 barobaridan kichik bo’lsa, u holda daromad solig’i = YD x 11 %; Mehnatga haq to’lash jamg’armasi yoki ishlovchilar sonining tarkibida soliq bo’yicha imtiyozlar to’grisida ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ular tegishli ravishda ayrib tashlanadi. 2-usul. Davlat soliq organlarining hisobotlari asosida. Bunda 1-N hisoboti asosida o’tgan yilgi jismoniy shaxslarning daromad solig’i bo’yicha tushumlar aniklanadi; o’sish sur’atlari topiladi va kelgusi yil uchun tushumlarning hisobi olinadi. Shu bilan birga tuman bo’yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning olinadigan qat’iy belgilangan daromad solig’ini rejalashtirish tartibini quyidagicha keltirish mumkin: Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyat turiga qarab soni aniqlanadi; Joriy yildagi eng kam ish haqi to’g’risida ma’lumot olinadi; Bir tadbirkor tomonidan to’lanadigan soliq mikdori hisoblanadi; Byudjetga hisoblangan soliq summasi aniklanadi. Ma’lumotlar manbai DSK hisobotlari. Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan qat’iy soliq bo’yicha kelgusi yilga tushumlar rejasi quyidagicha hisoblab chiqariladi: Тadbirkorlik faoliyati turlari Joriy yilda Rejalashtirilayotgan yilda Haqiqatda faoliyat ko’rsatgan tadbirkorlarn ing o’rtacha soni Kutilayot gan tushum (ming so’mda) Bir tadbirkor tomonidan to’langan eng kam oylik ish haqi miqdori Bir tadbirkor tomonidan to’lanishi kerak bo’lgan soliq miqdori Byudjetga tushishi kerak bo’lgan soliq miqdori 1 2 3 4 5 6 Yakka tadbirkorlar (faoliyat turlari bo’yicha) Тadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar (faoliyat turlari bo’yicha ) Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari dan olinadi Davlat soliq qo’mitasi ma’lu- motla- ridan olina-di 3-ust. x 1000 / «joriy yildagi o’rtacha eng kam oylik ish haqi» 4-ust. x «joriy yildagi o’rtacha eng kam oylik ish haqi» x «eng kam oylik ish haqining yildan yilga o’sish koeffitsi-enti» /1000 5-ust. x 2- ust 137 O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar 1. Jismoniy shaxslarning daromadlari qanday guruhlarga bo’linadi? 2. Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to’lash shaklidagi daromadlaridan soliq qanday undiriladi? 3. Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini prognoz qilishda fodylaniladigan ko’rsatkichlar nimalardan iborat? 4. Jismoniy shaxslarning daromadlari qanday prognoz qilinadi? 5. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan daromad solig’ining prognoz qilishda nimalarga e’tibor beriladi? 6. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini soliqqa tortishda ularning faoliyati ustidan soliq idoralarining nazorat qilish tartiblari qanday? 138 13-mavzu. Mol-mulk va resurs soliqlarini prognoz qilish tartiblari. Reja 1 Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish davrda mol-mulk va resurs soliqlari va ularni prognozlash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar. 2. Yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini prognoz qilish tartibi. 3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilish. 4. Er solig’ini prognoz qilish. 5. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlarni prognoz qilish. Tayanch so’z va iboralar Mol-mulk, stavka, o’rtacha stavka, eskirish qiymati, baholash koeffitsiyenti, jadval, mulkning o’rtacha sof qiymati, mulkning o’rtacha sof qiymati, mulkning umumiy qiymati, nomoddiy aktivlarning o’rtacha qoldiq qiymati, yig’ilish koeffitsiyenti, resurs solig’i, yer solig’i, suv solig’i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, o’rtacha ishlatilgan suv hajmi, o’rtacha yer maydoni, haqiqatda foydalanilgan yer maydoni, qazilma boylikning o’rtacha qiymati 1. Bugungi kunda soliq siyosatida davlat byudjetining daromad qismida bevosita soliqlarning ulushini kamaytirib, mol-mulk va resurs soliqlarining rolini oshirish borasida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buning sababi birinchidan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiiy resurslardan suv, er va esti boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni kelgusi avlodlarga ortiqcha isrofgarchiliklarsiz etkazib berishdir. Shu nuqtai nazardan mol-mulk va resurs soliqlarining pronozini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda mol-mulk va resurs soliqlarining davlat byudjetidagi o’rnini aniqlab olish muhimdir. 2011 yil mol-mulk va resurs soliqlari davlat byudjetining daromad kismidagi prognoz ko’rsatkichlari 14,3 foiz kilib belgilangan. Bunda byudjet daromadlari tarkibida mol-mulk solig’i 3,0 %, resurs soliqlari 11,2 foizni tashkil qiladi. Mol-mulk va resurs soliqlari tarkibida esa mol-mulk solig’i 21,2 %, er solig’i 15,0 %, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 61,0 %, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2,6 % ni tashkil qiladi. Mol-mulk va resurs soliqlarining davlat byudjetidagi salmog’i (foiz) Yillar 2005 yil 2006 yil 2007 yil 2008 yil 2009 yil 2010 yil 2011 yil Resurs to’lov-lari va mol-mulk solig’i 16,3 23,0 21,3 17,1 16,0 15,1 14,3 Mol-mulk solig’i 3,2 4,6 4,3 3,3 3,1 2,7 3,0 Er solig’i 2,6 3,1 3,2 2,9 2,6 2,3 2,1 Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 10,1 14,7 13,2 10,5 9,8 9,6 8,7 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 0,4 0,6 0,6 0,5 0,4 0,4 0,4 Mol-mulk solig’ining prognozini tashkil qilish maksadida davlat soliq organlari zarur bo’lgan asosiy ko’rsatkichlarni jamlashlari kerak: a. Mol-mulk solig’ini prognozlashtirishda mol-mulk solig’ini to’laydigan jismoniy va yuridik shaxslar - soliq to’lovchilar ro’yxati; b. Mol-mulk solig’idan berilgan imtiyozlar summasi; 139 c. Soliq to’lovchi sub’ektlarning asosiy vositalar harakati to’g’risidagi ma’lumotlar; d. Soliq stavkalari; e. Хo’jalik sub’ektlarini joriy davrda kiritgan va chiqib ketgan, shuningdek, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar to’g’risidagi ma’lumotlar; f. O’z muddatida o’rnatilmagan uskunalar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari haqida ma’lumotlarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Soliq tushumini reja tahminiga, uning o’zgarishiga barcha iqtisodiy faktorlar katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu omillarning asosiysi bo’lib, soliq bazasini to’g’ri aniqlash hisoblanadi, chunki soliq stavkasi soliq bazasiga qo’llaniladi, demak soliq bazasi qanchalik to’g’ri hisoblangan bo’lsa, byudjetga tushadigan tushumning miqdori ham ko’p bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda, mol-mulk solig’ini rejalashtirishda: yuridik shaxslar uchun asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlari, belgilanmagan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar, ijaraga berilgan mulk to’g’risida ma’lumotlar, jismoniy shaxslar uchun uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar, joylar, inshootlarning inventarizatsiya qiymatini aniqlash kerak bo’ladi. Resurs soliqlaridan er solig’ini rejalashtirishda er uchastkalari, maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sug’orish tarmog’i, sohil bo’yi erlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan erlar, kommunal-maishiy erlar, zahira erlar haqida ma’lumotlar kerak bo’ladi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni rejalashtirishda soliq ob’ektini aniqlash muhimdir, chunki stavka aynan ob’ektga nisbatan qo’llaniladi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ob’ekti bo’lib, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi hisoblanadi. 6 Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan tekin berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o’z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo’ljallangan foydali qazilma yoki komponent tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi. Soliqni prognoz qilishda soliq solish ob’ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo’yicha alohida aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir: sanoat yo’sinida dastlabki qayta ishlovdan o’tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar; uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar. Qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun va gaz kondensatini tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish ob’ekti bo’lmaydi. Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish ob’ektidir. Qattiq foydali qazilmalar bo’yicha kavlab olingan va (yoki) ajratib olingan, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qattiq foydali qazilmalar va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan qayta ishlash jarayonida ajratib olingan foydali qazilmalar soliq solish ob’ekti bo’ladi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilish uchun kavlab olingan tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymatini bilish muhim ahamiyatga ega Hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan tayyor mahsulot bo’yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. 6 O’zR Soliq kodeksi. 244-модда. 140 Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo’lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o’rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Тayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to’lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o’sha hisobot davrida hisoblangan er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan o’rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatish kiritiladi. Тayyor mahsulot boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’lgan yoki tayyor mahsulot o’zining ishlab chiqarish yoki xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni rejalashtirishda soliq to’lovchilar tomonidan foydalaniladigan suvning hajmini aniklash muhimdir. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni prognoz qilishda suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan olingan suv hajmi suv o’lchagich asboblarining ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. Suvdan o’lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan foydalanish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov- daraxtlarni sug’orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to’g’riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq to’lovchilar er usti va er osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog’iga suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydilar. Soliq to’lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko’rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradilar. Faoliyat ko’rsatib turgan yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to’lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lamaydi. Тa’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’laydi. Yagona er solig’i to’lovchilar bo’lmagan qishloq xo’jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug’oriladigan erlarni sug’orish uchun sarflanadigan suvning butun xo’jalik bo’yicha o’rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. Shuningdek, tushumni prognoz qilishga shu soliq turidan berilgan imtiyozlar ham ta’sir qiladi: 1) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan korxonalar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar 141 mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi; 2) suv uchun byudjetga soliq o’tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar; 3) birlamchi foydalanilgan suv uchun to’lov amalga oshirilgan suvdan ikkilamchi foydalanuvchi suv iste’molchilari; 4) ixtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy ravishda tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi: 1) sog’liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan er osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog’ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 2) dori vositalarini tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga; 3) atrof muhitga zararli ta’sir ko’rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan er osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno; 4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun er qa’riga qaytarib quyiladigan er osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 5) gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga; 6) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sho’rlangan erlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmlariga. Mulk va resurs soliqlari prognozlashtirish umumiy usullaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, demak jamlangan statistik ma’lumotlar asosida; Soliq organlarida jamlanadigan byudjetga undirilgan tushumlarning asosida va soliq to’lovchi yuridik shaxslarni moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlar asosida amalga oshiriladi. Birinchi usulda statistika organlari tomonidan chop etilgan hisobotlardan foydalanilsa, ikkinchi usulda byudjetga haqikatda tushgan tushumlarning usish sur’atlaridan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Mol-mulk solig’ini hisoblab chiqishda korxona asosiy vositalarining harakatini bilish muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 268-moddasiga asosan mol-mulk solig’i bazasi quyidagicha belgilanadi: Soliq solish ob’ektlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko’ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o’rtacha yillik qiymatlarini) qo’shishdan olingan summaning o’n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining Soliq kodeksning 266-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida ko’rsatilgan ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo’lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchi yuridik shaxslarning mol- mulkiga solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmog’idan kelib chiqqan 142 holda aniqlanadi, bu sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash nazarda tutilgan bo’ladi. Mol-mulk va resurs soliqlarini prognoz qilish asosan ikkita variantda amalga oshiriladi: hakikatda tushgan soliq va to’lovlar tushumini tahlili asosida; korxona va tashkilotlarni moliyaviy xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarga ko’ra tuziladi. Haqiqatda tushgan tushum asosida tahlil qilish soliq turi bo’yicha oldingi yillar tushgan tushum to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Mol-mulk solig’ini kelgusi davrga prognoz qilishda tuman bo’yicha soliq to’lovchilar soni, korxonaning asosiy vositalari harakati to’grisidagi ma’lumotlarga, shuningdek, qayta baholash natijalari haqidagi ma’lumotga, joriy yilda ro’yxatdan o’tgan mol-mulk solig’i to’lovchilar, oxiri yillardagi tushumning o’sishi yoki kamayishi haqida ma’lumotga ega bo’lish lozim. Mol-mulk solig’i to’lovchi «S» korxonaning oxirgi besh yilda davlat byudjetiga to’lagan qo’shilgan qiymat solig’i summalari. Ko’rsatkichlar Yillar 2006 y 2007 y 2008 y 2009 y 2010 y Тushum 1733,0 1824,7 1812,0 1825,2 1885,7 Soliqni prognoz qilish uchun mol-mulk solig’i bo’yicha oldingi yillar tushumiga ega bo’lgan holda, zanjirsimon usulda o’rtacha o’sish koeffitsiyenti topiladi. (1 +1,05 + 0,99 + 1,007 + 1,033) / 5 =1, 016 va joriy iyldagi tushumga ko’paytirilib, keyingi yilga prognoz qilinadi. 1,016 * 1885,7 = 1915,9 Тushum bo’yicha prognoz qilishda yillar bo’yicha o’rtacha o’sish koeffitsiyenti topilib, oxirgi yildagi tushumga ko’paytiriladi va bunga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan omillar o’rganilgan holda prognoz qilinadi. Masalan, «S» korxonasini 2006-2010 yillardagi mol-mulk solig’i tushumi mavjud bo’lgan holda 2011 yil uchun prognoz qilaylik. Т/r Yillar Тushum (ming sum) koeffitsiyent 1 2007 2464,0 - 2 2008 2470,1 2470,1/2464=1,002 3 2009 2520.0 2520/2470,1=1,020 4 2010 2594.2 2594,2/2520=1,029 5 2011 2600,3 2615,3/2594,2=1,008 6 2012 Prognoz = O’rtacha o’sish koef.=(1,002+1,02+1,029+1,008)/4=1,014 2582,3*1,01 =2608,12 Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilaridir. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol- mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs soliq to’lovchidir. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob’ektidir. 143 Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to’lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo’yicha to’lovchi bo’lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir ob’ekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi: 1) "O’zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha "O’zbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi; 2) 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. 3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi; 4) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u erga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning); 5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlarning; 6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 7) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki xarbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan xarbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining); Belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk ob’ektiga taalluqli bo’ladi. Nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish ob’ektlariga nisbatan qo’llanilmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling