Soliqlar va soliqqa tortish
Davlat byudjeti loyihasini tuzish va daromadlarini prognoz qilish tartibi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Erishilgan daraja bo’yicha prognoz qilish usuli
- Ko’p omilli tahlilga asoslangan usullar
- Хalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha byudjetga tushumlarni prognoz qilish
- Тarmoqlararo balans matritsasidan foydalanish
- YaIMga nisbatan soliq tushumlarining elastikligi asosida prognoz qilish.
2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish va daromadlarini prognoz qilish tartibi. O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonun bilan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda kelgusi moliya yili uchun tuziladi. Loyihani tuzish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Davlat byudjeti loyihasi O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti Moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va tuziladi; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va tuziladi; Mahalliy byudjetlar loyihalari tegishli hokimiyatlar moliya boshqarmalari yoki bo’limlari tomonidan tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo’yicha balanslashgan bo’lishi kerak. Davlat byudjetini shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va bajarish, shuningdek, daromadlar va xarajatlarni bashorat qilishda aniq tizim bo’yicha guruhlash, shu bilan birga Davlat byudjetining bajarilish hisobini yuritish maqsadida Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bo’yicha ma’lumotlarni jamlash uchun byudjet tasniflagichi (byudjetnaya klassifikatsiya)dan foydalaniladi. Byudjet tasniflagichi daromadlar turlarini, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining funksional, tashkiliy va iqtisodiy xarajatlarni o’z ichiga oladi. Daromadlari turkumida Davlat byudjeti daromadlari tushumlar manbalari va turlari bo’yicha guruhlanadi. Davlat byujjeti loyihasida daromadlar sifatida O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan mablag’lar tushumi va moliya yilida byudjetdan moliyalanadigan xarajatlar ko’zda tutiladi. Davlat byudjeti loyihasida daromad manbalari quyidagicha guruhlanadi: bevosita soliqlar; bilvosita soliqlar; resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i; Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; 152 Boshqa daromadlar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni o’z ichiga olgan ariza shaklini ishlab chiqadi: - daromadlar bo’yicha – soliqlar, to’lovlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, shuningdek, kelgusi moliya yilida tegishli regionlar bo’yicha har bir daromad turi bo’yicha hisob- kitoblar, shuningdek, ularni tuzish va to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar; - xarajatlar bo’yicha – davlat byudjetidan moliyalanadigan byudjet mablag’larini oluvchilar, shuningdek, tarmoqlar, shtatlar bo’yicha byudjet mablag’larini olish uchun xarajatlar tarkibi, ularni tuzish va to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar. Moliya Vazirligi har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda: tegishli hududlar byudjetlari loyixasini tayyorlash va taqdim qilish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Yuqori Kengashiga, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimiyatlariga; Byudjet so’rovnomasi Qoraqalpog’iston Respublikasi yuqori Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlariga Davlat maqsadli jamg’armalari vakolatli organlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi yuqori Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlari (3 kun muddat ichida qaror qabul qiladi) Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya Vazirligi, viloyatlar va Тoshkent shahar Moliya boshqarmalari (3 kun muddat ichida so’rovnomani jo’natadi) Shahar va tumanlar hokimlari (3 kun muddat ichida qaror qabul qiladi) Тuman va shaharlar moliya bo’limlari (3 kun muddat ichida so’rovnomani jo’natadi) Shu tuman va shaharlar byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablg’larini oluvchi Shu tuman va shharlar byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablg’larini oluvchi Shu tuman va shharlar byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablg’larini oluvchi Viloyat byudjetidan moliyalanuvchi, byudjet mablag’larini oluvchilariga Respublika byudjetidan moliyalanadigan byudjet mablag’lari oluvchilariga 153 respublika byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablag’larini oluvchilarga; (Ular uch kun muddat ichida byudjet talabnomasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqida buyruq tayyorlaydi.) davlat maqsadli jamg’armalarining tegishli byudjet loyihalarini tayyorlash uchun Davlat maqsadli jamg’armalarning ijrochi organlariga byudjet so’rovnomasini jo’natadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Yuqori Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlari: byudjet so’rovnomasini olgandan keyin uch kun muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish haqida loyihalarni tayyorlash muddatlari va tartibini belgilagan holda qaror qabul qiladilar; qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddat ichida Qoraqalpog’iston Respublikasi Yuqori kengashi, vilotyalar va Тoshkent shahar hokimlari byudjet so’rovnomasini tegishli byudjetlar loyihasini tayyorlash uchun tuman va shaharlar hokimlariga yuboradilar. Тumanlar va shaharlar hokimlari viloyat moliya boshqarmasidan byudjet so’rovnomasini olgandan keyin uch kun muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to’g’risida qaror qabul qiladilar. Тumanlar va shaharlarning moliya organlari qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddat ichida byudjet so’rovnomalarini ushbu tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalanadigan, byudjet mablag’larini oluvchilarga yuboradilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Тoshkent shahar moliya boshqarmalari daromadlar bo’yicha olingan hisob-kitob shakllarini tumanlar va shaharlar hokimiyatlari moliya bo’limlariga, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi. Viloyatlar va Тoshkent shahar Davlat soliq boshqarmalariga taqdim qilish muddatini ko’rsatgan holda jo’natadilar. Тuman va shaharlar hokimiyatlarining moliya bo’limlari daromadlar bo’yicha olingan hisob-kitob shakllarini quyi tuman va shaharlar davlat soliq inspeksiyalariga taqdim qilish muddati ko’rsatilgan holda jo’natadilar. Quyi moliya organlari tegishli soliq organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan buyurtmanomani tegishli byudjetlarning daromad qismi loyihasini tuzish uchun yuqori moliya organlariga etkazadilar. O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligi quyi moliya organlari hamda Davlat soliq va bojxona qumitalaridan tegishli buyurtmanomalarni olgandan keyin Davlat byudjeti loyihasiga kiritish uchun Davlat byudjeti daromadlari ko’rsatkichlari loyihasini tayyorlaydi. Davlat byudjeti daromadlari ko’rsatkichlari loyihasi butun Respublika bo’yicha, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri bo’yicha tuziladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish uchun tegishli byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ajratish rejasi tuziladi. Bunda: respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetlariga asosiy umumdavlat soliqlaridan ajratmalar summalari va me’yorlari; respublika byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetlariga yo’naltiriladigan umumdavlat soliqlari va ularning miqdorlari; respublika byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetlariga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar va yig’imlar hamda ularning miqdorlari aks ettiriladi. Ushbu reja o’z tarkibida boshqa quyi hudud byudjetiga ega bo’lgan har bir hudud byudjeti uchun tuziladi. Reja har yilikeyingi moliya yiliga byudjet loyihasini ishlab chiqishda tuziladi va moliya yili tugashi bilan Moliya vazirligining yozma bildirishnomasiga asosan o’z kuchini yo’qotadi. Asosiy soliq turlari bo’lib foyda solig’i, jismoniy shaxslarning daromadidan undiriladigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlari hisoblanadi. Umumdavlat soliqlari – er ka’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qoidaga ko’ra, turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlanmasdan to’liq hajmda respublika byudjetiga yoki mahalliy byudjetga o’tkaziladi. Etakchi umumdavlat soliqlari tarkibini hamda ulardan respublika byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetlariga ajratmalar miqdorini belgilash to’g’risidagi taklif Moliya Vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 154 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qabul qilingan Davlat byudjeti asosida etakchi umumdavlat soliqlari tarkibi va ulardan respublika byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetlariga ajratmalar miqdori tasdiqlanadi. Тurli darajadagi byudjetlarga ajratmalar me’yori belgilanmagan va to’liq hajmda mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi kerak bo’lgan umumdavlat soliqlaridan tushgan tushumlar soliq to’lovchi joylashgan hudud, tuman, shahar byudjetiga o’tkaziladi. Тurli darajadagi byudjetlarga ajratmalar me’yori belgilanmagan va to’liq hajmda respublika byudjetiga o’tkazilishi kerak bo’lgan umumdavlat soliqlaridan tushgan tushumlar soliq to’lovchining joylashgan hududi, tumani va shahridan qat’iy nazar respublika byudjetiga o’tkaziladi. Har yili davlat maqsadli jamg’armalarining vakolatli organlari Moliya vazirligi tomonidan yuborilgan byudjet talabnomasi asosida kelgusi moliya yili uchun tegishli davlat maqsadli jamg’armalarining byudjet loyihasini tayyorlaydilar. Loyihada daromadlar manbalari buyicha tushum va keyingi moliya yili uchun har bir davlat maqsadli jamg’armasi bo’yicha mablag’larni xarajat qildish yo’nalishlari aks etadi. Kelgusi moliya yiliga davlat maqsadli jamg’armalarining tegishli byudjetlari loyihasi tayyorlangandan keyin mazkur jamg’armalarning vakolatli organlari ushbu loyihani Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda, lekin joriy yilning 1 iyulidan kechikmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. Moliya vazirligi davlat maqsadli jamg’armalarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda davlat maqsadli jamg’armalarining taqdim qilingan byudjet loyihasini kurib chiqadi va zaruriyat tug’ilganda taqdim qilingan loyihaga aniqlik kiritish to’g’risida trakliflar kiritadi. Ko’rib chiqilgan loyiha kelgusi moliya yili Davlat byudjeti loyihasida yig’iladi va «Maqsadli jamg’armalar daromadlari» va «Maqsadli jamg’armalar xarajatlari» bo’limida aks ettiriladi. Manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha kelgusi yil uchun Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognozi Jamg’armaning ijro tuvchi direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va ko’rib chiqish uchun Jamg’armani boshqarish kengashiga kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har yili 15 iyundan kechikmay Jamg’armaga joriy yil uchun Jamg’arma xarajatlarining kutilayotgan ijrosini va kelgusi yil uchun Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Ijro etuvchi direksiya Jamg’armani boshqarish kengashi tomonidan ma’qullangan daromadlar va xarajatlar prognozini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning bo’lajak yilga daromadlari va xarajatlari prognozi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Davlat soliq qo’mitasi bilan kelishilgan Jamg’arma daromadlari va xarajatlari tasnifi asosida ishlab chiqiladi. Prognoz quyidagi tartibda amalga oshiriladi: «O’zavtoyo’l» DAK va Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar hokimiyatlari qoshidagi yagona buyurtmachi xizmati har yili 5 iyundan kechikmay jamg’armaga zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu ma’lumotlar asosida jamg’arma har yili 15 iyundan kechikmay jamg’arma xarajatlarining joriy yildagi ijrosi va bo’lg’usi yilga xarajatlar prognozi ishlab chiqiladi; Bo’lajak yilga tushumlar manbalari buyicha daromadlar prognozi oldingi yilda jamg’armaga mablag’larning amaldagi tushumi va Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri bo’yicha daromadlar manbalari bo’yicha joriy yilda kutilayotgan tushum, Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyatlar va Тoshkent shahri bo’yicha jamg’armaga ajratmalar va yig’imlar bo’yicha hisobot moliya yili oxiriga yuridik shaxslarning kreditorlik qarzi hisobga olingan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari asosida bevosita jamg’arma tomonidan ishlab chiqiladi. Jamg’arma daromadlar va xarajatlarining ishlab chiqilgan prognozini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, biroq 1 iyuldan kechikmay O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. Kelgusi yilga byudjet qoplamalarini olish uchun buyurtmanoma: - Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan moliyalanadigan, byudjet mablag’larini oluvchilar tomonidan joriy yilning 1 iyunidan kechikmay tegishli moliya organlariga; - Respublika byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan joriy 155 yilning 1 iyulidan kechikmay O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi. Kelgusi moliya yili uchun tegishli byudjetlar loyihalari: - tuman va shaharlar hokimiyatlari moliya organlari tomonidan yuqori turuvchi moliya organlariga joylardagi vakolatli hokimiyat organlari tomonidan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechikmay; - Qoraqalpog’iston respublikasi yuqori Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg’armalarning vakolatli organlari O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, lekin joriy yilning 1 iyulidan kechikmay taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi, joriy yilning 15 sentabrigacha O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga jo’natadi va Davlat byudjeti loyihasini Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birgalikda joriy yilning 1 oktabrigacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi. Byudjet yo’llanmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’tgan yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va joriy yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining prognozi; O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi asosida o’tgan yil uchun Davlat byudjetining bajarilishi to’grisida hisobot va joriy yilda Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi; Kelgusi yil Davlat byudjeti loyihasi asosida tuzilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi xulosasiga asosan ishlab chiqilgan, mamlakat byudjet va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasi; Mamlakatning kelgusi yildagi byudjet va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlariga sharh; Ichki va tashqi davlat qarzlari va ular buyicha xarajatlar to’g’risida ma’lumot; O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi asosida kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti loyihasi. Byudjet yo’llanmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15 oktabridan kechikmasdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. Davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Davlat byudjeti asosida: Davlat byudjeti qabul qilingandan keyin ikki haftadan so’ng tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jokargы Kenesi va viloyatlar va Тoshkent shahrining vakolatli hukumat organlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Тoshkent shahri byudjetlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar byudjetlari qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda tumanlar va shaharlar vakolatli hukumat organlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari; joylardagi yuqori vakolatli hukumat organlari tomonidan belgilangan muddatlarda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va tuman shaharlari byudjetlari qabul qilinadi. Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo’lsa, u holda Davlat byudjetini qabul qilgunga qadar bo’lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga ko’ra amalga oshiriladi: boshlangan moliya yilida xarajatlar har oyda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va o’tgan moliya yili oxirgi choragidagi byudjet qoplamasining uchdan bir kismidan oshmagan miqdorda; o’tgan moliya yilida qilinmagan xarajatlar joriy yilda ham amalga oshirilmaydi; 156 Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash muddatlari o’tgan moliya yilida amalda bo’lgan soliqqa tortish va majburiy ajratmalarni to’lash tartibi Davlat byudjetining kabul qilgunga qadar o’z kuchini yo’qotmaydi. Davlat byudjeti qabul qilingandan keyin byudjet tasniflagichining bo’limlar va paragraflar kismidagi daromadlarning yillik va choraklik hajmlari to’g’risida bir hafta muddatda: joriy y. 1 oktabrgacha joriy y. 1 oktabrgacha joriy y. 15 sentabrigacha до 1 июля т.г. joriy y. 1 iyuligacha. Joriy yilning 1iyuniga qadar joriy y. 1 iyuligacha. Byudjet mablag’larini oluvchi Byudjet mablag’larini oluvchi Byudjet mablag’larini oluvchi Тuman (shahar) moliya bo’limlari Davlat maqsadli jamg’armalarini tasarruf etuvchi organlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar Moliya boshqarmalari Moliya Vazirligi ( Ҳ P g a 1 5 s e n t a b r g a c h a t a q d i m q i l a d i ) ( 1 o k t a b r g a c h a V M g a t a q d i m q i l a d i ) Respublika byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablag’larini oluvchilar O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi (DB loyihasi bo’ yicha xulosa beradi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (15 oktabrgacha byudjet so’rovnomasi Oliy Majlisga ta qdim qiladi) O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi 157 O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining bosh boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga; Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi Daromadlarni prognoz qilish bo’limi hamda viloyatlar va Тoshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar Davlat soliq boshqarmalariga; tumanlar va shaharlar moliya bo’limlarining daromadlarni prognoz qilish bo’yicha mutaxassisi tomonidan tumanlar va shaharlar Davlat soliq inspeksiyalariga ma’lumot etkaziladi. Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat byudjeti qabul qilinmagan bo’lsa, Davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bashorat ko’rsatkichlari yillik tushumda birinchi chorak tushumlarining ulushini hisobga olgan holda har oyda o’rnatiladi. Bunda bashorat ko’rsatkichi miqdori o’tgan moliya yilining oxirgi choragidagi haqiqiy tushumning uchdan bir qismdan oshmasligi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, tumanlar, shaharlar byudjetlarining daromad va xarajatlari yillik rejalarining choraklar bo’yicha taqsimoti tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Тoshkent shahar moliya boshqarmalari, shuningdek, tegishli tumanlar va shaharlar hokimiyatlarining moliya bo’limlari tomonidan qirq kun ichida, biroq ko’rsatilgan byudjetlar tasdiqlanganidan keyin 25 fevraldan kechikmasdan amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, tegishli mahalliy byudjetlar bo’yicha daromadlar va xarajatlarning choraklik taqsimoti: tuman, shahar byudjeti bo’yicha – tegishli ravishda tuman, shahar moliya bo’limi tomonidan tuman, shahar byudjeti hamda ular tarkibiga kiruvchi quyi byudjetlar daromadlari va xarajatlarining chorak bo’yicha taqsimotini birlashtirish yo’li bilan; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri byudjeti bo’yicha tegishli ravishda Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetining, shuningdek, ular tarkibiga kiruvchi quyi byudjetlar daromadlari va xarajatlarining chorak bo’yicha taqsimotini birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kelgusi yilga Davlat byudjeti kutilayotgan daromadlar summalari haqida ma’lumotlar: - Тumanlar (shaharlar) Davlat soliq organlari tomonidan hududiy davlat soliq organlariga Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechikmasdan; - Hududiy Davlat soliq organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq joriy yilning 1 iyulidan kechikmasdan taqdim etiladi. Kelgusi chorak uchun Davlat byudjetining kutilayotgan daromadlar summalari haqida ma’lumotlar: - Тumanlar (shaharlar) Davlat soliq organlari tomonidan hududiy davlat soliq organlariga Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq bashorat qilinayotgan chorakdan oldingi chorak oxirgi oyining 25 sanasidan kechikmasdan; - Hududiy Davlat soliq organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq bashorat qilinayotgan chorakdan oldingi chorak oxirgi oyining 25 sanasidan kechikmasdan taqdim qilinadi. Qonun hujjatlariga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Тoshkent shahar moliya boshqarmalari daromadlar hisob-kitobi shakllarini olgandan keyin tuman va shaharlar hokimyatlarining moliya bo’limlariga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar Davlat soliq boshqarmalariga taqdim qilish muddatini ko’rsatgan holda yuboradilar. Bir xil ko’rinishdagi yoki qo’shimcha shakllar taqdim qilish muddatlari ko’rsatilgan holda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ham jo’natilishi mumkin. Тumanlar va shaharlar hokimiyatlarining moliya bo’limlari daromad hisob-kitobi shakllarini taqdim qilish muddatlarini ko’rsatgan holda tegishli tumanlar va shaharlar davlat soliq inspeksiyalariga yuboradilar. Daromadlar bo’yicha hisob-kitob shakllari ularni to’ldirish va taqdim qilish bo’yicha ko’rsatmalari bilan hududiy davlat soliq boshqarmalariga Davlat soliq qo’mitasining 158 modemogrammasi(xati) orqali etkaziladi. Daromadlar bo’yicha hisob-kitob shakllarini taqdim qilish muddatlari, agar DSQning modemogrammasida ko’rsatilmagan bo’lsa,O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonuniga asosan aniqlanadi. Kelgusi oy uchun Davlat byudjetining kutilayotgan daromadlar summalari haqida ma’lumotlar har oyda: Тumanlar (shaharlar) Davlat soliq organlari tomonidan hududiy davlat soliq organlariga Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq bashorat qilinayotgan oyning 3 sanasidan kechikmasdan; Hududiy Davlat soliq organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq bashorat qilinayotgan oyning 4 sanasidan kechikmasdan taqdim qilinadi. Bashorat qilinayotgan oy va chorak uchun Davlat byudjeti daromadlarining kutilayotgan summalari haqidagi ma’lumotlar manbalar bo’yicha va vazirliklar bo’yicha yig’ma jadvallarga asosan taqdim qilinadi. Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilishda foydalaniladigan asosiy tushunchalar quyidagilardir: - byudjet jarayoni - qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va bajarish jarayoni, shuningdek, Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlar orasidagi munosabatlar. - byudjet dotatsiyasi – o’z daromadlari va boshqa byudjet mablag’lari etishmaganda quyi byudjetning daromadlari va xarajatlari orasidagi farqni yopish uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari. - byudjet assignovaniyasi – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat byudjeti mablag’laridan byudjet tashkilotlari va boshqa byudjet mablag’larini oluvchilarga ajratiladigan pul mablag’lari. - byudjet profitsiti – ma’lum bir davr uchun byudjet daromadlarining xarajatlari summasidan oshib ketishi. - byudjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki respublika byudjetidan rezident- yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga qaytarib berish asosida ajratiladigan mablag’lar. - byudjet subvensiyasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniq maqsadlar uchun xarajat qilish sharti bilan beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari. - byudjet talabnomasi – byudjet tasniflagichi bo’yicha byudjet mablag’lari ajratish va tushumlarni shakllantirish to’g’risidagi talabnoma. - byudjet tashkiloti – faoliyati Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, davlat tashkilotlari. - byudjet kamomadi – ma’lum bir davr uchun byudjet xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi. - byudjet transferti – yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoki uning vakolatli organi orqali beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari. - yirik soliq to’lovchilar – hisoblangan soliqlari aniq bir hudud bo’yicha hisoblangan soliq summasining 80 %ini tashkil qiluvchi soliq to’lovchilar. - mahalliy byudjet – Davlat byudjetining bir qismi bo’lib, tegishli viloyat. Тuman, shaharpul mablag’larining fondini, shuningdek, moliya yili davomida anik maqsadlarga ajratiladigan mablag’larning miqdori va xarajat yo’nalishlarini tashkil qiladi. - soliq salohiyati – Butunjahon banki terminologiyasiga asosan, qandaydir ma’muriy birlikka biriktirilgan, uning byudjetiga tegishli soliq tushumlari hajmini olib keladigan (biroq mazkur hududda haqiqatda tushgan tushumlar summasi emas) soliqqa tortiladigan baza qobiliyati. - hududning soliq bazasi – mazkur hududda amalda bo’lgan barcha soliqlarning soliq salohiyati summasi. - aniq soliq turi uchun soliq salohiyati – bu aniq davr uchun ushbu soliq turi buyicha qonun hujjatlarida belgilangan soliqqa tortiladigan baza va stavkadan kelib chiqqan holda tushishi mumkin bo’lgan eng yuqori miqdordagi soliq tushumi. 159 - naqd pul aylanmasi – moliya yilida Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar hisob raqamlaridagi pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdori. - hududiy leveridj (moliyaviy richag) – hududiy byudjetni shakllantirishning tashqi manbalari (transfertlar, subsidiyalar,subvensiyalar,qarzlar) bilan ichki manbalarining (soliq tushumlari va soliqsiz tushumlar) bir biriga mosligi. - respublika byudjeti – Davlat byudjetining bir kismi bo’lib, daromadlar manbalari va tushumlar miqdorlarini ko’zda tutuvchi, umumdavlat ahamiyatiga molik tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladigan, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar miqdori va ularni xarajat qilish yo’nalishlari. - moliya yili – birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabrgacha bo’lgan davr. - moliyaviy mustaqil hudud – o’zining moliyalashtirish manbalari (asosan soliqlar) byudjet mablag’larining 80%ini tashkil qiluvchi hudud. Ma’lumotlarni olish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 1. Erishilgan daraja bo’yicha prognoz qilish usuli. Davlat byudjeti daromadining asosini soliqlar tashkil qilar ekan, soliqlarni prognoz qilish davlat byudjetining daromad qismini to’ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda soliq tizimida soliqlarni prognoz qilishning asosan bitta usulidan – erishilgan daraja bo’yicha prognoz qilish usulidan foydalaniladi. Ya’ni bu usul o’tgan hisobot davrlaridagi haqiqiy tushumga asoslangan. Bunda kutilayotgan tushum summalari o’tgan hisobot davrlaridagi haqiqatdagi tushum summalarining o’siщ koeffitsiyentiga ko’paytirish orqali aniklanadi. Bu koeffitsiyentni topish uchun turli xil matematik usullarni qo’llash mumkin. Тuman darajasida kutilayotgan tushum summalarining hisob-kitobi uchun soliqlar bo’yicha soliq to’lovchilar tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblardan, shuningdek, soliqlar buyicha tushumdan ham foydalanish mumkin. Hudud uchun soliq tushumlari bo’yicha prognoz summalari barcha tuman yoki shahar soliq inspeksiyalari tomonidan hisob-kitob qilingan tushum summalari orqali aniqlanadi. Хuddi shunday respublika uchun soliqlar buyicha tushum summalari hududiy davlat soliq boshqarmalarining ma’lumotlari bo’yicha tushum summalari jamlab aniqlanadi. Bu usul ayrim noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, erishilgan ko’rsatkichlar bo’yicha prognoz qilishda ob’ektni har tomonlama ko’rish imkoni bo’lmaydi. Negaki, erishilgan daraja faqat haqikatdagi tushumga asoslangan. Ammo chuqurroq tahlil qilinsa, tumanda hisobot yilida undirilmay qolgan soliq qarzi summalari, yangi tashkil bo’layotgan korxonalar tomonidan to’lanishi mumkin bo’lgan soliqlar, ayrim korxonalarning faoliyati susayishi natijasida yo’qotilishi mumkin bo’lgan mablag’lar, ayrim korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklining o’zgarishi natijasida ba’zi soliq turlaridan soliq tushumlarining kelgusi yilda ko’payishi yoki kamayishi mumkinligi, shuningdek, ba’zi korxonalarning soddalashtirilgan soliq tizimiga o’tkazilishi yoki aksincha, tegishli shartlarni bajarmagan korxonalar soddalashtirilgan soliq tizimidan umumbelgilangan tartibda soliq to’lashga o’tkazilishi ham soliq tushumlarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan prognoz qilish usulida ayrim ta’sir ko’rsatuvchi holatlarni to’liq inobatga olish biroz mushkul. Shuning uchun prognoz ishlarini amalga oshirishda korxonalar tomonidan soliq qarzini to’lash imkoniyati va muddati, taqdim qilingan imtiyozlar muddatlarining etib kelganligi haqidagi ma’lumotlarning taqdim qilinishi, shuningdek, tuman statistika organlari tomonidan yangi tashkil etilayotgan korxonalar sonining o’rtacha o’sish yoki kamayish sur’ati, ularning mulkchilik shakllari haqidagi ma’lumotlarining taqdim qilinishi maqsadga muvofiq. 2. Davlat byudjeti daromadlarini mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida prognoz qilish. Bunda kutilayotgan to’lovlar tushumi hisob-kitobi soliq to’lovchilarning soliq organlariga taqdim qilgan moliyaviy va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bu usulda moliyaviy va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarini kiritish ko’p vaqt talab qiladi. Bu hisob-kitoblar uchta bosqichda: tuman, viloyat va respublika miqyosida tuziladi. 3. Davlat byudjeti daromadlarini makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida prognoz qilishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga asoslangan usullardan foydalaniladi. Bu hisob-kitoblar faqat 160 viloyat va respublika darajalarida tuziladi. 4. Ko’p omilli tahlilga asoslangan usullar (ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qiymat ko’rsatkichlari, valyuta kurslari va boshqalar). Davlat byudjetiga to’lovlarning kutilayotgan tushumining hisob-kitob usullarini amalga oshirish ayrim qiyinchiliklar tug’diradi. Chunki tegishli ko’rsatkichlarning ma’lumotlar bazasini tashkil qilish ehtiyoji yuzaga keladi. Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Хalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha byudjetga tushumlarni prognoz qilish. Bu usul soliqlarni iqtisodiy faoliyat turi bo’yicha taqsimlash va shu asosda Davlat byudjetiga tushumlarni baholashga asoslangan. Bunday taqsimlashda iqtisodiy jarayonlar, makroiqtisodiy omillar, narx va uning soliqlarga ta’siri aniqroq ko’rish imkonini beradi. Bu esa o’z navbatida soliq tushumlarining prognoz funksiyasini sifatli bajarishga imkoniyat yaratadi. 2. Тarmoqlararo balans matritsasidan foydalanish asosida byudjetga tushumlarni prognoz qilish ishlab chiqarish, pul aylanmasi, iste’mol va jamg’arish orasidagi, daromadlar, xarajatlar va yakuniy talab hamda soliqlar tushumi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni kompleks ravishda ochib berish uchun qo’llaniladi. 3. Davlat byudjetiga tushumlarni YaIMga nisbatan soliq tushumlarining elastikligi asosida prognoz qilish. Bunda davlat byudjeti daromadlarining joriy davrda yalpi ichki mahsulotdagi ulushiga qarab kelgusi davr uchun prognoz qilish imkoni yaratiladi. Хulosa qilib aytish mumkinki, davlat byudjeti daromadlarini aniq va to’g’ri prognoz qilish mamlakatning iqtisodiy salohiyatining yuksalishida muhim vositadir. Nazorat savollari 1. Soliq idoralarida prognoz ishlarini tashkil qilish tartibini tushuntirib bering. 2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish nimalarga asoslanadi? 3. Byudjet so’rovnomasini taqdim etish muddatlari qanday? 4. Yirik manbalarga misollar keltiring. 5. Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilishning qanday usullari bor? 6. Byudjet daromadlarini prognoz qilish tartibini tushuntiring. 7. Maqsadli jamg’armalarga mablag’lar tushumi qanday prognoz qilinadi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling