Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Хo’jalik yurituvchi subektlarni soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishini soliq organlarida yuritiladigan operativ-buxgalterlik hisobi yordamida olib boriladi. Soliq va majburiy to’lovlarning operativ-buxgalterlik hisobi bu hisob va hisobot tizimi bo’lib, soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha byudjetga to’lashga hisoblangan va byudjetga o’tkazilgan summalarni, moliyaviy sanksiyalar summalarini, soliq qarzi va ortiqcha to’lov, hisoblangan penya va boshqa malumotlarni o’z ichiga qamrab olgan. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha operativ-buxgalterlik hisobini yuritish tartibi Davlat soliq qo’mitasining me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Soliqlar va majburiy to’lovlarning operativ-buxgalterlik hisobini soliq to’lovchilar ro’yxatdan o’tgan davlat soliq inspeksiyalarida olib boriladi. Тo’lashga hisoblangan va byudjetga o’tkazilgan soliq va majburiy to’lov summalari hisobi Moliya Vazirligi tasdiqlagan daromadlar va xarajatlar klassifikatsiyasiga asosan olib boriladi. Ushbu klassifikatsiya respublika va maxalliy byudjetlarini tashkillashtirish borasida asosiy metodologik hujjat hisoblanadi. Klassifikatsiyaga binoan har qaysi soliq va majburiy to’lov turlari o’ziga tegishli byudjetning bo’limi va paragrafiga o’tkazilishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksini 127-moddasiga binoan soliq organi soliq summasini soliq to’lovchining hisob-kitoblari va daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyasida ko’rsatilgan miqdorda, shuningdek tegishli davlat organlari taqdim etgan malumotlar asosida hisoblab chikadi. Agar soliq to’lovchi daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani, soliqlar va yig’imlar bo’yicha hisob-kitoblarini vaqtida taqdim etmasa yoki ulardagi summani ko’rsatmagan bo’lsa, soliq organi o’zidagi mavjud malumotlar asosida soliqlar va yig’imlar summasini hisoblab chiqarishga va soliq to’lovchiga xabarnoma berishga haqlidir. Soliqlar va yig’imlarni yuridik shaxslar nakd pulsiz tartibda tegishli summani byudjet klassifikatsiyasiga binoan tegishli bo’lim va paragrafga, jismoniy shaxslar esa nakd pul bilan va pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradilar. Davlat soliq organlari xodimlari soliq to’lovchilarni shaxsiy hisob varaqalarini yuritish uchun quyidagi hujjatlardan foydalanidalar: 1.Yuridik shaxslar soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda soliq organlariga davlat byudjetiga hisobot davrida to’lashga hisoblangan soliq summalari aks ettirilgan buxgalterlik hisobotlarini va soliqlar bo’yicha hisoblarini taqdim etadilar. 51 Ushbu hujjatlar asosida soliq inspektori xo’jalik yurituvchi subektning shaxsiy hisob kartochkasiga soliqlar bo’yicha byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan summalarni hisoblab qo’yadilar; 2. Soliq to’lovchi yuridik shaxslarning taqdim etgan avans to’lovlari haqidagi malumotlar; 3. Byudjetga to’lashga hisoblangan soliq va majburiy to’lov summalarini byudjetga o’tkazish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bank muassalariga to’lov topshiriqnomalarini topshiradilar. Ushbu to’lov topshiriqnomalarida soliqning hisob raqami, byudjet klassifikatsiyasiga binoan byudjetning daromad qismidagi bo’limi va paragrafi, inspeksiya nomi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkasida summalar milliy valyuta – so’mda yuritiladi. hisobotlarni qabul qilish bo’limi (sho’’basi)ning mas’ul xodimi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qabul qilingan soliq hisobotlariga, soliq hisoboti qabul qilingan sana va shaxsiy hisob kartochkasiga kiritilishi lozim bo’lgan hisoblangan soliq summasini ko’rsatgan holda hisoblashga qabul qilingan soliq hisobotlari reestri bilan birga 1 ish kunidan oshmagan muddatda hisobga olish bo’limining mas’ul xodimiga taqdim etadi. Reestr ikki nusxada tuziladi, topshirgan va qabul qilgan ma’sul xodimlar tomonidan imzolanib, uning birinchi nusxasi hisobga olish bo’limida, ikkinchi nusxasi hisobotlarni qabul qilish bo’limida saqlanadi. Hisobga olish bo’limi uchun reestr asosida taqdim qilingan soliq turlari bo’yicha hisobotlar shaxsiy hisob kartochkalarga ma’lumotlar kiritish yoki kiritilgan ma’lumotlarni o’zgartirish uchun asos bo’ladi. Elektron tarzda taqdim qilingan soliq hisobotlari bo’yicha shaxsiy hisob kartochkalariga ma’lumotlar kiritish yoki kiritilgan ma’lumotlarni o’zgartirish uchun asos bo’lib, hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basi mas’ul xodimining elektron imzosi bilan tasdiqlangan soliq hisobotlari amal qiladi. Hisobga olish bo’limi mas’ul xodimi hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basi mas’ul xodimi tomonidan soliq hisobotida ko’rsatib berilgan soliq summasini soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga kiritadi va kiritilganligi to’g’risida soliq hisobotiga shaxsiy hisob kartochkasiga kiritilgan soliq summasi va sanasini ko’rsatib imzo bilan tasdiqlaydi. Shaxsiy hisob kartochkasiga kiritilayotgan har bir yozuv bo’yicha yozuv kiritilgan sana, mazmuni va yozuv kiritish uchun asos bo’lgan hujjat turi hamda ularni kiritgan xodimning familiyasi, ismi, sharifi shaxsiy hisob kartochkasida aks ettiriladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblangan, kamaytirishga hisoblangan summalari bo’yicha yozuv shaxsiy hisob kartochkasining «Hisoblangan», «Kamaytirishga hisoblangan» summalarga ajratilgan ustunlariga kiritiladi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga belgilangan tartibda ma’lumotlar kiritilgandan so’ng imzo bilan tasdiqlangan soliq hisobotlari reestrning ikkinchi nusxasi bilan birga bir ish kunidan oshmagan muddatda hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basining mas’ul xodimiga taqdim etadi. Shu bilan birga ayrim hollarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etiladi. Soliq to’lovchi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligida ko’rsatilgan muddatgacha soliq organiga yozma ravishda o’zgarish sabablari aniq ko’rsatgan holda belgilangan tartibdagi soliq hisoboti shakllari asosida aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar qo’shimcha hisoblashga yoki kamaytirishga berilgan taqdirda, to’lov muddati etib, tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turi bo’yicha aniqlashtirilgan soliq hisoboti topshirilayotgan davr uchun amalda bo’lgan soliq qonunchiligida belgilangan to’lov muddati belgilanadi. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan ortiq bo’lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash bo’yicha soliq majburiyatlariga, tegishli soliqni to’lash muddatidan kelib 52 chiqib mazkur tafovutga qonunda belgilangan tartibda penya hisoblanadi. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan kam bo’lsa, soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy hisob kartochkasida soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblangan yoki kamaytirishga hisoblangan summalar shaxsiy hisob kartochkalarda mos ravishda «Hisoblangan» yoki «Kamaytirishga hisoblangan» ustunlarida aks ettiriladi. Soliq to’lovchilar tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar oldidagi soliq majburiyatini bajarish bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2001 yil 19 fevraldagi 1009-son bilan ro’yxatdan o’tgan «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida»gi Yo’riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Soliq to’lovchi tomonidan o’tkazilgan yoki soliq xizmati organlari tomonidan undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’risida yozuv soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga tegishli bank muassasasining har kunlik shaxsiy hisob kartochkasidan ko’chirmasi hamda uning ilovasidagi to’lov va inkasso topshiriqnomasi yoki boshqa to’lov hujjatlarning nusxasi asosida kiritiladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkalariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha kelib tushgan mablag’lar bank muassasasi tomonidan mablag’ o’tkazilganligini tasdiqlovchi quyidagi bank hujjatlari asosida kiritiladi: Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bank to’lov ko’chirmasi; soliq to’lovchining to’lov topshiriqnomalari va to’lov kvitansiyalari; soliq organlarining majburiy undiruv bo’yicha inkasso topshiriqnomalari va memorial orderlar; soliq organi tomonidan ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish to’g’risidagi hulosalariga asosan vakolatli organlar tayyorlanadigan moliya bo’limi to’lov topshiriqnomalari; 53 «Kamolot» jamg’armasi tomonidan taqdim etiladigan jamg’armaga ajratmani to’lagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining bank va to’lov hujjatlari ilova qilingan, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati jamg’armasiga yagona soliqdan ajratma bo’yicha undirilgan mablag’lar reestri; fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badal to’lagan soliq to’lovchilarining reestri; Хo’jalik sudi qarorlari asosida qarzdor korxonalar mol-mulki sotuvidan tushgan mablag’ning Sud ijrochilari tomonidan taqdim qilinadigan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan mablag’lar reestri asosida shaxsiy hisob kartochkasiga kiritiladi. Soliq organiga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bank to’lov hujjatlarining elektron ko’rinishidagi shakli «Bank-kliyent» dasturiy mahsuli orqali yoki qo’lda hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan tegishliligi bo’yicha soliq to’lovchining soliq turi bo’yicha ochilgan ShHKsiga kiritiladi. Bank to’lov hujjatlaridan ko’chirma qog’ozda chop etilgan ko’rinishda olingandan so’ng elektron olingan ma’lumotlar taqqoslanadi va farq aniqlangan taqdirda, aniqlik kiritilib, farq bartaraf qilinadi. Hisobga olish bo’limining ma’sul xodimi to’lov hujjatlarining to’liq bo’lmasligi natijasida ShHKga kirmay qolgan summalar reestrini tuzib shu kunning o’zidayoq yozma ravishda ushbu summalarga aniqlik kiritilishi to’g’risida bank muassasasiga murojaat qiladi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi bank ma’lumoti asosida aniqlik kiritilgan to’lovlarni tegishliligi bo’yicha soliq to’lovchi ShHKga kiritadi. Тo’lov hujjatlari qonunchilikda belgilangan davo qilish muddatlari tugagunga qadar alohida ish jildlariga tikilgan holda saqlanadi. Ayrim hollarda soliq to’lovchilar tomonidan to’langan to’lovlar bo’yicha bank to’lov hujjatlari noto’g’ri to’ldirilib o’tkazilgan deb hisoblanadi. Bunday hollar to’lovni amalga oshiruvchi korxona nomi yoki SТIR noto’g’ri ko’rsatilganda, soliq organi nomi yoki SТIR noto’g’ri ko’rsatilganda, to’lov hujjati noto’g’ri rasmiylashtirilganda, soliq va boshqa majburiy to’lovlar hisob raqami noto’g’ri yozilganda, to’lov maqsadi noto’g’ri yozilganda, soliq to’lovchini yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligini aniqlash imkoniyati bo’lmaganda sodir bo’ladi. Yuqoridagi holatlar aniqlangan taqdirda hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi bank muassasasiga yoki soliq to’lovchiga to’lov hujjati bo’yicha noaniqliklarga aniqlik kiritib berish yuzasidan murojaat qiladi va noaniqliklar bartaraf etilgandan so’ng shaxsiy hisob kartochkasiga tegishli o’zgartirish kiritadi. Soliq to’lovchi tomonidan noto’g’ri o’tkazilgan mablag’ni qaytarish to’g’risidagi arizasida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim: soliq to’lovchining nomi va SТIRi; soliq to’lovchining yuridik manzili; noto’g’ri o’tkazilish hisobiga ortiqcha to’lov hosil bo’lgan to’lov turi; noto’g’ri o’tkazilish hisobiga ortiqcha to’lov hosil bo’lish sababi; to’lov qaytariladigan bank rekvizitlari; Noto’g’ri o’tkazilgan summa soliq organi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan muddatda va tartibda soliq to’lovchiga qaytariladi. Noto’g’ri to’langan mablag’ soliq to’lovchining yozma murojaatiga asosan qaytarilgandan so’ng bank to’lov hujjatlari ko’chirmasi asosida qaytarilgan summa to’g’risida yozuv shaxsiy hisob kartochkasiga kiritilib, noto’g’ri tushgan mablag’ hisobiga hosil bo’lgan ortiqcha to’lov summasi yopiladi. Ayrim soliq to’lovchilar «Nol» darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i to’laydilar. Bunda «Nol» darajali stavka hisobiga ortiqcha to’lov hosil bo’ladi. QQS bo’yicha manfiy qoldiq hisobiga hosil bo’lgan ortiqcha to’lov summasi qonunchilikda belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan qaytarib beriladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida qaytarilgan mablag’ni aks ettirish uchun asos bo’lib Moliya vazirligining soliq to’lovchiga mablag’ qaytarilganligi to’g’risidagi xati va unga ilova qilingan bank hujjati nusxasi hisoblanadi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga mablag’ qaytarilganligi to’g’risidagi yozuv sanasi 54 sifatida Moliya vazirligining soliq to’lovchiga mablag’ni qaytarganligi yuzasidan taqdim qilgan to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan sana hisobga olinadi. Ma’lumki, soliq tekshiruvlari natijasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar qo’shimcha hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shuningdek, soliq huquqbuzarliklari uchun moliyaviy jarimalar qo’llaniladi. Soliq tekshiruvini o’tkazgan soliq organining mas’ul xodimi, soliq tekshiruvi natijasi bo’yicha qaror nusxasini soliq to’lovchiga topshirgan kunidan e’tiboran bir kun ichida soliq tekshiruvi natijasi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalardan qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblangan to’lovlar, qo’llanilgan moliyaviy jarimalar va penyalar to’g’risida shaxsiy hisob kartochkasiga o’tkazish uchun soliq xizmati organi rahbari yoki o’rinbosarining munosabat belgisi qo’yilgan ma’lumotni hisobga olish bo’limiga taqdim etadi. Hisobga olish bo’limi mas’ul xodimi taqdim etilgan ma’lumot asosida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bo’yicha qo’shimcha hisoblangan yoki kamaytirilgan summalarni, moliyaviy jarimalarni va penyalarni shaxsiy hisob kartochkasiga o’tkazadi. Ma’lumot nusxasi hisobga olish bo’limi mas’ul xodimida saqlanib, ro’yxatga olish kitobida qayd qilib boriladi. Тaqdim etilgan ma’lumot bilan dasturiy mahsulga kiritilgan ma’lumot o’rtasida farq aniqlangan taqdirda hisobga olish bo’limi ma’sul xodimi aniqlangan farq to’g’risida inspeksiya boshlig’i nomiga bildirgi kiritib, tafovut belgilangan tartibda bartaraf etilgandan so’ng, byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bo’yicha qo’shimcha hisoblangan yoki kamaytirilgan summa, moliyaviy jarimalar va penyani shaxsiy hisob kartochkasiga o’tkazadi. Soliq Kodeksining 104-moddasiga asosan o’tkazilgan soliq tekshiruvi natijasi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga qo’shimcha hisoblangan summalar natijasida hosil bo’lgan soliq qarzini soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliq to’lovchi tomonidan to’lamasligi soliq organi tomonidan ushbu to’lanmagan summani majburiy undiruvga qaratish uchun asos bo’ladi. Soliq to’lovchi tomonidan soliq tekshiruvi natijasi bo’yicha qarorda ko’rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bartaraf etilgan hamda hisoblangan soliqlar, majburiy to’lovlar va penya summasi to’langan taqdirda, davlat soliq xizmati organining qaroriga asosan soliq to’lovchiga nisbatan qo’llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Bunda tekshirish o’tkazgan mas’ul xodim tomonidan soliq xizmati organi rahbari yoki o’rinbosari nomiga bildirgi kiritilib, unda o’tkazilgan tekshirish natijasi bo’yicha qarorda ko’rsatilgan jarima qismi bekor qilinishi bildiriladi. Soliq xizmati organi rahbari tomonidan bildirgida keltirilgan holat bo’yicha munosabat belgisidan kelib chiqib, hisobga olish bo’limi xodimi tomonidan shaxsiy hisob kartochkasiga tegishli o’zgartirish kiritiladi. Soliq tekshiruvi natijasi yuzasidan Хo’jalik sudiga moliyaviy sanksiya qo’llash uchun yuborilgan tekshiruv materiallari bo’yicha Sud qarori soliq organiga kelib tushgandan so’ng bir ish kunidan oshmagan muddatda tekshiruv o’tkazgan mas’ul xodim tomonidan qo’llanilgan moliyaviy sanksiya summasini shaxsiy hisob kartochkasiga belgilangan tartibda kiritish uchun ma’lumotnoma taqdim etadi. Hisobga olish bo’limi mas’ul xodimiga soliq xizmati organi rahbari yoki o’rinbosari tomonidan munosabat belgisi qo’yilgan ma’lumot shaxsiy hisob kartochkasiga moliyaviy sanksiya summasini kiritish uchun asos bo’ladi. Ayrim hollarda Hukumat qarori bilan soliq to’lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penyalarni to’lov muddatini kechiktirish, hisobdan chiqarish va bo’lib-bo’lib to’lash imkoni beriladi. Soliq kodeksining 54-moddasiga asosan soliq qarzdorligini to’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo’lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko’rsatish maqsadida to’lash muddatini soliq to’lovchi qarz summasini bir yo’la yoki bosqichma-bosqich to’lagan holda keyinroq muddatga ko’chirishdan iboratdir. Тo’lashni kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to’rt oy muddatga beriladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzini, shu jumladan penya to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash va hisobdan chiqarish O’zbekiston Respublikasining Soliq 55 Kodeksi, Bankrotlik to’g’risidagi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari hamda Adliya vazirligidan 2005 yil 14 yanvarda 1442-son bilan ro’yxatga olingan «Byudjet va Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni to’lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish, penya hisoblashni to’xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarni hisobdan chiqarish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Soliq qarzi summalarini to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish va hisobdan chiqarish vakolatli organlar qarorlari, jumladan sud qarori, Muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustaxkamlash bo’yicha Respublika komissiyasining yig’ilish bayonnomasi asosida yuqori soliq organining yozma ko’rsatmasi bo’yicha amalga oshiriladi. Soliq to’lovchi tomonidan topshirilgan soliq hisobotlari, shuningdek, aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, ma’lumotnomalar, o’tkazilgan soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar hamda qo’llanilgan penya va jarimalar bo’yicha soliq qarzi summalarini vakolatli organlar qarorlari asosida hamda amaldagi qonunchilik asosida soddalashtirilgan soliq tizimi joriy qilingan yangi ro’yxatdan o’tgan mikrofirma va kichik korxonalarga berilgan imtiyoz asosida to’lov muddatini uzaytirish, bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish tartibi soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida «Тo’lov muddati kechiktirilgan summa» ustunida, muddati tugagandan so’ng qayta tiklangan summa esa «Тo’lov muddati tiklangan summa» ustunida aks ettiriladi. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penya summalarini to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish tegishli vakolatli organ bayonomasi yoki qarori olingandan so’ng quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Vakolatli organning yig’ilish bayoni yoki qarorida belgilangan talablarga asosan soliq to’lovchining solishtirma dalolatnomasida mavjud soliq qarzi summalarini ortiqcha to’lov hosil bo’lishiga yo’l qo’yilmagan holda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash to’g’risida hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan soliq to’lovchi bilan soliq xizmati organi o’rtasida uch nusxada solishtirma dalolatnoma tuziladi. (6-ilova) Solishtirma dalolatnoma, soliq xizmati organi rahbari yoki o’rinbosari, mas’ul xodimlari hamda soliq to’lovchi sub’ektning boshlig’i va bosh hisobchisi tomonidan tasdiqlanadi. Unda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha vakolatli organning bayonnoma qarori talablari, shuningdek soliq qarzini tiklanish muddati ko’rsatiladi. Ushbu dalolatnomaga asosan shaxsiy hisob kartochkasiga tegishli o’zgarishlar kiritiladi. Soliq to’lovchining tegishli soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penya summalarini to’lashni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan soliq qarzi summalari bo’yicha yuqori soliq organi tomonidan taqdim etilgan jadval shakllarini belgilangan tartibda to’ldirib, soliq organi rahbari yoki o’rinbosari imzosi bilan tasdiqlangan holda, rasmiylashtirilgan solishtirma dalolatnomasining bir nusxasi ilova qilinib, 2 ish kunidan oshmagan muddatda Davlat soliq boshqarmasiga taqdim etiladi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bo’yicha soliq qarzi summalarini to’lov muddati kechiktirilgan yoki bo’lib- bo’lib to’lash imkoni berilgan soliq to’lovchining bank muassasasidagi 2- kartotekada turgan har bir soliq turi bo’yicha qo’yilgan inkasso va to’lov topshiriqnomalarini, debitori hisob raqamiga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalarini hamda valyuta hisob kartochkasiga qo’yilgan taqdimnomalarni ijrosini vaqtincha to’lov muddati kechiktirilgan sanagacha to’xtatib turish uchun soliq to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yozma ravishda ma’lum qilinadi. Hisobga olish bo’limi mas’ul xodimi tomonidan muddati kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan soliq qarzi summasiga penya hisoblash shu muddatga to’xtatiladi. Kechiktirilgan soliq qarzi miqdorida majburiy undiruv harakatlari vaqtincha to’lov muddati kechiktirilgan sanagacha to’xtatiladi. Vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishiga qadar so’ndirilgan soliq qarzi qaytarilmasligi yoki navbatdagi to’lovlar hisobiga e’tiborga olinmasligi kerak. Soliq qarzini kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan davrda soliq 56 to’lovchining joriy to’lovlari bo’yicha soliq qarzi mavjud bo’lmasa hamda vakolatli organ qarorida ko’rsatib o’tilgan bo’lsa, soliq organi tomonidan undiruv amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan tartibda to’lov muddati kechiktirilgan soliq qarzi summasiga qaratilishi mumkin. Тo’lov muddati kechiktirilgan davrida soliq to’lovchining to’lov muddati kechiktirilgan to’lov turi bo’yicha ortiqcha to’lov summasi hisobot, qayta hisobot yoki oldindan to’lov natijasida hosil bo’lgan taqdirda, ortiqcha to’lov summasi miqdorida muddati kechiktirilgan soliq qarzi summasi tiklanib ortiqcha to’lov va muddati kechiktirilgan soliq qarzi miqdori ushbu summaga kamaytiriladi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan har oy yakuni bo’yicha hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha muddati kechiktirilgan yoki bo’lib-bo’lib to’lash imkoni berilgan soliq qarzi va penyaning qoldiq summalari to’g’risida yuqori soliq organiga ma’lumot taqdim qilib boradi. Тo’lov muddatini kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish bo’yicha belgilangan muddat tugagandan so’ng majburiy undirish bo’yicha vaqtincha ijrosi to’xtatilgan barcha hujjatlar qayta ijroga qaratiladi. Ayrim hollarda soliq to’lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi, penya va moliyaviy sanksiyalari hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarish vakolatli organning yig’ilish bayoni olingandan so’ng quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan soliq to’lovchi bilan soliq xizmati organi o’rtasida vakolatli organning yig’ilish bayonida ko’rsatilgan sanaga tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi va penyalari to’g’risida o’zaro ikki yoqlama imzo va muhr bilan tasdiqlangan holda uch nusxada solishtirma dalolatnoma tuziladi. Agar vakolatli organning yig’ilish bayonida hisobdan chiqariladigan soliq qarzi va penya aniq ko’rsatilgan bo’lsa, ortiqcha to’lov hosil bo’lishiga yo’l qo’yilmagan holda qarordagi summa olinadi. Solishtirma dalolatnomada soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari bo’yicha hisobdan chiqarilayotgan soliq qarzi va penya to’liq ko’rsatilishi lozim. Solishtirma dalolatnomaga asosan soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida hisobdan chiqarilgan miqdorda soliq qarzi va penya summasi kamaytiriladi. 57 Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi hisobdan chiqarilgan soliq qarzi va penya to’g’risida ma’lumotlarni aks ettiruvchi jadvalni belgilangan tartibda to’ldirib, soliq organi rahbari yoki o’rinbosari imzosi bilan tasdiqlangan holda, rasmiylashtirilgan solishtirma dalolatnomasining bir nusxasini ilova qilib, ikki ish kuni ichida yuqori soliq organiga taqdim etadi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar bo’yicha hisobdan chiqarilgan soliq qarzi summalari bo’yicha soliq to’lovchining bank muassasasidagi 2-kartotekada turgan har bir soliq turi bo’yicha inkasso va to’lov topshiriqnomalari va debitori hisob raqamiga ushbu summaga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalari hamda valyuta hisob kartochkasiga qo’yilgan taqdimnomalarni ijrosiz chaqirtirib olish uchun soliq to’lovchining bankiga yozma murojaat qilinadi. Mas’ul bo’lim tomonidan hisobdan chiqarilgan soliq qarzi summasi bo’yicha majburiy undirish uchun ijroda bo’lgan barcha hujjatlar, jumladan, ogohlantirish, talabnoma, sud idoralarga yuborilgan arizalar va ijrodagi sud buyruqlari belgilangan tartibda ijrodan chiqariladi.(9-ilova) Ma’lumki, Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran yagona soliq to’lovi to’lovchilariga hisoblangan yagona soliq to’lovini to’lash muddatini kechiktirish imkoniyati berilgan. Ayrim soliq to’lovchilarga joriy qilingan alohida soliq solish tizimi bo’yicha hisoblangan soliq summalarini to’lov muddatini uzaytirish va bo’lib-bo’lib to’lash imkonini berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi 3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi hamda 2006 yil 7 iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o’zgarishlar kiritish to’g’risida»gi 3771-sonli Farmoni hamda 2005 yil 2 avgustdagi 1502-sonli «Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini kechiktirish xuquqini berish tartibi to’g’risida»gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basi tomonidan soliq to’lovchining kechiktirish huquqini berish to’g’risidagi arizasi belgilangan tartibda ko’rib chiqilib, kechiktirish huquqini olishga haqli bo’lsa, uch nusxada xulosa tayyorlanadi, hisobga olish bo’limiga va soliq to’lovchiga yagona soliq to’lovi bo’yicha kechiktirish huquqini berish to’g’risida xulosa taqdim etiladi. Хulosalar hisobotlarni qabul qilish bo’limi yoki sho’’basida ro’yxatga olinib, birinchi nusxasi xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlar yig’ma ish jildida, ikkinchi nusxasi hisobga olish bo’limining alohida ish yuritish jildida saqlanadi. Хulosa hisobotlarni qabul qilish bo’limi tomonidan hisobga olish bo’limiga va soliq to’lovchiga, soliq to’lovchi uchun yagona soliq to’lovini to’lashning birinchi muddati boshlanishiga ko’pi bilan o’n kun qolgungacha taqdim etib boradi. Hisobga olish bo’limining mas’ul xodimi kechiktirish huquqiga ega bo’lgan yagona soliq to’lovi to’lovchisi bo’yicha tegishli xulosa olgandan so’ng yagona soliq to’lovidan topshiriladigan choraklik soliq hisobotlari asosida hisoblanadigan soliq summalari to’lov muddatini xulosada belgilangan muddatgacha kechiktirish uchun shaxsiy hisob kartochkasining «Тo’lov muddati kechiktirilgan summa» ustunida aks ettirib boradi. Soliq to’lovchining yagona soliq to’lovidan hisoblangan summalarining to’lov muddatini kechiktirish bo’yicha belgilangan muddat tugagandan so’ng soliq organi tomonidan jami to’lash muddati kechiktirilgan yagona soliq to’lovi summasini o’n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to’lash to’g’risidagi yozuvni soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasiga kiritadi. Soliq Kodeksining talablari asosida kechiktirish huquqini olgan soliq to’lovchi kechiktirish huquqi amal qilish davrida faoliyatini to’xtatsa, kechiktirish huquqi bekor qilinadi hamda shaxsiy hisob kartochkasida qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan yagona soliq to’lovi qayta tiklanadi va belgilangan tartibda majburiy undiruvga qaratiladi. Yagona soliq to’lovini to’lovchilarning kechiktirish huquqidan voz kechish to’g’risidagi yozma murojaati asosida muddati kechiktirilgan summa soliq organi tomonidan shaxsiy hisob kartochkasida qayta tiklanishi mumkin. Soliq to’lovchining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha shaxsiy hisob kartochkalarida penya hisoblash Soliq kodeksi va 2007 yil 9 oktabrdagi 1724-son bilan Adliya 58 Vazirligidan ro’yxatdan o’tgan Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga penya hisoblash tartibi to’g’risida NIZOM asosida amalga oshiriladi. 1. Penya soliq to’lovchining shaxsiy hisob kartochkasida aks ettirilgan soliq qarzi summasiga to’lov muddati tugagandan keyingi kundan boshlab har bir kechiktirilgan kun uchun 0,05 % miqdorida hisoblanadi. Misol: ming so’m Soliq turi Soliq qarzi Ortiqcha to’lov Qoldiq (+,-)* Penya hisoblash davri Хisob- langan penya Qo’shilgan qiymat solig’i 100,0 - Х Х Х Foyda solig’i 325,0 - Х Х Х Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armasiga ajratma - 200,0 Х Х Х Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma - 65,0 Х Х Х Jami 425,0 265,0 -160,0 15 kun 1,2 *) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. Berilgan misol bo’yicha hisoblangan penya summasi 1,2 ming so’mni (160,0 x 15 kun x 0,05%) tashkil qiladi. 2. Soliq to’lovchi tomonidan to’langan ortiqcha to’lov miqdoriga teng miqdordagi soliq qarzi summasiga penya hisoblanmaydi. Ortiqcha to’lov soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Misol: ming so’m Soliq turi Soliq qarzi Ortiqcha to’lov Qoldiq (+,-)* Penya hisoblash davri Хisob- langan penya Qo’shilgan qiymat solig’i 300,0 - Х Х Х Foyda solig’i - 200,0 Х Х Х Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armasiga ajratma - 200,0 Х Х Х Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma 100,0 - Х Х Х Jami 400,0 400,0 0,0 - 0,0 Ushbu misoldan soliq qarzi va ortiqcha to’lov miqdorlari bir biriga teng, ya’ni nolli qoldiq bo’lganligi uchun penya hisoblanmaydi. 2. Umumiy ortiqcha to’lov summasi umumiy soliq qarzi summasidan oshgan holda penya hisoblanmaydi. Misol: ming so’m 59 Soliq turi Soliq qarzi Ortiqcha to’lov Qoldiq (+,-)* Penya hisoblash davri Хisob- langan penya Qo’shilgan qiymat solig’i 250,0 - Х Х Х Foyda solig’i - 300,0 Х Х Х Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armasiga ajratma - 250,0 Х Х Х Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma 200,0 - Х Х Х Jami 450,0 550,0 +100,0 - 0,0 *) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. Ushbu misolda umumiy ortiqcha to’lov summasi umumiy soliq qarzi summasidan oshadi va mos ravishda penya hisoblanmaydi. 3. Hisoblangan penya summasi har bir soliq va majburiy to’lov turlarining umumiy soliq qarzidagi ulushidan kelib chiqqan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar turlari bo’yicha taqsimlanadi. Misol: ming so’m Soliq turi Soliq qarzi Ortiqcha to’lov Qoldiq (+,-)* Penya hisoblash davri Хisob- langan penya Penya- ning taqsimlan ishi Qo’shilgan qiymat solig’i 100,0 - Х Х Х 0,3 Foyda solig’i 325,0 - Х Х Х 0,9 Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armasiga ajratma - 200,0 Х Х Х Х Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma - 65,0 Х Х Х Х Jami 425,0 265,0 –160,0 15 kun 1,2 1,2 *) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. Bu misolda 160,0 ming so’m soliq qarzi qoldiq summasiga 1,2 ming so’m miqdorida hisoblangan penya summasi qo’shilgan qiymat solig’i (24%) va foyda solig’i (76%) bo’yicha soliq qarzlarining jami soliq qarzidagi ulushlariga mos ravishda taqsimlanadi. 5. Shuningdek, penya summasi soliq to’lovchining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qarzdorligi (soliq qarzi) summasidan oshib ketishi mumkin emas. 6. Hisoblangan penya summasi soliq qarzi mavjud soliqlar va boshqa majburiy to’lov turlari bo’yicha taqsimlanadi, lekin ilgari hisoblangan penya summasi soliq qarzi summasiga teng yoki oshib ketgan soliq turlari bo’yicha soliq to’lovchi shaxsiy hisob kartochkasida aks ettirilmaydi. Misol: ming so’m 60 Soliq turi Soliq qarzi Or- tiqcha to’lov Qoldiq (+,-)* Penya hisob- lash davri Hisob- langan penya Ilgari hisob- langan penya qoldi-g’i Penya taqsim oti Yaku- niy penya summa- si Qo’shilgan qiymat solig’i 50,0 - Х Х Х 50,0 0,2 50,0 Aksiz solig’i 50,0 - Х Х Х 65,0 0,2 65,0 Foyda solig’i 200,0 10,0 0,7 10,7 Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armasiga ajratma - 100, 0 Х Х Х - Х - Respublika yo’l jamg’armasiga ajratma - 50,0 Х Х Х - Х - Jami 300,0 150,0 –150,0 15 kun 1,1 125,0 1,1 125,7 *) «+» - ortiqcha to’lov bo’yicha qoldiq; «–» - soliq qarzi bo’yicha qoldiq. Soliq qarzi summasining ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan oshgan qismiga penya hisoblash uchun soliq to’lovchining shaxsiy hisobvaraqlarida jismoniy shaxslarning daromad solig’idan tashqari har bir soliqlar va boshqa majburiy to’lovlari bo’yicha barcha operatsiyalar qoldiq summalari aks ettirilgan holda operatsiyalar amalga oshirilgan sanaga yoziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling