Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- DSI pasporti
- 5-mavzu. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalarini yuritish tartibi Reja
- 3. Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritish tartibi.
DSI inspektorlari. Ushbu punktning tanlanishi bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: - DSI inspektorlari ro’yxatiga yangi inspektorni kiritish; - ma’lumotnomadan yozuvlarni o’chirish mumkin; - DSI inspektorlari ro’yxatini qog’ozga chiqarish mumkin. DSI inspektorlari ro’yxatiga yangi inspektorni kiritish: F2 yangi kodni yozish, ENTER, inspektor F.I.O, ENTER. DSI inspektorlarini ma’lumotnomadan o’chirish: Kursorni o’chirilishi lozim bo’lgan qator ustiga qo’yib, F8 o’chiriladi, Ha so’zi tanlanadi, ENTER. DSI inspektorlari ro’yxatini qog’ozga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: F5 pechat, fayl yoki printer ko’rsatiladi, agar fayl ko’rsatilgan bo’lsa, faylga nom beriladi, ENTER. DSI pasporti. DSI pasportini to’ldirish uchun quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: - Inspeksiya nomi; - Inspeksiya boshlig’ining F.I.O.; - Inspeksiya bosh hisobchisining F.I.O.; - Хizmat ko’rsatuvchi bank MFOsi; 32 - Inspeksiyaning identifikatsiya raqami. Bugungi kunga kelib, soliq idoralarida har bir bo’limning ish faoliyatidan kelib chiqib alohida dasturiy mahsullar ishlab chiqilib, amalda foydalanib kelinmoqda. Хuddi shu tartibda boshqa dasturiy mahsullar ham soliq inspektori ishining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 3. Davlat soliq xizmati idoralari o’tgan yillar ichida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, malakali kadrlarni tayyorlash, soliq organlarini zamonaviy kompyuterlar bilan taminlash, dasturiy mahsullar ishlab chiqib, ulardan foydalanish ishlarini amalga oshirish borasida anchagina ishlarni amalga oshirib qo’ydi. Davlat soliq xizmati organlarida foydalanilayotgan dasturiy maxsullar ro’yxati № Dasturiy maxsulot nomi 1 «Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritish» dasturiy majmuasi (1NRay, PF, DF, ShF, NJ-1%) 2 «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuli (AdmPrac) 3 «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmuasi (Fizltd) 4 «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (Apray) 5 «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli (Decl) 6 «Jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasini inventarizatsiya qilish» dasturiy mahsuli (Fiz_new_kls) 7 «Jismoniy shaxslar ShХV yuritish dasturiy mahsuli» (Fiz_bank) 8 «Yuridik shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (NedGNI. PF, DF, ShF, NJ-1%) 9 «Yuridik shaxslar hisobini va shaxsiy kartochkalarini yuritish» dasturiy majmuasi- SIAIJ-4 10 «Yuridik shaxslar er solig’i hisobini yuritish» dasturiy majmuasi (Yer Solig’i) 11 «Er fondi va er solig’i hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (Yer kodastri) 12 «Elektr energiyasi bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (elektr_9) 13 «Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (Musodara) 14 Ereports 2006v1.6.6 15 «Тekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish» dasturiy mahsuli (Kord.GNI) 16 «Hujjatlar bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi» (ASKID) dasturiy mahsuli 17 «Хodimlar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 18 «Jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli 19 «Fuqarolarning Pasport va SТIR ma’lumotlarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 20 «Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish» dasturiy mahsuli. 21 «Jamg’arib boriladigan pensiya badallari tushumlarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 22 «Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda yuborish» (Online) dasturiy mahsuli 23 «Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda yuborish» (Offline) dasturiy mahsuli 24 «Interaktiv xizmatlar» dasturiy mahsuli 25 «Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 26 «Avval xususiylashtirilgan va yagona soliq to’lovi to’lovchi korxonalar tahlili» dasturiy mahsuli 27 «Kameral tekshiruv» dasturiy mahsuli 28 «Bank-DSI» dasturiy mahsuli 33 29 «Yakka tadbirkorlarda tekshirishlar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli. 30 «Naqd pul tushumlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 31 «Yirik pul aylanmalari tahlili hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 32 «Yirik pul aylanmalarini amalga oshirgan qarzdor sub’ektlar faoliyatini tahlil qilish» dasturiy mahsuli 33 «Ichki idoraviy hujjatlar elektron axborot tizimi» dasturiy mahsuli 34 DSQ-BANK dasturiy mahsuli Yangi ishga tushirilayotgan yoki yaratilayotgan dasturiy mahsullar 1 «ASR Prognoz» dasturiy mahsuli 2 «Тijorat banklarida soliq organlari tomonidan qo’yilgan inkasso topshiriqnomalarini ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish» dasturiy mahsuli Davlat soliq xizmati organlarida tasdiqlangan va yuqori tashkilotlarga ham taqdim etiladigan quyidagi hisobotlar maxsus kompyuter dasturlari orqali tuziladi va modem aloqasi orqali yuqori soliq organlariga uzatiladi. Soliq statistikasiga oid hisobotlarni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi. Тasdiqlangan va amalda foydalaniladigan hisobotlardan asosiysi –«hisoblangan va davlat byudjetiga haqiqatda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasi to’g’risida»gi «1-N (B)» hisobotidir. Ushbu hisobot Davlat soliq qo’mitasining «Davlat soliq xizmati organlarida davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tezkor hisobini yuritish bo’yicha yo’riqnoma»siga binoan tuziladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning operativ-buxgalterlik hisobi davlat soliq inspeksiyalari tomonidan olib boriladi, chunki soliq inspeksiyalarida yuridik va jismoniy shaxslar soliq to’lovchilar sifatida ro’yxatdan o’tadi va davlat byudjetiga to’lashga lozim bo’lgan soliq va to’lovlarini amalga oshiradi. Hisoblangan va byudjetga haqiqatda tushgan soliq summalari Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar byudjet klassifikatsiyasiga binoan hisobga olinadi. Byudjet klassifikatsiyasi byudjetlarning tuzilishi va bajarilishi nazorat qilib boriladigan asosiy metodologik hujjat hisoblanadi, ushbu hujjat soliq turi yoki majburiy to’lovlarni byudjetning daromad qismini tegishli bo’lim va paragrafida to’g’ri hisobga olinishini taminlab beradi. Davlat soliq inspeksiyalari to’langan soliqlarni hisobga olishni soliq to’lovchilar taqdim etgan to’lov ko’chirmalari, bank ko’chirmalari, deklaratsiyalar va boshqa to’lov hujjatlari orqali amalga oshiradilar. Yuqori davlat soliq organlari soliqlar tushumini umumlashtirib viloyatlar va respublika bo’yicha jamlab boradi va hisobotda aks ettiradi. «1-N (B)» hisobotida umumiy soliqlar tushumi va soliq turlari bo’yicha xukumat tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari, xaqiqatda byudjetga o’tkazilgan summalar, o’rtasidagi farqi va bajarilish foizlari aks ettiriladi. Ko’rsatkichlar yil boshidan, chorak va oy boshidan o’sib borish surati bilan jamlanib boriladi. Hisobot davriga «1-N» tezkor hisobotida choraklik va oylik ma’lumotlar belgilangan ustunlarda quyidagicha aks ettiriladi: - «Reja» - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, byudjet va byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi, Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jixozlash jamg’armalari tomonidan belgilangan topshiriqlar (reja topshiriqlar); - «Haqiqatda tushum» - Davlat byudjet iva byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga Hisobot davrida haqiqatda tushgan tushum; - «Bajarilish foizi» - Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga belgilangan rejaga (reja topshiriqqa) nisbatan bajarilishi; 34 - «Bajarilish farqi» - Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga belgilangan rejaga (reja topshiriq)dan haqiqatda tushgan tushumning farqi (ayirmasi). Hisobotlar har oyning 1-sanasiga soliq turlari bo’yicha to’liq va asosiy soliq turlari bo’yicha qisqartirilgan shaklda har oyning 16-sanasiga jamlanadi. Bundan tashqari soliqlar tushumini operativ nazorat qilib borish uchun kunlik operativ hisobot jamlanib boriladi. Тuzilgan hisobot davlat boshqaruv, moliya, statistika idoralariga foydalanish uchun taqdim etiladi. Hisobotdagi malumotlar orqali respublika va mahalliy byudjetlarning bajarilishi tahlil qilinadi. Ushbu hisobot asosida Moliya Vazirligi davlat byudjetini daromad qismini to’ldirilishini va byudjetning xarajat qismini etarli mablag’ bilan taminlanishini tahlil qilib, kerakli chora-tadbirlar belgilab oladi. Soliqlar, yig’imlar va bojlarni to’lash majburiyati soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarga yuklatilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliq to’lovchilar sifatida ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiradi va «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonunga binoan hududiy soliq idoralari o’z xududidagi soliq to’lovchilarni to’la ro’yxatdan o’tishini ta’minlashi lozim. Bundan tashqari Qonunga binoan davlat soliq xizmati xodimlariga soliq to’lovchilarning to’lagan soliq va boshqa majburiy to’lovlarini hisoblash va faoliyatini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan. Olib borilgan ishlar «Soliq to’lovchilarning faoliyatini nazorat qilish to’g’risida»gi 2-«N» hisobotida aks ettiriladi. Bu hisobotda: - davlat soliq inspeksiyasida ro’yxatdan o’tgan soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning soni; - ular tomonidan byudjetga o’tkazilgan soliqlar va majburiy to’lovlar summasi; - soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini nazorat qilish borasida o’tkazilgan tekshirishlar, aniqlangan huquqbuzarliklar va ko’rilgan moliyaviy, ma’muriy choralar, jarimalar kabi ko’rsatkichlar o’z aksini topadi. 2-«N» hisobotidagi malumotlar soliq inspeksiyasining nazorat ishlarini baholovchi asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Soliq amaliyotida quyidagi baholovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: - hujjatli tekshiruvlari soni; - jismoniy shaxslarni joylardagi tekshirishlar soni; - qo’shimcha hisoblangan soliq summalari; - moliyaviy sanksiyalar; - qo’shimcha hisoblangan summalarni umumiy soliqlar va to’lovlar hajmidagi salmog’i va boshqalar. Son va sifat ko’rsatkichlarining solishtiruvi orqali davlat soliq xizmati organlarining olib borayotgan nazorat ishlariga obektiv baho berish va kelgusi davr uchun chora-tadbirlarni belgilab olish mumkin. Bu hisobot quyidagi turlarga bo’ladi: - to’liq hisobot. Bu hisobot turi yarim yillik va bir yillik shaklida o’sib borish tartibi bilan tuziladi. Bu hisobotda hududdagi jami soliq to’lovchilar mulkchilik shakliga, tarmoqlarga mansubligiga asosan ko’rsatiladi, ularning to’lagan soliq summalari, faoliyatini tekshirish natijalari aks ettiriladi; - har oyning boshida tuziladigan qisqartirilgan turi. Hisobotning bu shaklida soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni umumiy soni, tekshirishlar soni, aniqlangan huquqbuzarliklar va ko’rilgan moliyaviy, ma’muriy choralar va jarimalar aks ettiriladi. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz darajasini pasaytirish soliq organlarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Soliq va ular bo’yicha hisoblab yozilgan penya va jarimalar bo’yicha qarz kattagina summani tashkil qiladi, bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subektlarni 35 moliyaviy holatiga sezilarli tasir ko’rsatadi, ishlab chiqarishning samaradorligini pasaytiradi, jarima va penyalar hisobiga qarzning yanada o’sishiga olib keladi va amalda korxonaga og’ir moliyaviy holatdan chiqish hamda soliq organlari bilan biror vaqt hisob-kitob qilish imkoniyatini qoldirmaydi. Ushbu vaziyatni nazorat qilish maqsadida davlat soliq organlarida «Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarni soliq qarzi to’g’risida»gi «1-N-N» hisoboti tuziladi. Ushbu hisobotda xalq xo’jaligi tarmoqlariga mansub xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi summasi, hisoblangan penya summalari aks ettiriladi. Bu turdagi hisobot har oyning boshiga soliq inspeksiyalaridan viloyat soliq boshqarmalariga, viloyat soliq boshqarmalaridan Davlat soliq qo’mitasiga uzatiladi. Bu hisobot natijalari Moliya Vazirligida, Davlat soliq qo’mitasida va tegishli vazirliklarda o’rganib chiqib, bazi bir xo’jalik yurituvchi subektlarga byudjet bilan hisob-kitoblarni takomillashtirish va to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha Hukumat komissiyasiga soliq qarzini kamaytirish uchun imtiyozlar berilishi taklif qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi 444-sonli «O’zbekiston Respublikasida pensiya taminotini takomillashtirish to’g’risida»gi Qaroriga binoan davlat soliq organlari zimmasiga xo’jalik yurituvchi subektlar (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan majburiyatlarini muddatida bajarilishini nazorat qilish yuklatilgan. Shu munosabat bilan davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-N (PJ)» hisobotini tuzish tashkil qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19 avgustda UP-3292-sonli «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan 2003 yil 1 oktabrdan boshlab Yo’l xo’jaligi tizimidagi Respublika, viloyat va joylardagi yo’l jamg’armalari tugatilib, Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi tashkil etilishi, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga mablag’larni yig’ish va to’liq tushishini nazorat qilish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi zimmasiga yuklatilishi munosabati bilan davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-N (RYJ)» hisobotini tuzish tashkil qilingan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 iyundagi 263-sonli “Byudjetdan tashqari maktab ta’limi jamg’armasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining qabul qilinishi bilan mazkur jamg’armaga mablag’larni yig’ish va to’liq tushishini nazorat qilish vazifasi Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilganligi sababli davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-N (MТJ)» hisobotini tuzish tashkil qilingan. Ushbu hisobotda soliq to’lovchilar tomonidan hisoblangan va byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasiga o’tkazilgan summalar oy, chorak, yil boshidan aks ettirilgan holda ko’rsatiladi. Тuzilgan hisobotlar belgilangan muddatidan kechiktirilmay quyidagi sxema bo’yicha modem yoki elektron pochta orqali uzatiladi: DSI ______ DSB______ DSQ. Shu bilan birga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tezkor hisobi soliq organlarida quyidagi jadvallar ko’rinishida kitob va elektron shaklda yuritiladi: - Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar to’lovlari bo’yicha noto’g’ri o’tkazilgan, aniqlik kiritilishi lozim bo’lgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar reesti; - Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha ortiqcha to’langan soliq summalarini hisobga olinishini va qaytarilishini hisobini yuritish reestri; - Soliq organi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi summalariga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalari reestri; - Soliq organi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi mavjud soliq to’lovchilarning debitor korxonalariga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalari reestri; 36 - Soliq organi tomonidan qo’yilgan inkasso topshiriqnomalarini ijrosiz qaytarilishini ro’yxatga olish reestri. Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar hisobini yuritish bo’yicha hujjatlar soliq qonunchiligida belgilangan ish yuritish hujjatlar jildida ko’rsatilgan, qonunchilikda belgilangan muddatlargacha saqlanadi. Ko’rsatilgan muddati tugagandan so’ng belgilangan tartibda soliq organining arxiviga topshiriladi. Nazorat savollari: 1. Soliqqa oid axborot bazasi qanday shakllantiriladi? 2. MIYaKТ qanday tashkil qilindi? 3. Soliq organlarida ma’lumotlarga ishlov berish uchun foydalaniladigan qanday dasturlarni bilasiz? 4. Jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlarni hisobga olish uchun qanday dasturdan foydalaniladi? 5. Soliq idoralarida qanday hisobotlar shakllantiriladi? 6. 1-N hisobotining mohiyatini yoritib bering. 7. 2-N hisobotida nimalar aks ettiriladi? 37 5-mavzu. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalarini yuritish tartibi Reja 1. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob varaqasining tushunchasi va yuritishning mohiyati. 2. Soliq organlarida shaxsiy hisob kartochkasini ochish tartibi, muddatlari va ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar. 3. Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritish tartibi. Tayanch so’z va iboralar Soliq to’lovchi, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, YaТТ, shaxsiy hisob varaqa, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, SIAIJ-3, KLS3.exe moduli, oylik hisob-kitoblar, choraklik hisob- kitoblar, saldo. 1. Davlat soliq idorasida ro’yxatga o’tgan kunidan boshlab ushbu soliq to’lovchiga belgilangan soliq va to’lovlari bo’yicha shaxsiy hisob varaqalari ochiladi. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalarini yuritish Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tezkor hisobini yuritish bo’yicha”gi 9-sonli Yo’riqnomaga asosan amalga oshiriladi. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob varaqasi - soliq organlari ma’lumotlar bazasi asosida olingan Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga hisoblangan (qo’shimcha hisoblangan, kamaytirilgan) va kelib tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shuningdek jarima va ustamalar summalari hisobini yuritish haqidagi hujjatdir. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob varaqasi shakli va tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha shaxsiy hisob varaqaga ma’lumotlarni kiritish va tuzatishlar kiritish uchun shaxsiy hisob varaqani yurituvchi inspektorga va ma’lumotlar bazasi administratoriga o’z vakolati doirasida ruxsat beriladi. Тegishli ruxsatga ega bo’lgan inspektorlar esa faqat ko’rish rejimidan foydalanish huquqiga egadirlar. Bo’lim boshlig’i va bo’lim xodimlari Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga hisoblangan (qo’shimcha hisoblangan, kamaytirilgan) va kelib tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shuningdek jarima va ustamalar summalari hisobini to’g’ri va to’liq yuritish uchun javobgar hisoblanadilar. Shaxsiy hisob varaqalarga hamma yozuvlar ushbu yozuvlarning to’g’riligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida muddati ko’rsatilgan holda o’z vaqtida davriy tartibda kiritiladi. Moliya yilining tugashi bilan va yangi yilga o’tish bo’yicha operatsiyalar bajarilgandan keyin shaxsiy hisob varaqalar elektron tashuvchilarda saqlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Shaxsiy hisob varaqalar har bir soliq to’lovchiga Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi bo’yicha har bir soliq va to’lov turi bo’yicha ochiladi. 38 Shaxsiy hisob varaqaga ma’lumotlar quyidagi hujjatlar asosida kiritiladi: - yillik avans to’lovlari haqida ma’lumotnoma; - hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar, to’lov xabarnomalari va soliq to’lovchilarning boshqa haqikatda olingan daromadlari haqidagi to’lov hujjatlari; - tekshiruv dalolatnomalari, bayonnomalari va soliq organlari hamda boshqa nazorat qiluvchi organlarning qarorlari; - qarzlarni kechiktirish, kechish haqidagi yuqori soliq organlarining yozma xabarnomasi. Qarzlarni kechiktirish va kechish bo’yicha shaxsiy hisob varaqalarga yozuvlar qarorning nomeri va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. 39 Shaxsiy hisob varaqa har yili har bir soliq to’lovchiga Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha ochiladi. Shaxsiy hisob varaqalar faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar bo’yicha moliya yili boshida, yangi tashkil etilgan korxonalarga tashkil etilgan paytda ochiladi. Sh axsiy hisob varaqalar jismoniy shaxslarning daromad solig’i hisobi bo’yicha, shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga mehnat haqi fondidan ajratmalar va majburiy sug’urta badallari bo’yicha SТIR olingan paytda ochiladi. Bunda agar shaxsiy hisob varaqada bir oy davomida mablag’lar harakati kuzatilmasa, hisob bo’yicha inspektor inspeksiya boshlig’iga soliq to’lovchi tomonidan soliqlar to’lanmaganligi va soliqlar bo’yicha majburiyatlar haqida ma’lumot taqdim qilinmaganligi bo’yicha chora ko’rish haqida yozma bildirishnoma kiritadi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga boshqa to’lovlar bo’yicha shaxsiy hisob varaqalar hisobot taqdim qilgan muddatda ochiladi. O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 14, 15-moddalari bo’yicha tayinlanadigan pensiya xarajatlari hisobini yuritish bo’yicha shaxsiy xisob varaqalar Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga mablag’larning tushishini nazorat qilish bo’limi yoki sho’’basining ko’rsatmasi bo’yicha ochiladi. Boshqa tumanlardan o’tgan korxonalar bo’yicha shaxsiy hisob varaqalar tegishli hujjatlar va shaxsiy hisob varaqalar fayllarini olgandan keyin ochiladi. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalari tegishli hujjatlar olingandan keyingi kundan kechikmasdan ochilishi shart. Soliq va boshqa to’lovlarni hisoblab chiqarish, soliq organlariga hisobotlarni taqdim qilish, shuningdek, tegishli to’lovlarni byudjetga o’tkazish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda soliq to’lovchilarning o’zlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq hisobotlari hujjatlari tegishli bo’lim tomonidan tekshiriladi va hisob-tahlil bo’limiga beriladi. Bunda ushbu hujjatlarda hisoblangan soliq summalari va tegishli bo’lim xodimining imzosi va to’lov muddati ko’rsatiladi. Hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lov summalari kompyuter dasturiga kiritiladi va shaxsiy hisob varaqalarda aks ettiriladi. 40 Davlat soliq organlari banklardan to’lov topshiriqnomalari va bank vыpiskalaridan ko’chirmalar hamda to’lov kvitansiyalarini oladilar va shular asosida hisob olib boradilar. Oyning oxirgi kuni uchun to’lov hujjatlari shu kuni oxirgi muomala sodir etilgandan keyin soliq organiga beriladi. Тo’lovlar tushumi bo’yicha to’lov hujjatlari olingandan keyingi kundan kechikmasdan shaxsiy hisob varaqalarga kiritilishi kerak. 41 Тo’lov hujjatlari tekshirilgandan keyin shaxsiy hisob varaqaga byudjetga tushgan tushumlar kiritiladi, to’lov hujjatlarida esa yozuv kiritilganligi haqida belgi qo’yiladi. Byudjetga tushgan va qaytarib berilgan summalar hisobini olib borish uchun soliq organlarida tushumlar va qaytarib berilgan summalar reestri yuritiladi. Reestr byudjet daromadlari klassifikatsiyasi kodlari bo’yicha yuritiladi. Reestr ma’lumotlari asosida bank muassasasi ma’lumotlari bilan byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushgan tushum solishtiriladi va soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi. Тo’lov hujjatlarida quyidagi kamchiliklar bo’lganda to’lov noto’g’ri amalga oshirilgan hisoblanadi: - soliq to’lovchining SТIRi noto’g’ri ko’rsatilishi; - to’lov topshiriqnomasining xato rasmiylashtirilishi; - soliq to’lovchi yoki bank tomonidan to’lovlarning adashib ikki marta o’tkazib yuborilishi; - soliq to’lovchi tomonidan byudjetning boshqa schetiga soliq va to’lovlarning o’tkazib yuborilishi; - to’lov matnining to’lov kodi va byudjet klassifikatsiyasi kodiga mos kelmasligi; Hisob-tahlil bo’limi xodimi to’lov hujjatlaridagi xatoliklarni tahlil qilib bo’lgandan keyin shaxsiy hisob varaqaga to’g’ri raznoska qiladi yoki belgilangan tartibda soliq to’lovchiga qaytaradi. Aniqlanmagan tushumlar bo’yicha alohida hisob va kunlik nazorat yuritiladi. Soliq organi 42 tomonidan 3 kungacha muddatda tushumlarning kimga tegishliligi aniqlanmagan holda ushbu tushumlar bo’yicha bankka so’rov jo’natiladi. Oldin o’tkazib berilgan pullar byudjetga yoki byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga hisobga olinmasdan qaytarib berilsa, jo’natuvchi ro’yxatdan o’tgan joydagi soliq organi xabardor qilinadi. Aniqlanmagan to’lovlar byudjetning tegishli schetining bo’lim va paragrafi bo’yicha aks ettiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan summalar quyidagi tartibda shaxsiy hisob varaqaga kiritiladi: - asosiy to’lov; - penya; - jarima. Byudjetga tushadigan soliqlar va to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida tushishini nazorat qilish uchun Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonilan kelishilgan shakl - 1-N «Byudjetga haqiqatda tushgan soliq va to’lovlar to’g’risida hisobot»lari tuziladi. 1-N hisoboti tushumlar reestriga asosan soliq organlarida qo’llanilayotgan kompyuter dasturidan foydalangan holda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Soliq organlariaro ma’lumot almashish ichki tartibga asosan tashkil qilinadi. Har oyning 1-sanasiga haqiqatda tushgan tushum bank muassasasi va moliya organlari ma’lumotlari bilan, Pensiya jamg’armasi bo’yicha tushum esa, tuman ijtimoiy ta’minot bo’limi bilan solishtiriladi. Demak, shaxsiy hisob varaqalar orqali soliq to’lovchining davlat byudjeti oldidagi majburiyatlari bajarilishi davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilib boriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling