Soliqlar va soliqqa tortish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu. Soliqqa oid axborot bazasining shakllanishi va ma’lumotlarga ishlov berishda foydalanadigan kompyuter dasturlari Reja
- 3. Davlat soliq organlarida ma’lumotlarga ishlov berishda foydalanadigan kompyuter dasturlari Tayanch so’z va iboralar
- Yangi hisob raqamini kiritish
3.O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari zimmasiga qonun hujjatlariga rioya qilgan xolda yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda ro’yxatga olish, ularning faoliyatini nazorat qilish, hisoblab yozilgan va to’langan soliqlarini hisobga olish yuklatilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarga identifikatsiya raqami berish Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va xamma soliq idoralarida foydalanadigan «Soliq to’lovchilarga identifikatsiya raqami berish va qo’llash tizimi» maxsus kompyuter dasturi orqali amalga oshiriladi. Ushbu kompyuter dasturi orqali soliq inspeksiyalarida soliq to’lovchilarni ro’yxatga olishda qog’ozda ish yuritishni yo’q qilib, soliq to’lovchilar to’g’risidagi malumotni maxsus serverlarda saqlab boriladi va kerakli maqsadlarda ishlatiladi. Soliq to’lovchilarni kompyuter dasturi orqali ro’yxatga olish soliq inspektorini ishining samaradorligini oshirishga olib keladi. Hozirgi kunda Davlat soliq qo’mitasi Ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimida quyidagi shakllardan foydalaniladi: 1) 01- shakl. Soliq to’lovchi jismoniy shaxsni ro’yxatga olish varaqasi. 01-shakl soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni soliq inspeksiyasida ro’yxatga olish uchun hujjat sifatida ishlatiladi va soliq to’lovchilarga identifikatsiya raqamini berish uchun mo’ljallangan. 2) 02-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxsni ro’yxatga olish varaqasi. 02-shakl soliq to’lovchi yuridik shaxslarni soliq inspeksiyasida ro’yxatga olish uchun hujjat sifatida ishlatiladi va soliq to’lovchilarga identifikatsiya raqamini berish uchun mo’ljallangan. 3) 03-shakl. Soliq to’lovchi jismoniy shaxsning ro’yxatga olish ma’lumotlaridagi o’zgarishlar. 03-ro’yxatga olish shakli soliq inspeksiyasida ilgari 01-shakl bilan ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxslarning ro’yxatga olish ma’lumotlarini o’zgartiradi. 4) 04-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxsning ro’yxatga olish ma’lumotlaridagi o’zgarishlar. 04-shakl SТYuSh to’g’risidagi quyidagi ro’yxat ma’lumotlari o’zgarganda to’ldiriladi: - korxonaning nomi yoki manzili; - faoliyat turi; - mulkchilik shakli; - soliq to’lovchining holati. 04-shakl faqat ma’lumotlar o’zgargandagina to’ldiriladi, hech qanday o’zgarishlar bo’lmagan hollarda 04-shakl biror marta ham to’ldirilmasligi mumkin. Korxona joylashgan hudud o’zgarganda oldingi hudud DSIsida 04-shaklni to’ldirib, undagi «Soliq to’lovchi holati» grafasida «Ko’chib ketgan» deb ko’rsatilishi shart, keyingi hududdagi DSIda 04 va 08-shakllarni to’ldirish kerak bo’ladi. 02-shakl esa to’ldirilmaydi. 5) 06-shakl. Soliq to’lovchining Davlat soliq qo’mitasida ro’yxatga olinganligi va unga identifikatsiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnoma. 06-shakl soliq to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga Davlat soliq qo’mitasida soliq to’lovchiga identifikatsiya raqami berilgandan so’ng soliq nazoratchisi tomonidan to’ldiriladi. 6) 07-shakl. Хabarnoma. Тashkilot ro’yxatdan o’tib, SТIR olgandan so’ng unga xabarnoma jo’natiladi. Bu shakl DSI soliq nazoratchisi tomonidan DSQdan SТIRli fayl olingandan so’ng to’ldiriladi. 7) 08-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxs to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar. 08-shakl soliq to’lovchi yuridik shaxs to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni qayd qilish varaqasi bo’lib, ularni ro’yxatga olishda yoki quyidagi ro’yxat ma’lumotlari o’zgarganda to’ldiriladi: korxona rahbari yoki bosh hisobchisining ismi-shariflari, nizom jamg’armasi, hisob raqami, MFO, bank, tobelik yoki vazirlik. 08-shakl bir marta to’ldiriladi. Lekin, ba’zi ma’lumotlar o’zgargan taqdirda qayta to’ldirilishi mumkin. 8) 09-shakl. Soliq to’lovchi jismoniy shaxsning soliqlarini hisobga olish varaqasi. Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning soliqlarini hisobga olish varaqasidan mol-mulk va er soliqlarini 24 qayd qilish va ushbu soliqlarni kompyuterda hisoblash uchun qo’llaniladi. 09-shakl mol-mulk va er soliqlarini to’laydigan har bir fuqaro uchun to’ldiriladi. 9) 10-shakl. Soliq to’lovchi yuridik shaxslarni tekshirish dalolatnomalarini qayd qilish varaqasi. 10) 15-shakl. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar, korxona va tashkilotlarni davlat registriga o’tkazish haqidagi guvohnoma. «Soliq to’lovchi yuridik shaxslarning Davlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlari ro’yxatiga kiritish guvohnomasi Davlat statistika organlari tomonidan soliq to’lovchi yuridik shaxsga beriladi. Guvohnomani kompyuterga kiritishda hujjat turgan joy raqami (HТJR) beriladi va shu raqamni guvohnomaga yozib qo’yiladi. HТJR to’qqizta raqamdan tarkib topgan belgidir: 1,2-belgilar – hujjatning shakl raqami (15 kod) 3-belgi - yilning oirgi raqami (agar 8 bo’lsa, u holda 2008) 4,6-belgilar - yil boshidan kunning raqami 7- belgi - hujjat saklanadigan papkaning raqami (1-9) 8,9-belgilar – papkadagi hujjat raqami (01-99) 15-shaklda korxona bo’yicha kompyuterga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 1. KТUТ (OKPO) bo’yicha korxonaning nomi qo’lda kiritiladi. 2. DBIBТ (SOOGU) bo’yicha boshqaruv organi qo’lda yoki ma’lumotnomadan tanlab qo’yiladi. 3. MShТ (KFS) bo’yicha mulk egaligi qo’lda yoki ma’lumotnomadan tanlab qo’yiladi. 4. ТHShТ (KOPF) bo’yicha tashkiliy–huquqiy shakli qo’lda yoki ma’lumotnomadan tanlab qo’yiladi. 5. MHBТ (SOAТO) bo’yicha korxona joylashgan manzili qo’lda yoki ma’lumotnomadan tanlab qo’yiladi. 25 11) 16-shakl. Тadbirkorlarning soliqlarini hisobga olish varaqasi. Barcha shakllarni to’ldirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish zarur. Barcha shakllarda keltirilgan kataklarga quyidagi ro’yxatga muvofiq bitta belgini yozish lozim: - o’zbek va rus alifbosining harflari: A B V G D E Yo J Z I Y K L M N O P R S Т U F Х S Ch Sh O’ G’ Q H E Yu Ya - lotin alifbosining harflari: A B C D E F G H I J K L M N Q R S T U V W X Y Z - arab raqamlari 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 Ba’zi bir so’zlarni quyidagi tarzda o’zgartirish mumkin: Respublika Uzbekistan RUZ O’zbekiston Respublikasi O’ZR, O’ZR Oblast OBL Viloyat VIL, VIL Rayon RN Тuman ТN, TN 26 Shakllarning barcha bandlari aniq, bosma harflar va arab raqamlari bilan tuzatishlarsiz, sharikli ruchka bilan to’ldiriladi. Тo’ldirish chog’ida hujjatlar as osida to’ldirilayotgan ma’lumotlar hujjatda keltirilganiga aniq mos kelishi kerak. Shaklning bita bandining har bir so’zi bo’sh kataklar bilan ajratiladi. Misol: Т O Sh K E N Т Sh Barcha shakllarda sana quyidagi qoidaga ko’ra yoziladi. Dastlabki ikki katakka oy kunini arab raqamlari bilan yozish kerak. Agar u o’ndan kichik bo’lsa oldiga nol qo’yish kerak. Keyingi ikkita katakka oyning o’zi arab raqamlari bilan yozilishi kerak. Agar u o’ndan kichik bo’lsa oldiga nol qo’yish kerak. Keyingi to’rtta katakka yil arab raqamlari bilan yoziladi. Masalan, 2008 yil 25 yanvar sanasi quyidagicha yoziladi: 2 5 0 1 2 0 0 8 Shaklning barcha zarur bandlari aniq qilib to’ldiriladi, hujjatlar asosida to’ldirilayotgan malumotlar birlamchi hujjatda keltirilganiga mos kelishi kerak. Тo’ldirish chog’ida to’ldiriladigan bandning har bir katagiga faqat bitta belgi-bosma harf, belgi yoki arab raqami keltirilgan ro’yxatga muvofik yoziladi. Agar kerakli axborot mavjud bo’lmasa yoki tushunib bo’lmaydigan qilib yozilgan bo’lsa soliq inspektori soliq to’lovchini shaklga to’g’ri malumotlar yozish va varaqani to’liqligicha qayta rasmiylashtirish uchun chaqiradi. Ushbu shaklda yuridik shaxsning nomi; raxbarlarining ismi, sharifi; joylashgan manzili; pochta indeksi; qishloq yoki shahar adresi; telefon raqami; teleks va faks nomerlari; asosiy faoliyat turi; mulkchilik shakli; davlat ro’yxatidan o’tgan sanasi va boshqa malumotlar aks ettiriladi. Malumotlar kirgizib bo’lgandan so’ng soliq to’lovchi to’g’riligini tekshirib ko’radi va soliq inspektori bilan birgalikda imzo qo’yib to’g’riligini tasdiqlashadi. Soliq inspektori to’ldirilgan shaklni kompyuter aloqasi orqali davlat soliq qo’mitasiga yuboradi. Davlat soliq qo’mitasi belgilangan muddatda berilgan identifikatsiya raqami to’g’risida malumotni davlat soliq boshqarmasiga, o’z navbatida davlat soliq inspeksiyalariga yuboradi. Olingan identifikatsiya raqami davlat ruyxatidan o’tkazuvchi organga yuboriladi va soliq to’lovchi maxsus kodini ruxsatnomasi bilan birgalikda oladi. Soliq to’lovchi berilgan identifikatsiya raqamini barcha to’lov hujjatlarida, hisobotlarida, shartnomalarida va boshqa xo’jalik va to’lov hujjatlarida ko’rsatib o’tishi shart bo’ladi. Nazorat savollari: 1. Тadbirkorlik sub’ektlarini xabardor qilish tartibida davlat ro’yxatidan o’tkazish qanday tartibda amalga oshiriladi? 2. Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazishda qanday hujjatlar talab qilinadi? 3. Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamining mohiyatini ochib bering. 4. Soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamini berish nechta bosqichda amalga oshiriladi? 5. Soliq to’lovchilarni ro’yxatga olishda qanday shakllardan foydalaniladi? 27 4-mavzu. Soliqqa oid axborot bazasining shakllanishi va ma’lumotlarga ishlov berishda foydalanadigan kompyuter dasturlari Reja 1.Soliqqa oid axborot bazasining tushunchasi, shakllantirishning maqsadi va tartibi. 2. Soliq organlarida jamlanadigan hisobot turlari 3. Davlat soliq organlarida ma’lumotlarga ishlov berishda foydalanadigan kompyuter dasturlari Tayanch so’z va iboralar Soliq organlarida foydalaniladigan dasturiy mahsullar, soliq siri, soliqqa oid ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi, administrator, SIAIJ-3, 1-N dasturi 1. Тadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tgach, Davlat soliq inspeksiyasida soliq to’lovchi sifatida ro’yxatga olinadi va uning zimmasiga qonun hujjatlariga binoan soliq to’lash majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq sub’ektlari va soliq organlari o’rtasida huquqiy munosabatlar o’rnatiladi. Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo’lishi, ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligini inobatga olib xodimlarning say-harakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy funksional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. Davlat soliq qo’mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlar elektron pochta orqali davlat soliq boshqarmalariga xamda davlat soliq inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli malumotlar shu tartibda jamg’arib olinmoqda. Soliq to’lovchi qonunga binoan soliq organlariga faoliyati va soliq majburiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarini taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar orqali soliq organlarida soliqqa oid axborotlar bazasi shakllanib boradi. Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatga olinishi, ularning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi xaqidagi malumotlar yagona soliq to’lovchilar bazasida saqlanib kelmokda. Davlat soliq qo’mitasining malumotlarga ishlov berish, soliq idoralarini kompyuterlashtirish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan maxsus dasturlari orqali hozirgi kunda soliq idoralarida jamlangan hisobotlar modem aloqasi orqali quyi soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo’mitasiga uzatilmokda. Soliqqa oid axborotlar bazasi – hisoblangan va undirilgan soliqlar, soliq to’lovchilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar majmui. Jamlangan ma’lumotlar asosida soliq to’lovchilarning yagona ma’lumotlar bazasi (yagona reestr) shakllanadi. Soliq to’lovchilar ma’lumotlar bazasining mavjudligi soliq organlarining ish samaradorligini oshirishda ahamiyati katta, chunki jamlangan ma’lumotlar orqali soliq organlarining respublika bo’yicha yagona bazasi tashkil etiladi va shu orqali soliq organlari biri biri bilan va faoliyati yuzasidan bog’liq bo’lgan barcha idoralar bilan bog’lanib, kerak bo’lganda ma’lumot almashib turish imkoniyati yaratilib beriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil qilishning asosiy maqsadi: Soliq inspektorining ish samaradorligini oshirish; Soliq to’lovchilarni ro’yxatga olishni takomillashtirish, ularning faoliyatini nazorat qilish; Soliq tushumlari bo’yicha operativ ma’lumotlar hisobini yuritish va har bir soliq turi bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish; Soliq tushumlarini tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni jamlash, umumlashtirish va guruhlash; 28 Soliqqa oid ma’lumotlar bilan tashqi va ichki foydalanuvchilarni belgilangan tartibda ta’minlash; Kog’ozda ish yuritish hajmini kamaytirish. Soliq tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, yangi informatsion texnologiyalardan foydalangan holda ma’lumotlarga ishlov berish, soliq inspektorining ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kerak bo’lgan vaqti 30-35 marotabaga kamayadi. Soliq organlariga tushayotgan ma’lumotlarni belgilariga ko’ra quyidagilarga ajratib chiqish mumkin: Ro’yxatdan o’tish ma’lumotlari; Bank ma’lumotlari; Soliq organlariga topshirgan hisob, hisobotlari, balanslari; Jismoniy shaxslarning daromadlari, mulkiy daromadlari va tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar; Jismoniy shaxslarni soliq organiga topshirgan deklaratsiyalari; Тekshiruv natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar. Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo’lishi, ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligi, xodimlarning say-harakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy funksional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. Davlat soliq qo’mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlar elektron pochta orqali davlat soliq boshqarmalariga xamda davlat soliq inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli malumotlar shu tartibda jamg’arib olinadi. Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarni ro’yxatga olinishi, ularning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini bajarilishi xaqidagi malumotlar yagona soliq to’lovchilar bazasida saqlanadi. Soliq organlarida jamlangan axborotlar bazasi bilan quyidagi organlar va tashkilotlar bilan bog’lanish mumkin: Davlat boshqaruv organlari; Bojxona organlari; Bank tashkilotlari; Statistika organlari; Ichki ishlar bo’limlari; Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqalar. 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1991 yil 12 avgustda Bosh davlat soliq boshqarmasining tuzilishi hamda 1994 yil O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining tashkil bo’lishi respublikamiz soliq tizimini shakllantirishda juda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Davlatning soliq siyosatini amalga oshirishda asosiy mavqeni egallagan soliq idoralari soliq qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash bilan birga tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar. Soliq idoralari tashkil etilgan paytdan buyon o’tgan davr mobaynida davlat byudjetining daromad qismini uzluksiz to’ldirishni ta’minlaydigan muntazam tizimga aylandi. Davlat soliq xizmati organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo’lishi, ularga qisqa muddatlarda yuqori unumli va aniq ishlov berish zarurligi, xodimlarning say-harakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy funksional vazifalarini hal etishda foydalanish kompyuter texnologiyalarini soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga majburiy tarzda joriy etish masalalariga katta etibor berishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan davlat soliq organlari faoliyatini o’tgan yillar ichida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, malakali xodimlarni shakllantirish, kompyuter uskunalari, dasturiy mahsulotlar bilan taminlash sohasida ancha-muncha ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimini (MIYaKТ) 29 yaratish to’g’risida»gi 388-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida DSQda MIYaKТning 3 qismdan iborat bosqichlari ishlab chiqildi: - Davlat soliq qo’mitasi bosqichi; - Davlat soliq boshqarmasi bosqichi; - Davlat soliq inspeksiyasi bosqichi. DSQning 1996 yil 8 avgustdagi 168-sonli buyrug’iga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va DSQ o’rtasida ma’lumotlar almashishni avtomatlashtirilgan holda elektron ko’rinishda qabul qilish ishlariga tayyorgarliklar boshlandi. DSQning 1996 yil 9 oktabrdagi 223-sonli va 1996 yil 18 oktabrdagi «Qog’ozsiz ish yuritish texnologiyasiga to’liqligicha o’tish” haqidagi 229-sonli buyruqlariga asosan yuridik shaxslarning hisob varaqlari, soliq qarzi bo’yicha (1-NN) va soliqlar hamda tushumlar bo’yicha (1-N) hisobotlar, jismoniy shaxslar bo’yicha bank hujjatlarini kiritish, soliq qarzi va ortiqcha to’lovlarni tahlil qilish va hisobotlarni tuzish dasturlari tajribaviy ishlatish uchun joriy qilindi va 1997 yil 1 yanvardan boshlab to’liq qo’llashga o’tildi. Davlat soliq xizmati idoralarini zamonaviy komyuter texnologiyalari orqali bir-biri bilan bog’lash, yagona axborotlar bazasini takomillashtirish maqsadida Davlat soliq qo’mitasi 2003 yilga qadar malumotlarga ishlov berishni yagona kompyuter tizimini (MIYaKТ) tashkil qilishni maqsad qilib qo’yilgan edi. Ushbu konsepsiya DSQda soliq axborotiga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirishning asosiy tamoyilini va yo’llarni belgilab berdi. Ishlab chiqilgan konsepsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: - barcha tarkibiy qismlarni samarador va maqbul faoliyat ko’rsatadigan foydalanish tizimiga kiritish hamda integratsiyalash bosqichida MIYaKТni boshqarishdan imkoni boricha katta samara olish; - soliq inspektorlarining soliqlar tushumini yig’ish bo’yicha yanada samaraliroq ishlashiga erishish; - soliqlar va soliq to’lovchilar bo’yicha aniq axborot olish; - mavjud axborotni himoyalash. Soliq xizmati faoliyatining turli xillarini avtomatlashtirish bo’yicha kichik tizimlarni barpo etish va foydalanishga topshirishning quyidagi bosqichlari belgilanadi: - soliq axboroti ma’lumotlariga ishlov berish va ularni saqlash uchun Davlat soliq qo’mitasining barcha uchta darajasi uchun hisoblash, periferiya ofis uskunalari bilan qo’shimcha ravishda jihozlash; - soliq idoralarining har bir bo’linmasida lokal axborot hisoblash tarmoqlarini (LAХТ) o’rnatish uchun kerak bo’lgan kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash va barcha muntazam hamda yordamchi dasturiy taminot bilan birga Davlat soliq qo’mitasining keng qamrovli korporativ axborot-taqsimlash tarmog’ini (KQKAХТ) yaratish; - taqsimlangan ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, soliq ma’lumotlarining yagona axborot makonini barpo etish uchun mijos-server, mijoz-tarmoq va internet texnologiyalarini joriy etish; - byudjetga soliq to’lovlarining o’z vaqtida va to’liq kelib tushishini ta’minlash hamda soliq idoralarida bugungi kun talabiga javob beradigan ma’lumotlarni tezkor ishlash va uzatish tizimini yaratish uchun zamonaviy telekommunikatsiya vositalarini joriy etish. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 1997 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 580-sonli «Davlat soliq qo’mitasining keng qamrovli axborot tarmog’ini yaratish to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Respublika soliq tizimining barcha bo’g’inlarida yo’ldosh aloqa tizimi yo’lga qo’yildi. Davlat soliq qo’mitasining malumotlarga ishlov berish, soliq idoralarini kompyuterlashtirish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan maxsus dasturlari orqali hozirgi kunda soliq idoralarida jamlangan hisobotlar modem aloqasi orqali quyi soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo’mitasiga uzatiladi. Davlat soliq qo’mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlar elektron pochta orqali davlat soliq boshqarmalariga hamda davlat soliq 30 inspeksiyalariga to’g’ridan-to’g’ri uzatilib, kerakli malumotlar shu tartibda jamg’arib olinadi. Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning ro’yxatga olinishi, ularning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarining bajarilishi haqidagi malumotlar yagona soliq to’lovchilar bazasida saqlanadi. Davlat soliq inspeksiyalarida soliq inspektorlarining vazifalarini bajarish samaradorligini oshirish maqsadida, topshiriqlarning sifatini va qisqa muddat ichida bajarilishini taminlash maqsadida, xo’jalik yurituvchi subektlarni taqdim etayotgan malumotlariga o’z vaqtida ishlov berish uchun Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 1999 yilning oxiri 2000 yilning boshlarida MIYaKТning YuShSI AIJ-2 (ARMNIYuL-2 avtomatizirovannoye rabochee mesto nalogovogo inspektora yuridicheskix lits) dasturi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi. Bu dasturning afzalligi kompyuter qurilmalarining tarmoq orqali bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni ishlashga mo’ljallanganligidir. Ushbu maxsus kompter dasturi quyidagi funsiyalarni bajarilishi ko’zda tutilgan: - soliq to’lovchilarni ro’yxatga olish, identifikatsiya raqami olib berish va soliq to’lovchilarni yagona davlat reestrini tashkil qilish; - xo’jalik yurituvchi subektlarni, yani yuridik va jismoniy shaxslarni taqdim etgan soliq turlari bo’yicha hisobotlari, deklaratsiyalar, bank to’lov hujjatlari va boshqa malumotlari asosida shaxsiy hisob varaqalarini yuritish; - xo’jalik yurituvchi subektlar taqdim etgan bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqlari, boshqa to’lov hujjatlari yordamida soliqlarni hisobga olish va maxsus hisobotlar tuzish; - xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq qarzlari bo’yicha hisobotlar tuzish; - xo’jalik yurituvchi subektlarni soliq organlari bilan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjetga o’tkazilgan summalarni solishtirib chiqish; - xo’jalik yurituvchi subektlarning faoliyatida yo’l qo’ygan huquqbuzarliklari sababli hisoblangan jarima va moliyaviy sanksiyalarning hisobini olib borish va boshqalar. Soliq tizimining takomillashtirilishi, soliqlarning bir xillashtirilishi, soliq tizimida islohotlarning amalga oshirilishi natijasida YuShSI AIJ-2 dasturi takomillashtirilib soliq organlarida YuShSI AIJ-3 dasturi ishlatila boshlandi. Dasturiy mahsulot YuShSI AIJ-3 quyidagilarni ta’minlab berdi: - yuridik shaxslarni ro’yxatga oladi; - yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarni to’ldirib kompyuterga kiritish orqali o’zgartiradi; - har kunlik bank tushumlari asosida ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi; - soliq to’lovchilari taqdim etgan hisobotlar, avans to’lovlari, qayta hisobotlar ma’lumotlari shaxsiy hisob varaqaga kiritiladi va o’tkaziladi. - kerakli hujjatlar asosida soliq to’lovlarini shaxsiy hisob varaqalarida kechish yoki to’lov muddatlarini uzaytirish amallari bajariladi; - bir martalik muomalalar kerakli hujjatlar asosida o’tkaziladi va shaxsiy hisob varaqalarga kiritiladi; - DSIga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar: a) DSI schyotlari reestri kiritiladi; b) DSI inspektorlari ma’lumotnomasi kiritiladi; v) DSI pasporti kiritiladi. Dasturiy mahsulotni ishlatishda hamma ma’lumotlarni ishlovchi kompyuterlar tarmoq orqali ishlashlari shart. AIJ-3 Dasturiy mahsulotni ishga tushirish start.bat faylini ishga tushirish bilan boshlanar edi. 3-avlod dasturiy mahsullarida NC dasturi orqali ishga tushiriladi, ya’ni soliq to’lovchilarni hisobga olish reg.exe, shaxsiy hisob varaqalarni yuritish kls.exe, bank hujjatlari asosida ma’lumotlarni kiritish bank.exe, soliq to’lovchilarning akt sverkalari sver.exe va boshqalar. Har bir model o’z tarkibida Bosh menyu hamda yordamchi qatorni o’z ichiga oladi. Har bir dasturiy modelni Bosh menyusi ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, bir necha punktlardan iborat bo’ladi. Punktlardan birining tanlanishi punkt osti menyusini ishga tushiradi. 31 Yordamchi qator dastur menyusining quyi qismida joylashgan bo’lib, funksional tugmachalarning vazifasini ko’rsatib turadi. YuShSI AIJ-3 dasturini ishlatuvchi xodimga alohida kompyuter biriktirib qo’yiladi. Uning bajaradigan ishi shu kompyuter bilan bog’liq bo’ladi. Har bir xodim faqat o’zining vazifasini bajaradi va o’z hududidagi ma’lumotlar bazasiga javob beradi. Administrator har bir mijozni tizimga ulaydi, uning parolini belgilaydi, bajarishi lozim bo’lgan ishini ko’rsatadi va uning ish hududini ko’rsatib beradi. Ishning boshlanishidan oldin ma’lumotlar bazasi ma’muri har bir foydalanuvchining vazifasini belgilab, parol beradi. Parol juda ham maxfiy sanaladi va faqat foydalanuvchi bilishi lozim. Foydalanuvchi o’z parolini doimiy ravishda o’zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan axborot-ma’lumot tizimlari punktining tanlanishi bilan ma’lumotlar bilan ishlash modeli ishga tushadi. Ekranning yuqori qismida quyidagi punktlardan ibora bo’lgan Bosh menyu paydo bo’ladi: - DSI ma’lumotlari (DSIda kiritiladi va tahrirlanadi), - DSQ ma’lumotnomalari (DSQda kiritiladi va tahrirlanadi), - Maxsus ma’lumotlar (faqat DSQda kiritiladi va tahrirlanadi), - chiqish. Punktlardan birini tanlash o’z-o’zidan menyu ostidagi menyuni ishga tushiradi. DSI ma’lumotlari punktini tanlash orqali quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: - DSI hisob raqamlariga yangisini qo’shish; - ishlatilmayotgan hisob raqamlarni o’chirish; - hisob raqamini qidirish; - DSI schetlar reestrini qog’ozga chiqarish. Har bir buyruqni bajarishda ekranning quyi satrida joylashgan funksional tugmalardan foydalaniladi. Masalan: Yangi hisob raqamini kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: F2 Yangi hisobni ko’rsatish, ENTER, F3 izlash ma’lumotnomadan bo’limni topish, F4 tahrirlash, Eslatma, F4 qatorni tahrirlash, 1 N hisobi bo’yicha kodini qo’yish. Ishlatilmayotgan hisob raqamini o’chirish quyidagicha amalga oshiriladi: Kursorni o’chirilishi lozim bo’lgan qator ustiga qo’yib, F8 o’chiriladi, Ha so’zi tanlanadi, ENTER. DSIda schetlar reestrini qog’ozga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: F5 pechat, fayl yoki printer ko’rsatiladi, agar fayl ko’rsatilgan bo’lsa, faylga nom beriladi, ENTER. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling