Solohidinova nozima bahodirjon qizining


Respublika bo‘yicha tarbiyachilar uchun muayyan ish reja va dasturning mavjud emasligi


Download 196 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2023
Hajmi196 Kb.
#1471354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING

1.Respublika bo‘yicha tarbiyachilar uchun muayyan ish reja va dasturning mavjud emasligi.
Tarbiyachilar M.Xakimova tomonidan ishlab chiqilgan “Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish” nomli tavsiyanomasi asosida ishlayotgani kuzatildi. Ushbu tavsiyanoma aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar maktablari uchun mo‘ljallangan. Ya’ni mazkur bolalar DTS asosida emas, balki davlat talablari asosida o‘qitilib, umumiy ta’limni boshlang‘ich sinf darajasida yakunlashadi. Boshqa turdagi muassasalar(eshitishida muammolari bo‘lgan, ko‘rishida muammolari bo‘lgan va boshqa o‘quvchilarning muassasada yashab ta’lim olishi ko‘zda tutilgan internatlar)da ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu tavsiyanomaning qo‘llanilishi, amaliyotda ta’limdan kutilayotgan natijalarga erishish imkoniyatini yetarlicha ta’minlab bermayapti.
2. Mashg‘ulotlar uchun mavzular sinflar kesimida oddiydan-murakkabga tomon murakkablashib borishi umuman inobatga olinmayapti.
Yuqori sinflarda tarbiyaviy mashg‘ulotlar mavzulari boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan mavzularga mos keladi. Bu esa o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ymoqda. Mavzular asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga turtki bo‘la olmayapti.
3. Tarbiyachilar ish faoliyatining monitoringi olib borilmayapti.
Sinflarning o‘zlashtirish darajalari o‘rganilayotgan tahlillarda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning sifati va tarbiyachilarning mahoratlari yuzasidan mezonlar mavjud emas.
4.Tarbiyachilarning tez-tez almashib turishi(kadrlar qo‘nimsizligi)
Muassasalarda tarbiyachilarning bir sinfga biriktirilishi, ya’ni 1 sinfdan to 5-sinfgacha, 5-sinfdan to maktabni bitirgunga qadar o‘quvchilar bilan bir tarbiyachining ishlash tartibiga e’tibor qaratilmayapti. Ma’lum sinfda har yili tarbiyachilarning almashishi ta’limning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Muassasalarda tarbiyachilarning tez-tez o‘zgarib turishi kuzatilmoqda (tarbiyachilar ishdan ketmaydi, biroq boshqa sinflarga o‘tkaziladi).



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling