Solohidinova nozima bahodirjon qizining
Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning turlari va ularni rejalashtirish
Download 196 Kb.
|
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING
3.Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning turlari va ularni rejalashtirish
Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar ta’limning barcha shakllarida olib boriladi. Ular quyidagilar: Umumta’lim fanlari bo‘yicha darslar jarayonida. O‘qituvchilar ishlab chiqadigan va har kuni o‘tadigan darslarning mazmunida “Darsning tarbiyaviy vazifasi” aks etadi va bu vazifa doirasida dars jarayonida ish usuli va ish turi biror bir vosita orqali qo‘llaniladi. Shu asosda o‘quvchilarda dars mavzusiga oid ko‘nikmalar zamirida darsning tarbiyaviy vazifasi bajariladi. Darsdan tashqari paytlarda tarbiyachilar tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida. O‘quvchilarda mavjud nuqsonlarni tuzatish va yumshatishga yo‘naltirilgan korreksion fanlarga oid dars va mashg‘ulotlar jarayonida. Bayram va muhim sanlariga bag‘ishlangan tadbirlar, muayyan mavzulardagi mushoiralar, musabaqalar, davra suhbatlari va x. jarayonlarda. Muassasaning oilalar bilan hamkorligiga asoslangan ish turlari bo‘yicha bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulotlar, suxbatlar va turli tadbirlar jarayonida. Muassasaning boshqa tashkilotlar bilan hamkorligiga asoslangan ish turlari bo‘yicha bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulotlar, suxbatlar va turli tadbirlar jarayonida. Biz quyida tarbiyachilar tomonidan olib boriladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha amaliyotda kuzatgan tahliliy xulosalarimizga asoslangan tavsiyalarni keltiramiz. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI maxsus ta’lim kafedrasi ilmiy ishlari rejasiga mos hola “Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning nazariy asoslari” mavzusidagi tadqiqot ishining tarkibida “Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, amaliyotdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Ushbu tajriba-sinov ishlari 2010-2013 yillar mobaynida olib borildi va ular asosida amaliyotga tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tadqiqot natijasida amaliyotda quyidagilar aniqlandi: 1. Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari bir-biridan ayro tarzda tashkil etiladi, ya’ni tarbiyachining xaftalik rejasida bir kun bir tarbiya yo‘nalishiga bag‘ishlanadi. Masalan, tarbiyachi dushanba kuni “Nafosat” tarbiyasini, seshanba kuni “Ekologik” tarbiyani va boshqa kuni yana bir yo‘nalishdagi tarbiyani rejalashtirgan holda ishlab kelmoqdalar. Eng muhimi tarbiyaga bag‘ishlangan soat faqat suxbat orqali tashkil etilishi aniqlandi. Respublika bo‘yicha aksariyat viloyatlarning maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy mashg‘ulotlar xaftalik rejalashtirish asosida olib borilishi kuzatildi. Xaftalik rejalashtirish bu maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari ish rejasiga xosdir. 2. Tarbiyachilarning xaftalik ish jadvali rahbariyat tomonidan tasdiqlangan holda dars jadvallari yonida ilingan holda bo‘lish tartibi qo‘llanilmayapti. Ish reja barcha tarbiyachilarning daftarlarida “Yillik ish reja” shaklida direktor tomonidan tasdiqlanadi. 1990 yillarga qadar maxsus ta’lim muassasalarida “Tarbiyaviy mashg‘ulotlar jadvali” mavjud bo‘lib, rahbar tomonidan tasdiqlangan holda maktab devorida ilingan holda turishi tartibi qo‘llanilar edi. Bu jadvalda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning nomlari va tarbiyaviy soat xafta kunlari bo‘yicha taqsimlanar edi. 3. Tarbiyaviy mashg‘ulotlar: “Yo‘l harakati qoidalari”, “Odobnoma”, “Tarbiyaviy soat”(shu soatda bir kunni bir tarbiyaga bag‘ishlashadi), “Sinfdan tashqari o‘qish”, “Sayr”, “O‘yin” bo‘lib, ularni tarbiyachilar o‘zlari hoxlagan kunga xohlagan paytga rejalashtirgan holda ishlashi kuzatildi. 4. Mashg‘ulotlar uchun mavzularni tarbiyachilar o‘zlari mustaqil topib, tanlab, rejalashtirayotgani kuzatildi. Sanab o‘tilgan salbiy holatlarning sabablari quyidagilar ekanligi aniqlandi: Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling