Tarbiyaviy ishlar interfaol usullar orqali tashkil etilsa:
-tarbiyachi va bolalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qaror topadi;
-korreksion-kompensator-rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda ijodiy do‘stona munosabat muhiti yarratiladi;
-bolalarning mustaqilligi(turli faoliyatlar va o‘rganishga nisbatan)ta’minlanadi;
-bolalarda berilayotgan materiallarni o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashuv qaror topadi;
-bolalarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va mutstaqil, erkin fikrlash qobiliyati rivojlanadi;
-bolalar jamoasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ta’sir va o‘zaro baholash muhiti yaratiladi;
-bolalarning o‘z imkoniyatlariga nisbatan shaxsiy baholari shakllanadi;
-bolalarda nutqiy, kommunikativ ko‘nikma va malakalar shakllanishiga tez va ertaroq erishish mumkinki, bu xolat ularning maktab ta’limiga tayyorgarligiga alohida tavsif beradi;
-bolalar uchun borliqni qabul qilish va unga javoban munosabatda bo‘lish sharoiti kengroq yaratiladi.
Tarbiyachilarning o‘z ustida ishlash yo‘nalishlari:
1. Prezident I.Karimov asarlarini o‘rganish.
2. Ta’limga oid davlat xujjatlarini o‘rganish.
3. Metodik mahoratini oshirish. Rejali malaka oshirish, mustaqil mutoala, metod birlashma ish faoliyati orqali, o‘zaro tajriba almashish... .
4. AKT va pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish.
5. Ingliz tilida so‘zlashishni o‘rganish.
6. Ijodkorligini oshirish(qiziqishiga ko‘ra).
Xulosa
Nogiron bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda har qanday usullardan va tamoyillardan foydalanish va pedagogik jarayonni yaxlit tizim asosida nazorat qilish, yo‘naltirish, o‘z vaqtida metodik yordam va amaliy tavsiyalarni berib borish uchun quyidagi “O‘quvchilar bilimi, faoliyatini nazorat qilish, jarayonning o‘quvchilar ongida saqlanishiga erishish uchun muddatli ta’limiy muhokama”ni tavsiya qilamiz.
Ushbu ta’limiy muxokama har bir mashg‘ulotda va mashg‘ulotning mustaqil bir bosqichi nihoyasida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |