Solohidinova nozima bahodirjon qizining


Ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari va ularning


Download 196 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2023
Hajmi196 Kb.
#1471354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING

2. Ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari va ularning
maqsad va vazifalari.
Ma’lumki, mustaqillikka qadar yoshlarni tarbiyalash vazifalari asosan, aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va jismoniy tarbiya yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilar edi. Hozirgi kunda esa tarbiya yo‘nalishlarining soni ortdi, ya’ni tarbiyaning boshqa shakllariga ehtiyoj tug‘ildi. Sobiq tuzum davrida bolalarga asosan qoidalarga rioya etish, go‘zallikni xis qilish va x. lar o‘rgatilgan bo‘lsa, endilikda tarkib topishi shart va dolzarb bo‘lgan ko‘nikma va malakalarga ehtiyojlar ko‘paydi. Hozirgi zamon bolasi ekologik ong, gigienik malakalar, iqtisodiy ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlikka ega bo‘lmasa, mustaqil hayotda emin erkin xavfsiz harakatlanishi qiyin kechadi. Chunki tez rivojlanayotgan murakkab zamon shaxs oldiga qator talablarni qo‘ymoqdaki, bularsiz inson o‘z kelajagini, bu bilan bog‘liq holda oilasi farovonligini ta’minlashi oson kechmaydi. Shuning uchun ham IChB ning ta’limi va tarbiyasi masalasi davlat siyosatining alohida muhim yo‘nalishi sifatida qaraladi. Demak, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish uchun hozirgi kun uchun dolzarb tarbiya yo‘nalishlari va ularning mohiyati hamda maqsad va vazifalarini aniq anglamoq zarurdir.
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy, tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi va quyidagi ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi:

  • yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, o‘zini-o‘zi idora qila bilishni shakllantirish;

  • o‘quvchilarni Vatanning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularda milliy g‘urur hissini tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni bilimdonligi va ijodiy imkoniyatlarini o‘z vaqtida payqagan holda rivojlantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish;

  • bolalarni insonparvar va xalqparvar, vatanparvar, dunyoviy qarashlarga ega, millatlararo totuvlikka rioya etadigan etib tarbiyalash;

  • ularni yaqinlari va atrofdagilarga samimiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarda fuqarolik javobgarlik hissi va ijtimoiy ma’suliyatni shakllantirish;

  • yoshlarga Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash va uning kelajagiga ishonish hamda farovonligi uchun sodiq bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatish;

  • o‘quvchilarni mehnatservarlikka, sog‘lom turmush tarziga undash, erkin fikr egasi qilib tarbiyalash.

Sanab o‘tilgan vazifalar o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra turli tarbiya yo‘nalishlariga oid g‘oyalar, qarashlar hamda usul va vositalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, maxsus ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari quyidagilar:

  1. Aqliy tarbiya.

  2. Axloqiy tarbiya.

  3. Nafosat tarbiyasi.

  4. Mehnat tarbiyasi.

  5. Jismoniy tarbiya.

  6. Vatanparvarlik tarbiyasi.

  7. Ekologik tarbiya.

  8. Iqtisodiy tarbiya.

  9. Xuquqiy tarbiya.

  10. Gigienik tarbiya.

  11. Jinsiy tarbiya.

  12. G‘oyaviy- siyosiy tarbiya

  13. Baynalminal tarbiya

14. Gender tarbiya

A qliy tarbiya insonning bilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, olamni anglash, dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirgan bilimlarni hayotga tatbiq etishida namoyon bo‘ladi. Ushbu tarbiyaning shakllanishi pedagogning o‘quvchilarga yetkazayotgan har bir o‘quv materiali ilmiy asoslangan, manbalarda o‘z aksini topgan, inson va tabiat, jamiyatdagi voqea-hodisalarning dialektik bog‘liqligini anglashga imkon beradigan mazmundan tashkil topishiga bog‘liqdir. Ish usullari asosan o‘quvchilarning bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ish turlari va vositalariga tayanadi. Masalan, didaktik materiallar, audio va video vositalardan foydalanish, kichik ma’ruza, vaziyatni baholash, muammolarning mohiyatini tushuntirish, hayotiy misollar va asoslarni tahlil qilish va b. .


Ahloqiy tarbiya-insonning yashab turgan xududida umumqabul qilingan me’yor qoidalarga rioya etishi va umuminsoniy qadriyatlar hamda urf-odatlarga sodiq munosabatda bo‘la olishidir. Ushbu tarbiya “Bola yaxshi, odobi undan yaxshi”- degan fikrning amaliy tavsifidir. IChB ga qanchalik bilim berilmasin, agar u jamoda, turli hayotiy sharoitlarda o‘zini tutishni bilmasa, muomalada tegishli qoidalarga rioya etmasa, u atrofdagilarning iliq munosabatiga sazovor bo‘la olmaydi. Bu esa bolaning xulq-atvoridagi chetlanishlarga, ya’ni injiqlik, qaysarlik, qo‘pollik, man-manlik va x. salbiy hislatlarning tarkib topishiga olib keladi. Shuning uchun pedagoglar o‘quvchilarni o‘qitish bilan bir qatorda ularga bilganlaridan hayotda samarali foydalanishni va bu jarayonda xushmuomala, samimiy odobli, orasta bo‘lishni o‘rgatishi lozim.


Axloqiy tarbiya IChB shaxsining barkamol shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham maxsus pedagogikada ham umumiy pedagogikadagi kabi axloq masalalariga katta ahamiyat beriladi. Xo‘sh, shunday ekan axloqning o‘zi nima?
Axloq-ijtimoiy ong shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan prinsiplar, talablar, me’yorlar va qoidalar yig‘indisidan iborat.
Axloqiy tushunchalar: yaxshilik, sharaf, vijdon va boshqalar. Axloq mazmuni muayyan qadriyat yo‘l-yo‘riqlarini, xulq-atvor me’yorlari va motivlarini, insonlararo muomala shakllarini o‘z ichiga oladi.
Defektologik lug‘atda: “IChB ni axloqli etib tarbiyalash-ularda axloqiy sifatlar, xarakter belgilari, axloqiy xulqning malaka va ko‘nikmalarini tarbiyalashdan iborat”,— deb ta’kidlanadi.
IChB shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari shuki, ularda axloqiy tasavvurlar, tushunchalar, ijtimoiy motivlar, o‘zlariga tanqidiy qarashlar yetarli darajada shakllanmagan bo‘ladi. Chunki aksarit IChB oilalarida ta’limiy va tarbiyaviy yondashuvlar yo‘lga qo‘yilmagan. Oilalarda IChB ga nisbatan avaylash va rahmdillik nuqtai-nazari bilan qarash munosabati o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunday munosabat IChB ni hayot jabhalaridan chetda qolishiga olib keladi. Natijada IChB da sog‘lom bolalardagi kabi muomala, muloqot, mehnat qilish, turli faoliyatlarda ishtirok etish ko‘nikmalari rivojlanmay qoladi. Aynan mana shu jihat pedagog uchun qiyinchilik tug‘diradi. Ya’ni pedagog-tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni IChB da oilalarda shakllanishi ko‘zda tutilgan kundalik hayot uchun zarur oddiy elementar axloq me’yorlarini shakllantirishdan boshlashi taqozo etiladi. Shuning uchun ham IChB umumiy ta’limi muddati sog‘lom bolalar umumiy ta’limi muddatidan ko‘p bo‘ladi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling