Solohidinova nozima bahodirjon qizining
Download 196 Kb.
|
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN TARBIYAVIY ISHLAR
- Andijon – 2023 MAVZU: TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN TARBIYAVIY ISHLAR REJA: I.Kirish II.Asosiy qism
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati K irish Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI 5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi) 4-KURS 427 - GURUH TALABASI SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN TARBIYAVIY ISHLAR mavzusidagi
Andijon – 2023 MAVZU: TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN TARBIYAVIY ISHLAR REJA: I.Kirish II.Asosiy qism: Tarbiya va uning mohiyati va ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning g‘oyaviy asoslari Ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari va ularning maqsad va vazifalari. Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning turlari va ularni rejalashtirish. Ta’lim muassasalari tarbiyachilari faoliyatiga qo‘yiluvchi zamonaviy talablar. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati K irish Mavzuning dolzarbligi. Tarbiya bu shaxs rivojlanishiga turli vositalar va omillar orqali ta’sir etishdir. Inson dunyoga kelar ekan, u o‘z hayoti davomida turli ta’sirlar doirasida bo‘ladi. Ta’sir doirasi muhitni tavsiflaydi. Muhit shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omildir. Bola shaxsi asosan ikki omil, ya’ni biologik va ijtimoiy ta’sirlar asosida shakllanishi o‘z isbotini topgan qadimiy qarashlardandir. Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda shaxsni ma’lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir. Ta’lim va tarbiyaning bir-biriga bog‘liq hodisaligi, ularning maqsadga yo‘naltirilganligi, tizimli yondashuvgina ko‘zlangan natijani ta’minlovchi mezonligi bir qancha faylasuflar, pedagoglar, olimlarning pedagogik qarashlarida o‘z aksini topgan. Bola tarbiyasi va uning muayyan ta’limni o‘zlashtirishi yaxlit jarayondir. Bu jarayonga tarixiy pedagogik fikrlarni misol qilish asnosida maxsus ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy ishlarning g‘oyaviy asoslarini sharhlash mumkin. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan masad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishdan maqsadi axloqni kamol toptirish lozim. Aflotun Suqrotning shogirdi sifatida tarbiyaga quyidagicha ta’rif beradi: tarbiya bu davlat tomonidan tashkil etilmog‘i va hukmron guruhlarning manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Arastu jonda jismoniy tarbiya, ahloqiy tarbiya va aqliy tarbiya bo‘lmog‘i lozimligini aytadi. U pedagogik qarashlarida iroda va faoliyatni asos qilib olgan holda, aqliy tarbiya sohasida ko‘nikma hosil qilishga katta e’tibor beradi. Bundan tashqari Arastu har qanday istak va faoliyatda kamchilik, ortiqchalik va o‘rtachilik bo‘lishini aytib, o‘rtachilikni foydali deb tavsiflaydi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari suradi va “Tarbiya va tabiat bir-biriga o‘xshaydi”-deb yozadi. Demokrit: “Ta’lim mehnat asosida go‘zal narsalarni hosil qiladi”-deya tarbiya ishida mehnatning roli katta ekanligini ta’kidlaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. M. Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. SHu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-hatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik ,mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”.1 O‘zbekistonlik olim B.Ziyomuhammadov ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganib, quyidagi xulosalarni asoslaydi: -ta’lim-tarbiya masalasi xususiy ish emas, balki davlat tasarrufidagi muassasalarning faoliyatidir; -ta’lim-tarbiyani oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich olib borish kerak; -ta’lim-tarbiya jarayoni davlatning mutasaddi kishilari tomonidan tahlil qilinib, tasdiqlangan dastur va reja aosida olib borilishi lozim; -ta’lim-tarbiya katta guruhlardan ko‘ra, uncha katta bo‘lmagan o‘quvchilar guruhlarida olib borilgani sezilarli natijani ko‘rsatadi; -qizlar ta’limini o‘g‘il bolalar ta’limi bilan bir qatorda olib borilgani ma’qul; -ta’lim-tarbiya mehnat tarbiyasi bilan uyg‘un holda olib borilsa, yaxshi natija beradi; -jismoniy va ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda nafosat tarbiyasini amalga oishirish lozim. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling