Solohidinova nozima bahodirjon qizining


Download 196 Kb.
bet8/10
Sana09.06.2023
Hajmi196 Kb.
#1471354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING

Ta’limiy muhokama sikli.
1.Mashq yoki usul qo‘llanilgandan so‘ng, harakat nixoyasida o‘quvchilarning xissiyotlari, kechinmalari va jarayonga munosabatlarini o‘rganish.
2. Nima sodir bo‘lganini aniq, real faktlar bilan atash, natija kanday, nega? Kanday bo‘lishi mumkin edi? kabi savol-javoblar orqali o‘quvchilarning shaxsiy fikrlarini o‘rganish.
3. Jarayonni qismlari bilan tahlil qilish.Tanqidiy yondashgan holda takliflar berish, ularni asoslash.
4. Barcha ma’lumotlar, tajribalar, jarayon haqidagi fikrlarni umumlashtirish, qaror qabul qilish.
5. O‘rgangan, amaliyotda, sinab ko‘rgan usulni faoliyatida qo‘llashi mumkinligi, rejalari
IChB lar ta’limi bilan shug‘ullanuvchi pedagoglarga o‘rgangan usullarini amaliyotda qo‘llaganda nimalarga e’tibor berish kerakligi yuzasidan tavsiyalarga ehtiyoj mavjuddir.
Biz o‘qituvchi va tarbiyachilar uchun faoliyatda tizimli, samarali ish olib borishlari uchun maslahatlar majmuasini ishlab chiqdik.
Birinchi tavsiya- jarayonga ma’suliyat bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘ring. Tayyorgarlikning yetarli bo‘lishi-ishingizdan kutilayotgan natijaga erishishning birinchi va eng ishonchli omili.
Ikkinchi tavsiya-har qanday vaziyatda uning ijobiy tomonini topish va asoslashga harakat qiling. Shunda kuchsiz yoki ishonchsizlarni ergashtira olasiz. Shunda sizni xar turli tarkibga ega o‘quvchilaringiz tinglaydi.
Uchinchi tavsiya - eng muhimi maqsadinigiz aniq va ravshan bo‘lsin. Maqsad aniq belgilansa, ishni tashkil etishning samarali yo‘llarini topish, natijaga erishish uchun maqbul mazmun va vositalardan foydalanishga mustahkam zamin yaratiladi.
To‘rtinchi tavsiya - jarayonning ko‘rgazmaliligiga e’tibor bering. Zero pedagogik texnologiya jarayonida qo‘llaniladigan vositalar(og‘zaki, yozma, texnikaviy)dan biri ko‘rgazmalilikdir.
Beshinchi tavsiya - puxta o‘ylangan reja asosida ish olib boring. Reja mavzu va qo‘yilgan maqsadga asosan tuziladi. Uni shunday tuzingki, oldindan sinfda yoki shaxs-o‘quvchi yoki boshqa sizning psixologik ta’siringizga muxtojlar bilan yakka ishlaganda jarayon davomida oqsab qolish imkoniyatlari ham inobatga olinsin. Shunday muammoli vaziyatlarni vaqtida bartaraf etish yo‘llarini va usullarini oldindan rejalashtiring.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling