So’roq olmoshlari va bir,narsa,nima so’zlari oldidan hech so’zining qo’llanishi natijasida bo’lishsizlik olmoshlari hosil bo’ladi. - So’roq olmoshlari va bir,narsa,nima so’zlari oldidan hech so’zining qo’llanishi natijasida bo’lishsizlik olmoshlari hosil bo’ladi.
- Hech kim,hech nima,hech qachon,hech qanday,hech qancha,hech narsa so’zlari bo’lishsizlik olmoshlari sanaladi va ular yozuvda ajratib yoziladi.
- Bu olmoshlar ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo’ladi.
Eski o’zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o’rnida ko’pincha kamina,kaminayi kamtaringiz,faqir,qulingiz, bandayi ojizingiz singari so’z va birikmalar qo’llangan. - Eski o’zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o’rnida ko’pincha kamina,kaminayi kamtaringiz,faqir,qulingiz, bandayi ojizingiz singari so’z va birikmalar qo’llangan.
- Hozirgi o’zbek tilida ham xuddi shu ma’noda ba’zan men o’rnida kamina so’zi ishlatiladi.
Men olmoshi o’rnida
Yuqoridagi so’zlar ega
Vazifasida qo’llanganda,
Kesim ba’zan 3 shaxs
Shaklida,ba’zan esa
1 shaxs shaklida bo’lishi
Mumkin.
Misol uchun: - Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko’chki bosgan buloq balki shu yerga kelib qayta ko’z ochgandir?(P.Qodirov)
- Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand bo’lgan paytlarimni eslasam,yuragim ezilur!(P.Qodirov)
- Sizga ne bo’ldi,ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo’ydingiz.(Oybek)
Olmoshlar tuzilishiga ko’ra sodda,qo’shma,juft va takroriy bo’ladi. - Olmoshlar tuzilishiga ko’ra sodda,qo’shma,juft va takroriy bo’ladi.
Faqat bir asosdan
Iborat bo’lgan olmoshlar
Sodda,ikki asosdan
Tashkil topgan olmoshlar
Qo’shma olmoshlar
hisoblanadi
Bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo’lgan olmoshlar juft olmoshlar sanaladi. - Bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo’lgan olmoshlar juft olmoshlar sanaladi.
- Bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan olmoshlar takroriy olmoshlar hisoblanadi.
- Juft va takroriy olmoshlar qismlari chiziqcha bilan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |