Bolalar uchun amaliy ish.
Ok qog’ozlarni oldingizga qo’ying. Berilgan kvadratlarni qog’ozga kuyib chetidan kalam bilan chizing. Eng kichik kvadrat urtada bulsin. Chap tomondagi kvadratni sariq rangga, urtadagi kvadratni yashil rangga, o’ngdagi kvadratni kizil rangga buyang.
Eng katta kvadratni qo’limizga olamiz va kvadratning tomonlarini sanaymiz: 1, 2, 3, 4. (Tarbiyachi kvadratning tomonlarini qo’li bilan kursatib sanaydi). Kvadratning nechta tomoni bor ekan? Kvadratning 4 ta tomoni bor ekan. Kvadratning nechta burchagi bor? Xammamiz birgalikda sanaymiz: 1, 2, 3, 4. Kvadratning 4 ta burchagi bor ekan.
Bilimlarni mustaxkamlash uchun O’yin: «Qancha-shuncha».
Tarbiyachi 1 tadan 4 tagacha predmetlar tasvirlangan kartochkalarni kursatadi. Bolalar nechta ekanligini sanab, shu son tasvirlangan kartochkani o’ng qo’l bilan baland kutaradilar. Keyin tarbiyachi nechta ekan, deb suraydi, bolalar sonni aytadilar.
Qiziqarli topshiriq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, Sizlarga 3 ta tayokcha berilgan, mana shu 3 ta tayokchani sindirmasdan 4 sonini yasash mumkin, kani yasab kuringlarchi.
Tarbiyachi bolalarni kuzatib turadi, 5 dakika davomida bolalar 4 sonini yasab bera olmasalar, tarbiyachining uzi qanday yasash kerakligini tushuntirib beradi. Javob: Tayokchalar yordamida 4 sonini yozish bilan .
B ilimlarni mustaxkamlash uchun topshiriq va savollar:
1. 1 dan 4 gacha sanab bering.
2. 4 dan oldingi sonni ayting.
3. Kvadratning nechta burchagi bor?
4. Kvadratning nechta tomoni bor?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Bir xil o’lchamdagi predmetlarni ajratish va farqlash
Maqsad:
Bolalarga bir xil ulchamdagi predmetlarni ajratishni va farqlashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |