So'ngi versia indd


ZAVQIy IJOdINING dASTlABKI dAVRI


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

ZAVQIy IJOdINING dASTlABKI dAVRI
(1870-1880-yillar)
Zavqiyning otasi Usta Solih Qoʻqonning tubjoy 
kishilaridan boʻlib, uning asosiy kasbi mahsidoʻz­
kosibchilik edi. Usta Solihning otameros mulki Qoʻqon 
shahrining sobiq Shayxondaha (hozirgi Zavqiyobod) 
mahallasidagi kichkina bir hovlidan iborat edi. Ustaning 
toʻngʻich oʻgʻli Ubaydulla 1853­yili shu hovlida 
tugʻiladi
8
.
Ubaydullaning 1853-1876-yillar orasidagi bolalik 
va yigitlik davrlari feodal xon va beklarning toj-taxt, 
amal-mansab talashuvlari yuzasidan davom ettirib 
kelgan qonli qirgʻinlariga markaz boʻlgan Qoʻqon 
shahrida oʻtadi.
Ubaydullaning ota­onasi savodsiz boʻlsalar ham, 
bolalarini oʻqitib, savodli qilish orzusida edilar. Shuning 
uchun ham Ubaydullani 6-7 yoshlaridayoq mahalladagi 
eski usul boshlangʻich maktabda oʻqishga beradilar.
8
Zavqiyning tug‘ilgan yilini tasdiqlovchi birorta yozma hujjat 
hozircha saqlanmagan. Uni ko‘mish marosimida ishtirok etgan kishilar 
1921-yilda shoirning aniq 68 yoshda vafot etganligini tasdiqlaydilar.


13
Ubaydulla oʻqib yurib, ota kasbi kosibchilikni ham 
egallaydi, roʻzgʻor tebratishda otasiga koʻmaklasha 
boshlaydi. Mamlakat doimiy urush holatida boʻlga­
nidan bozorlarda oziq-ovqatning narxi kun sayin 
qimmatlashib, kosib-hunarmandlarning tirikchiligi esa 
zoʻr qiyinchilik bilan oʻtar edi, shu jumladan, Usta 
Solih oilasi ham nihoyatda ogʻir moddiy qiyinchilik va 
doimiy muhtojlikda yashadi.
Ubaydullaning Ismatulla, Toshpoʻlat nomli ikki 
ukasi dastyorlikka yarab, roʻzgʻor ishlariga yordami tega 
boshlagach, 1870-1871-yillarda Usta Solih Ubaydullani 
madrasai Mirga
9
oʻqishga beradi. Ubaydullaning 
adabiyotga, ayniqsa poeziyaga boʻlgan qiziqishi ham 
shu yillarda uygʻongan edi.
Ubaydullaning togʻasi Muhammad Siddiq 
adabiyotga qiziquvchi kishilardan boʻlib, oʻzi ham 
gʻazallar yozib turgan. U oʻz jiyanining adabiyotga 
qiziqishiga yaxshi e’tibor beradi, madrasaga kirgan yili 
Ubaydullaga Navoiyning qoʻlyozma “Chordevon”ini, 
“Xamsa”sini sotib olib beradi
10
.
Ubaydulla madrasai Mirda oʻqib yurib, shoir 
Muqimiy, Qoʻqonning Sulaymon qishloq mavzeyidan 
kelgan shoir Nasriddin (taxallusi Nusrat), Paxtakash ma-
hallalik Muhammadqul Mirza Muhammadrasul oʻgʻli 
Muhayyir (1842-1918)
11
kabi shoirlar bilan tanishadi. 
9
Bu madrasa binosi hozir ham bor.
10
Do‘stlarining aniq aytishlaricha, Zavqiy bu kitoblarni umrining 
oxirigacha o‘qib yurgan, 1920-yilda shoir uyiga bosmachilar kirib 
talaganda shu kitoblarni ham olib chiqib kuydirib yuborganlar.
11
Muhayyir Rishton (Farg‘ona oblasti, Kuybishev rayoni)ning Oqyer 
qishloq sovetida vafot etgan va shu yerga dafn qilingan. Muhayyir 
bilan hamsuhbat bo‘lgan kishilar uning Oqyer qozixonasida kotiblik 
vazifasida ishlaganligini, vafot etganida 76 yoshda bo‘lganligini 
tasdiqlaydilar.


14
Oʻzi ham shu yillardan boshlab “Zavqiy” taxallusi bilan 
she’rlar yoza boshlaydi. Zavqiy yuqoridagi shoirlar 
bilan birga dars tayyorlaydi, boʻsh vaqtlarida hammalari 
birgalikda oʻzbek, tojik klassik adabiyotining yirik 
namoyandalari Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Bedil va 
boshqalarning asarlarini mutolaa qilishadi.
Zavqiy madrasada oʻqib yurgan yillari (1870­
1874) uning onasi vafot etadi. Onasining vafotidan 
bir necha yil avval otasi Usta Solih madrasai Oliyning 
vaqf xonalaridan birini ijaraga olib, shu doʻkonda 
kosibchilik ishini davom ettiradi. Otasi kunduzlari 
bilan doʻkonda ish bilan band boʻlganligi uchun Zavqiy 
roʻzgʻorga qarashish, ukalarini tarbiyalash maqsadida 
hovlisi yaqinidagi madrasai Chalpakka koʻchib keladi. 
Bu madrasada oʻqib yurgan vaqtida shoir Furqat bilan 
doʻstlashadi.
Oilada biror boshqaruvchi ayol bo‘lmasligi 
xonadondagilarini qiynab qoʻyadi. Usta Solih 
oʻgʻillarining maslahati bilan bir beva xotinga uylanadi. 
Oʻgay onaning boʻy yetgan yetim qizi boʻlib, bu oilaga 
onasi bilan birga kelgan edi. Zavqiyni 1876-1987-yillar 
orasida shu qizga uylantirib qoʻyadilar
12
. Zavqiy 
uylangandan keyin koʻp oʻtmay, ogʻir mehnat ostida 
ezilgan Usta Solih shol kasaliga mubtalo boʻlib, butunlay 
yotib qoladi. Oila avvalgidan ham ogʻirroq moddiy 
qiyinchiliklarga uchraganligidan, Zavqiy madrasadagi 
oʻqishini butunlay tashlashga, oilaga qarash, roʻzgʻor 
tebratish uchun kosibchilik bilangina shugʻullanishga 
majbur boʻladi.
12 
Shoirning Tojixon nomli shu ayoldan tarqalgan nevara-chevaralari 
hozirgi kunda Qo‘qonda yashaydilar.


15
Shoir Zavqiy ijod qila boshlaganda Qoʻqon 
xonligidagi serhosil yerlar, sugʻorish sistemalari, 
mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari, 
doʻkonlar, saroylar, savdo­sotiq ishlari va mamlakatning 
boshqa hamma boyligi xonlar, beklar, ruhoniylar va 
ularga yaqin kishilar qoʻlida edi. Ular mehnatkash 
ommani turli yoʻllar bilan talab, shafqatsiz ekspluatatsiya 
qilar edilar.
Har tomonlama jabr-zulm, xilma-xil ekspluatat-
siyaning kuchayishi, feodallarning toj-taxt uchun 
toʻxtovsiz olib borgan oʻzaro qirgʻinlari mehnatkash 
ommaning tinkasini quritdi, mehnat unumi kamaydi, 
mahsulot ishlab chiqarish pasaydi, ichki-tashqi savdo 
izdan chiqib, mamlakat ekonomikasi vayron boʻldi, 
dehqonchilik, juda oz miqdordagi kustar sanoati ham 
oʻrta asr tipidagi ibtidoiy ahvolda qoldi. Xullas, bu 
davrda feodal xonligining tushkunligi, krizisi nihoyatda 
kuchaydi. Bu sistemani saqlab qolish uchun feodallar 
orasida kuchaygan avantyura, saroy oʻzgarishlari, turli 
yoʻllar bilan mehnatkash ommani talash va boshqa 
qabih metodlar ularga yordam bermadi. Aksincha, 
ularning bu harakatlari mehnatkash ommani xon-
beklarga qarshi qahr­u gʻazabining kuchayishiga, xalq 
qoʻzgʻolonlarining kuchayishiga sababchi boʻldi. Bu 
hol Qoʻqon xonligining halokatini tezlatdi.
Bu davr folklori va yozma adabiyotida ham 
antagonistik ikki sinf qarashini ifodalaydigan bir-biriga 
qarama­qarshi boʻlgan ikki adabiy yoʻnalish: 1) reaksion 
feodal saroy adabiyoti va u bilan ideologiya jihatidan 
bogʻlangan diniy­mistik adabiyot; 2) mehnatkash 
ommaning manfaatini ifodalaydigan demokratik 
tendensiyadagi adabiyot mavjud edi.


16
Feodal tuzumning tushkunligi uning ideologiya 
formalaridan biri boʻlgan saroy adabiyotida ham aks 
etadi. Qoʻqon xonligida Umarxon (1809­1822) hamda 
undan avval va keyin oʻtgan xonlar tomonidan oʻrnatilgan 
mudhish tadbirlar butun hayotda qora iz qoldirdi. Xonlar 
badiiy adabiyotdan oʻz sinfiy manfaatlarini ifodalash 
uchun foydalandilar, xonlik manfaatini yoqlagan 
yozuvchilarni oʻz saroylariga toʻpladilar va ulardan hech 
narsani ayamadilar. Mehnatkash omma pozitsiyasida 
turib feodal tuzumning jirkanch tomonlarini rostgoʻylik 
bilan koʻrsatgan, oʻz davriga tanqidiy munosabatda 
boʻlgan yozuvchi­shoirlar qattiq ta’qib ostiga olindi.
Saroy shoirlari esa mehnatkash ommaning fikrini 
ijtimoiy masalalardan boshqa tomonga chalgʻitishga, 
xonlik tuzumining yemirilishini xalqdan yashirishga 
harakat qildilar. Saroy shoirlari orasida naziragoʻylik, 
XIV­XV asr oʻzbek va tojik feodal­saroy adabiyoti va 
undagi ishqiy intim lirikaga taqlid, qasidachilik, soxta 
klassitsizm kuchayadi.
Xon-beklar zamonasidagi real voqelik mehnatkash 
ommaning ogʻzaki badiiy ijodiyotida va u bilan 
bogʻlangan demokratik tendensiyadagi shoirlar – 
Gulxaniy, Maxmur kabi shoirlarning asarlaridagina 
aks ettirildi. Mehnatkash omma oʻz ogʻzaki badiiy 
ijodiyotida (ertak, doston, latifa, qoʻshiq­ashula 
va boshqalarda) jabr­zulm bilan toʻlgan hayotning 
ayanch kartinasini chizadi, moddiy qiyinchilik, siyosiy 
huquqsizlikdan faryod chekadi va hukmron sinfni 
keskin fosh etadi.
Saroy shoirlari mehnatkash ommaning qoni, 
peshona terisi bilan toʻplagan boyliklarini talash 


17
hisobiga oʻtkaziladigan xon­beklarning bazm, aysh­
ishratiga qarata:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling