So'ngi versia indd
ZAVQIy IJOdIdAGI SIyOSIy lIRIKA VA
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
ZAVQIy IJOdIdAGI SIyOSIy lIRIKA VA
SATIRA-YUMOR 1876yilda Qoʻqon xonligi batamom tugatilib, unga qarashli yerlar Rossiyaga qoʻshildi. Buxoro va Xiva xonliklari esa 1873-yildan boshlab Rossiyaning vassaliga aylangan edi. Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshilishi munosabati bilan ekspluatatorlarning zulmi kuchsizlanmagan boʻlsada, lekin bu hodisa tarixiy rivojlanish jihatidan progressiv rol oʻynadi. Turkiston xalqlari chorizm va byurokrat chinovniklari, pomeshchiklar, kapitalistlar borligini angladilar. Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekistonning Rossiyaga qoʻshilganligi Oʻrta Osiyo xalqlari uchun, feodal xonliklar davridagi hayotga qaraganda, ekonomika va madaniy jihatdan oldinga qarab qoʻyilgan qadam boʻldi. Oʻzbekistonning Rossiyaga qoʻshilishi mamalakat ekonomikasi, ishlab chiqarish kuchlarini vayron qiluvchi feodallarning oʻzaro qirgʻinlariga barham berdi. Oʻzbekiston ekonomikasini oʻrta asrchilikdan chiqardi. Bu bilan Oʻzbekiston dunyo muomalasida aktiv ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻdi. Hukmron feodalpatriarxal munosabatlar sekinlik bilan boʻlsada, yemirila boshladi. XIX asrning 80yillaridayoq temiryoʻllar, paxta tozalash va boshqa zavodlar qurila boshlab, mahalliy ishchilar yadrosi paydo boʻldi. Oʻzbekiston Rossiyaga qoʻshilgandan keyin Buxoro, Xiva xonliklarida 1870-yillargacha davom 35 etgan qul savdosi va qullikka xotima berildi. Rossiyadan Oʻzbekistonga bosmaxona stanoklari keltirildi. Toshkent shahrida 1870-yildan boshlab birinchi marta oʻzbek tilida “Turkiston viloyatining gazeti” va rus tilida “Русский Туркистан”, “Туркестанские ведомости”, “Туркестанский курьер”, “Сельское хозяйство Туркестана” kabi gazeta va jurnallar, Samarqandda “Samarqand” gazetasi nashr etila boshlandi, bir qancha litografiyalar vujudga keldi, “Rus tuzem” maktablari va gimnaziyalari ochildi. 1880-yilda esa Toshkentda xalq kutubxonasi va teatrlar tashkil etildi. Yangi ochilgan klub va teatrlarga ayrim oʻzbek intelligentlari ham qatnasha boshlaydilar. Toshkentda tarix va arxeologiyaentografiya muzeyi tashkil etildi. Rus olimlari Oʻrta Osiyoning tarixiarxeologiyasi, etnografiyasi va geografik tuzilishini ilmiy asosda oʻrgana boshlaydilar, bu sohalarda koʻp materiallar to‘planadi. 1869-1870-yillarda Toshkentda fan-texnika ishlariga aloqador ximiya laboratoriyasi ochiladi, 1870-yilda Toshkent astronomiya observatoriyasiga asos solinadi. 1882-yilda Turkistom geologiya jamiyati tuziladi. 1897yilda Rossiya geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi tashkil etiladi. Bu gazetajurnallar, ilmiy-madaniy jamiyatlar, muassasalar chor hukumat va uning chinovniklari manfaatini himoya qilsa-da, Turkiston xalqlarining ongi, dunyoqarashi va ijtimoiy fikrlarining oʻsishiga ham ta’sir eta boshlaydi. “Turkiston viloyatining gazeti” A.S.Pushkin, N.V.Gogol, I.A.Krilov, I.S.Turgenev, L.N.Tolstoy kabi rus yozuvchilarining hayoti va ijodi bilan oʻz oʻquvchilarini tanishtira boradi. Pushkinning ayrim 36 lirik she’rlari, “Bogʻchasaroy fontani” poemasi, 38 “Baliqchi va baliq ertagi”, Krilovning masallari 39 , L.N.Tolstoy va boshqa shoir-yozuvchilarning asarlari ruschadan oʻzbekchaga tarjima qilinib, gazetada bosiladi. Oʻzbekistonda rus madaniyati va adabiyotini tarqatishda, yangi fikrning uygʻonishida Oʻrta Osiyoni har tomonlama oʻrganishga kirishgan rus olimlari va sayyohlarining (V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy, V.V.Bartold, M.Nikitskiy, V.V.Velyaminov-Zernov, P.P.Semenov-Tyanshanskiy, Prjevalskiy va boshqa- larning) xizmatlari katta edi. Bundan tashqari, rus madaniyati va adabiyoti traditsiyalaridan oziqlanib oʻsayotgan tatar, ozarbayjon, qozoq tillaridagi tarjima va original adabiy namunalar bilan tanishish ham bevosita oʻzbek adabiyotini boshqa xalqlar madaniyati va adabiyoti bilan bogʻladi. 1885-yildan boshlab Turkistonda ham ishchilar harakati boshlanadi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon, Ashxabod va boshqa shaharlarda 1885, 1898, 1900, 1901, 1902yillarda kattakatta zabastovkalar boʻlib oʻtadi. Hatto OrenburgToshkent temir yoʻl ishchilarining zabastovkasi 1902-yili “Iskra”gazetasida qayd etiladi. Rus demokratik madaniyati, progressiv fal- safasi, ilgʻor ijtimoiysiyosiy fikrlari ta’siri ostida Turkistonda yangi, demokratikantifeodal yoʻnalish, ma’rifatparvarlik gʻoyasi kuchayadi. Ana shu ma’rifatparvar antifeodal demokratik tendensiyadagi kishilarning Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi yirik nam- 38 “Turkiston viloyatining gazeti” 1899-yil. 17, 18, 19, 20, 23, 28,25-sonlariga qarasin. 39 “Turkiston viloyatining gazeti’, 1883-yil, 33, 36-sonlari. 1902-yil 22-fevral, noyabrdagi 42, 43, 1899-yil 17, 18-sonlariga qaralsin. 37 oyandalari Abay Qoʻnonboyev (18451904), Ahmad Donish (1827-1897), Muhammadamin Muqimiy (1850- 1903), Zokirjon Furqat (18581909), Toshxoʻja Asiriy (1864-1916) va Ubaydulla Zavqiylar edi. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi bu sotsial-tarixiy va madaniy hay- ot oʻzbek adabiyotida progressiv va demokratik oqimni jonlantirib yuboradi. Bu davrdagi oʻzbek mehnatkashlar ommasining turmush sharoiti uning ideologiyasini ifo- dalagan demokratik adabiyotni kuchaytiradi. *** Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshilgandan keyin ham Zavqiy Qoʻqon shahrida turib oʻz kosibchilik hunarini davom ettiradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling