So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahlo KARIMOVA, adabiyotshunos, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mas’ul muharrir: Abdullatif TuRdIAlIyeV
- NASHRGA TAyyORlOVCHIdAN
UO‘K: 821.512.133.09 KBK: 83.3(5O‘) R 18 Nashrga tayyorlovchi: Shahlo KARIMOVA, adabiyotshunos, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mas’ul muharrir: Abdullatif TuRdIAlIyeV, filologiya fanlari nomzodi Hoshimjon RAZZOQOV ZAVQIy (Qayta ishlangan nashr): ilmiy-ommabop nashr; lotin yozuvida; nashrga tayyorlovchi: Sh.Karimova. – Farg‘ona: “Farg‘ona” nashriyoti, 2023. – 96 bet. Mazkur ilmiy risola juz’iy o‘zgartirish va qisqartirishlar bilan havola etilmoqda. Asarni nashrga tayyorlash jarayonida Zavqiy ijodining mustaqillikdan keyingi tadqiqi asosida yondashishga e’tibor qaratilgan. ISBN: 978-9943-9194-9-5 © H.Razzoqov – 2023 © “Farg‘ona” nashriyoti – 2023 3 NASHRGA TAyyORlOVCHIdAN XIX asrning II yarmi – XX asr boshlarida Qo‘qon adabiy muhitida faoliyat ko‘rsatgan ijodkorlar adabiy faoliyati, poetik merosi bilan bog‘liq masalalar o‘tgan asrning boshlaridan o‘rganila boshladi, qariyb yarim asr davomida qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi, ommaga asarlari tanishtirildi. Bunday ijodkorlar sirasida Ubaydulloh Zavqiy nomi ham bor. Zavqiy hayoti va faoliyatini, adabiy merosini ilmiy asosda o‘rganish va asarlarini nashr etib, omma e’tiboriga havola qilish ishlari o‘tgan asrning qirqinchi yilaridan boshlangan. Qo‘qonlik jurnalist va yozuvchi Sharif Rizo (1910-1947) birinchilardan bo‘lib Zavqiy hayoti va ijodi haqida bir necha maqola va ocherk yozadi. Shuningdek, u shoir biografiyasi haqida “O‘ch” nomli voqeiy hikoya yozgan. Unda Zavqiyni shaxsan tanigan keksalar og‘zidan to‘plangan ma’lumotlar asosida shoir hayotining so‘nggi davri yoritiladi. Hikoya 30-yillarning oxirlarida yaratilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda matbuotda e’lon qilingan. Shuning uchun ham Zavqiy hayotini o‘rganishda tarixiy manba sifatida alohida e’tiborga molikdir. Zavqiyshunoslikka tamal toshini qo‘ygan adabiyotshunoslardan Hoshimjon Razzoqovning bu boradagi xizmatlari katta bo‘ldi. Zavqiy tarjimai holi 4 va ijodiga doir manbalarni to‘plash, o‘rganish, ularni yaxlit bir tizim holiga keltirish, ommalashtirishning ilk bosqichi bevosita shu olim nomi bilan bog‘liq. U kishi shoirning 1500 misraga yaqin she’riy merosi to‘pladi, kitobcha holida so‘zboshi va lug‘at bilan 1958 va 1960-yillarda chop ettirdi. Davr taqozosi, ijtimoiy tuzum siyosati ta’siri o‘laroq kitobga shoirning she’rlaridagi din va shariatga mos so‘zlar jiddiy o‘zgarishlar bilan kiritilgan, ularga bir yoqlama munosabat bildirilgan. Kitobxon qayta nashr etilayotgan mazkur kitobga shu nuqtai nazar bilan yondashmog‘i lozimligini ta’kidlab o‘tsak. Bu hol, ayniqsa, shoirning muxammaslarida ko‘zga tashlanadi. Masalan, “Ko‘z ochaylik” radifli muxammasi ilk bor “Tirik so‘z” (Qo‘qon) gazetasining 1917-yil 2-apreldagi 1-sonida bosilgan. Zavqiy “Tanlangan asarlar”ining har ikki nashrida ham bu muxammasning 2- bandidan boshqa barcha bandlari sho‘ro mafkurasiga moslab o‘zgartirib bosilgan. Chunonchi, muxammasning 3-bandi mazkur nashrlarda quyidagicha “isloh” qilingan: Zulmatda yotgan elni(ng) yondurdilar charog‘in, Mahkam tuting, bu fursat qiymat aning yarog‘in, Istang amallik olim – rahbarlarning so‘rog‘in, Oching aholilarni(ng) g‘aflatda kar qulog‘in, Bas emdi sustkashlik, jur’atga ko‘z ochaylik! (TA., – B. 90). Asl matn esa quyidagicha edi: Hurriyatu musovot yondirdular chirog‘in, Mahkam tutung bu fursat shar’i sharif yarog‘in, Istang amallik olim fatvosining so‘rog‘in, 5 Oching aholilarning g‘aflatda kar qulog‘in, Bas emdi sustkashlik, jur’atg‘a ko‘z ochaylik! (“Ajab ermas”, – B.60) Ko‘rinib turibdiki, she’rdagi aynan shoir istagi va niyati, og‘riqli qalb nidosi aks etuvchi o‘rinlar o‘zgartirilgan. O‘sha davrda hurriyat, ozodlik haqida so‘z yuritish aslo mumkin emas edi. Matnda bu so‘zlar o‘rniga “zulmatda yotgan elni(ng)” kiritilgan bo‘lsa, “fatvo” so‘zi “rahbar” so‘ziga, “shar’i sharif” so‘zi esa “qiymat” so‘zi bilan almashtirilgan. Zero o‘sha paytlarda shariat, din ishlaridan so‘z ochish nihoyatda “qaltis” ish hisoblanar edi. Ko‘rinib turganidek, she’r mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan so‘z va iboralar o‘zboshimchalik bilan almashtirilgan va bandning mazmuni tushunarsiz, mavhum bir ko‘rinish olgan. To‘g‘ri, adabiyot davr bilan yonma-yon yashaydi, biroq shoirning asl maqsadi zamonlar o‘tib o‘zining asl qiymati va qadrini topdi. Qolgan bandlardan ham shunday “islohlar”ni topish mumkin. Masalan, “Ajab ermas” she’ri aslida 7 banddan iborat bo‘lsa-da, Zavqiyning “Tanlangan asarlar”ida 3 bandi tushirib berilgan. Banddagi: Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur, Muqarrardur, zamona inqilob o‘lsa ajab ermas, – misralari she’rning chin mazmun-mohiyatini ko‘rsatib bergani uchun ham davrning mafkuraviy g‘oyalariga muvofiq qisqartirilgan, she’rning umumiy ruhi, asl mazmuni butunlay o‘zgartirilgan. Zavqiyni yaqindan tanigan zahmatkash adabiyotshunos Po‘lotjon Domullo Qayyumov tazkirasida “...Vaholanki, u boshqa 6 maqsadlarda so‘zlagani she’rni butun o‘qug‘onlarga ma’lumdur” kabi muhim qaydlar uchrashi mulohaza- larimizni isbotlaydi. Demak, “Ajab ermas” muxamma- siga erk, istiqlol orzusida, milliy qadriyatlarimiz, din va shariat ishlari qaytadan rivoj topishi umidi bilan yozil- gan asar sifatida baho berish to‘g‘ridir. Olim 1953-yil shoir hayoti va ijodi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Unda shoirning bio grafiyasi ilk bor to‘liq holda yoritildi. Ijodining bos qichlari va ularga xos xususiyatlar tahlil qilindi. Olim shoirni ilhomlantirgan, unga kuch bergan xalq og‘zaki ijodi ekanini yaxshi anglagan va ijodiga oid quyidagi haqqoniy fikrlarni ta’kidlab o‘tgan: “...Zavqiy davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratgan, mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tan- qidiy baho bergan, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidagi lavhalarni badiiy tahlil qilib asarlar yaratgan”. Uning Zavqiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ush- bu ishlari zavqiyshunoslikdagi ilk urinishlar sifatida ahamiyatli, biroq ularda hukmron mafkura talablari- dan chetga chiqmagan holda shoir ijodi bir tomonlama o‘rganilgan, boshqacha talqin etilgan o‘rinlar uchrashi tabiiy ekanligini e’tiborda tutishimiz lozim. Ta’kidlash kerakki, Hoshimjon Razzoqovning dast- labki risolasi bundan qariyb oltmish yil avval e’lon qi lingan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, o‘sha davr siyosati, mustabid tuzum mafkurasidan kelib chiqib, tadqiqot- chi ba’zi o‘rinlarda biryoqlamalikka, sof ilmiy fikrlarni “qizil rang”lar bilan bo‘yashga majbur bo‘lgan. Nati- jada u Zavqiy nomini “sovetlashtirishga” harakat qiladi. 7 Bunday “uslub” boshqa ijodkorlar va olimlar ishlarida ham ko‘rinadi. Mazkur ilmiy risola juz’iy o‘zgartirish va qisqartirishlar bilan havola etilmoqda. Asarni nashrga tayyorlash jarayonida Zavqiy ijodini mustaqillikdan keyingi tadqiqi asosida zamonga moslab o‘zgartirishga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, muallifning tadqiq uslubi inobatga olinib, zarur o‘rinlar aslicha taqdim etildi. Zamonaviy ta’lim jarayoniga monand, asar lotin yozuvida qayta nashr etilmoqda. Ushbu kitob Zavqiy tavalludining 170 yilligi arafasida chop etilmoqda. Undan oliy o‘quv yurti talabalari, shoir hayoti va ijodini o‘rganuvchi tadqiqotchilar, adabiyotga qiziquvchi kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Mazkur kitobni nashr qilishda homiylik qilgan Zavqiy jamg‘armasi a’zosi Olimjon Yoqubovga, o‘z fikrmulohazalari bilan samimiy yordamini ayamagan taniqli olim va olimalar – Otabek Jo‘raboyev (Toshkent), Dildora Abdullayeva (Andijon) va Barno Abdurahmonovalarga (Qo‘qon) chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling