So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Koʻrib davlat gʻururin yurt-u eldin bexabar boʻldim,
Zavolini koʻrin oxir xazondek gʻam bilan soʻldim.
Gunohsiz nechalar moʻy-u soqolin terdirib yuldim,
Mukofotin koʻrib, doʻstlar, ajal kelmay tirik oʻldim,
Qolib har yerda gʻamlar birla xursandimdin ayrildim.
Zavqiy bu motivni she’rning har bir bandida
Xudoyorxonning xalqqa qarshi qurgan tadbirlaridan 
birortasini koʻrsatish bilan yana davom ettiradi. 
Shoir tasavvuricha, xon xalqni talashda oʻz atrofidagi 
xushomadgoʻylarga suyangan, xushomadgoʻylari esa 
xonga zulm tigʻini qayrab berganlar:
Chiqardim bid’at ishlarin xazina boʻlsa shoyad deb,
Ijora birla tag joyi olurdim, toʻlsa shoyad deb,


22
Xushomadgoʻylar oʻrgatdilar, xon kulsa shoyad deb,
Faqir-bechora-yu bexonumonlar oʻlsa shoyad deb,
Yomonlar soʻzi birlan yaxshilik pandimdin ayrildim.
Xalq maqollaridan birida “Otning oʻlimi – itning 
bayrami” deyilganidek, xon va uning atrofidagilarning 
hammasi har xil yoʻllar bilan mehnatkash xalqni 
talash, oʻldirish yoʻli bilan xonlik xazinasini va oʻz 
hamyonlarini toʻldirish payiga tushgan parazitlar 
edi. Shuning uchun ham ular xalqdan olinadigan 
yillik soliqlar turini haddan tashqari koʻpaytirdilar. 
Natijada mehnatkash omma xonavayron boʻlib, chidab 
boʻlmaydigan moddiy qiyinchiliklar ostida yashadi. 
Ayniqsa, kosiblar uchun tirikchilik oʻtkazish nihoyatda 
ogʻir edi. Qishloq dehqonlari esa, ochlikdan ajriq 
tomirini kovlab, quritib, tuyib yeyishga majbur boʻlar 
edilar. Kunjara, koʻk oʻtlarni qaynatib yeyish ommaviy 
tus olgan edi. Zavqiy xalqni shunday ogʻir ahvolga 
solgan zamonadan shikoyat qilib, oʻzining tojikcha 
she’rlaridan birida bunday deydi:
Nadidast hech kas fayze az in dunyoyi pur mehnat,
Darin vayrona joyam hamnishinam gʻam budu kulfat.
(Ya’ni mehnat bilan toʻlgan dunyoda hech kim 
fayz koʻrmadi, shu vayrona joyimda ulfatim gʻam bilan 
kulfat boʻldi). 
Uning “Qarz” radifli she’rida kosiblar ahvoli 
shunday koʻrsatiladi:
Muhtoj kishiga boʻldi bu yil baloyi qarz,
Yoʻq osoyish-u aysh, hamma mubtaloyi qarz.
Farzi xudo, qarzi xaloyiq bori yelkada,


23
Yo rab, adoyi farz etayin, yoki adoyi qarz.
Tang qilur oʻtsam har kecha-yu mahalladin,
Goʻyo qaloyi hojat eturdik adoyi qarz.
Yoʻq zarra najot hech, kun-u tun ziyod oʻlur,
Qoʻsh-qoʻsh tugʻadur haftada yangi oyi qarz.
Bozor kasod, kab-u hunarga rivoj yoʻq,
Nafs shaytonini vasvasai royi qarz.
Yetmasa mulk-u ashyo zud tutib meni,
Aylar yuzi qaro bir kun sazoyi qarz.
Naylay, bu zindalikni, Zavqiy, safosi yoʻq,
Ortar hamisha g‘am-u kulfat, jafoyi qarz.
21
Bu she’r yuqorida koʻrib oʻtganimiz xalq qoʻshiqlari 
hamda Maxmurning “Hapalak” she’riga mazmun va 
gʻoyaviy jihatdan hamohang boʻlib, hukmron sinflar 
tomonidan talanib xonavayron boʻlgan kosiblar ahvolini 
oʻquvchining koʻz oldiga keltiradi.
Zavqiy yuqoridagi muxammasida xalqning ana 
shunday ogʻir ahvolga tushishiga bosh sababchi xon 
va uning atrofidagi kishilar deb biladi. Shuning uchun 
shoir xonni oʻz aybiga iqror qildiradi, uning ichki 
kechinmalari orqali iflos va dahshatli qilmishlariga ham 
e’tirof ettiradi. Shoir xon zulmining natijasi nima bilan 
yakunlanganligini quyidagicha ifodalaydi:
Xarob oʻldim bu yerda, bilmadim obodlik qadrin,
Kishiga qul boʻlib, bildim bu kun ozodlik qadrin,
Koʻrib mehnat-mashaqqatlar, bilibman shodlik

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling