So'ngi versia indd
ZAVQIy IJOdINING dASTlABKI dAVRI
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
ZAVQIy IJOdINING dASTlABKI dAVRI
(1870-1880-yillar) Zavqiyning otasi Usta Solih Qoʻqonning tubjoy kishilaridan boʻlib, uning asosiy kasbi mahsidoʻz kosibchilik edi. Usta Solihning otameros mulki Qoʻqon shahrining sobiq Shayxondaha (hozirgi Zavqiyobod) mahallasidagi kichkina bir hovlidan iborat edi. Ustaning toʻngʻich oʻgʻli Ubaydulla 1853yili shu hovlida tugʻiladi 8 . Ubaydullaning 1853-1876-yillar orasidagi bolalik va yigitlik davrlari feodal xon va beklarning toj-taxt, amal-mansab talashuvlari yuzasidan davom ettirib kelgan qonli qirgʻinlariga markaz boʻlgan Qoʻqon shahrida oʻtadi. Ubaydullaning otaonasi savodsiz boʻlsalar ham, bolalarini oʻqitib, savodli qilish orzusida edilar. Shuning uchun ham Ubaydullani 6-7 yoshlaridayoq mahalladagi eski usul boshlangʻich maktabda oʻqishga beradilar. 8 Zavqiyning tug‘ilgan yilini tasdiqlovchi birorta yozma hujjat hozircha saqlanmagan. Uni ko‘mish marosimida ishtirok etgan kishilar 1921-yilda shoirning aniq 68 yoshda vafot etganligini tasdiqlaydilar. 13 Ubaydulla oʻqib yurib, ota kasbi kosibchilikni ham egallaydi, roʻzgʻor tebratishda otasiga koʻmaklasha boshlaydi. Mamlakat doimiy urush holatida boʻlga nidan bozorlarda oziq-ovqatning narxi kun sayin qimmatlashib, kosib-hunarmandlarning tirikchiligi esa zoʻr qiyinchilik bilan oʻtar edi, shu jumladan, Usta Solih oilasi ham nihoyatda ogʻir moddiy qiyinchilik va doimiy muhtojlikda yashadi. Ubaydullaning Ismatulla, Toshpoʻlat nomli ikki ukasi dastyorlikka yarab, roʻzgʻor ishlariga yordami tega boshlagach, 1870-1871-yillarda Usta Solih Ubaydullani madrasai Mirga 9 oʻqishga beradi. Ubaydullaning adabiyotga, ayniqsa poeziyaga boʻlgan qiziqishi ham shu yillarda uygʻongan edi. Ubaydullaning togʻasi Muhammad Siddiq adabiyotga qiziquvchi kishilardan boʻlib, oʻzi ham gʻazallar yozib turgan. U oʻz jiyanining adabiyotga qiziqishiga yaxshi e’tibor beradi, madrasaga kirgan yili Ubaydullaga Navoiyning qoʻlyozma “Chordevon”ini, “Xamsa”sini sotib olib beradi 10 . Ubaydulla madrasai Mirda oʻqib yurib, shoir Muqimiy, Qoʻqonning Sulaymon qishloq mavzeyidan kelgan shoir Nasriddin (taxallusi Nusrat), Paxtakash ma- hallalik Muhammadqul Mirza Muhammadrasul oʻgʻli Muhayyir (1842-1918) 11 kabi shoirlar bilan tanishadi. 9 Bu madrasa binosi hozir ham bor. 10 Do‘stlarining aniq aytishlaricha, Zavqiy bu kitoblarni umrining oxirigacha o‘qib yurgan, 1920-yilda shoir uyiga bosmachilar kirib talaganda shu kitoblarni ham olib chiqib kuydirib yuborganlar. 11 Muhayyir Rishton (Farg‘ona oblasti, Kuybishev rayoni)ning Oqyer qishloq sovetida vafot etgan va shu yerga dafn qilingan. Muhayyir bilan hamsuhbat bo‘lgan kishilar uning Oqyer qozixonasida kotiblik vazifasida ishlaganligini, vafot etganida 76 yoshda bo‘lganligini tasdiqlaydilar. 14 Oʻzi ham shu yillardan boshlab “Zavqiy” taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi. Zavqiy yuqoridagi shoirlar bilan birga dars tayyorlaydi, boʻsh vaqtlarida hammalari birgalikda oʻzbek, tojik klassik adabiyotining yirik namoyandalari Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Bedil va boshqalarning asarlarini mutolaa qilishadi. Zavqiy madrasada oʻqib yurgan yillari (1870 1874) uning onasi vafot etadi. Onasining vafotidan bir necha yil avval otasi Usta Solih madrasai Oliyning vaqf xonalaridan birini ijaraga olib, shu doʻkonda kosibchilik ishini davom ettiradi. Otasi kunduzlari bilan doʻkonda ish bilan band boʻlganligi uchun Zavqiy roʻzgʻorga qarashish, ukalarini tarbiyalash maqsadida hovlisi yaqinidagi madrasai Chalpakka koʻchib keladi. Bu madrasada oʻqib yurgan vaqtida shoir Furqat bilan doʻstlashadi. Oilada biror boshqaruvchi ayol bo‘lmasligi xonadondagilarini qiynab qoʻyadi. Usta Solih oʻgʻillarining maslahati bilan bir beva xotinga uylanadi. Oʻgay onaning boʻy yetgan yetim qizi boʻlib, bu oilaga onasi bilan birga kelgan edi. Zavqiyni 1876-1987-yillar orasida shu qizga uylantirib qoʻyadilar 12 . Zavqiy uylangandan keyin koʻp oʻtmay, ogʻir mehnat ostida ezilgan Usta Solih shol kasaliga mubtalo boʻlib, butunlay yotib qoladi. Oila avvalgidan ham ogʻirroq moddiy qiyinchiliklarga uchraganligidan, Zavqiy madrasadagi oʻqishini butunlay tashlashga, oilaga qarash, roʻzgʻor tebratish uchun kosibchilik bilangina shugʻullanishga majbur boʻladi. 12 Shoirning Tojixon nomli shu ayoldan tarqalgan nevara-chevaralari hozirgi kunda Qo‘qonda yashaydilar. 15 Shoir Zavqiy ijod qila boshlaganda Qoʻqon xonligidagi serhosil yerlar, sugʻorish sistemalari, mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari, doʻkonlar, saroylar, savdosotiq ishlari va mamlakatning boshqa hamma boyligi xonlar, beklar, ruhoniylar va ularga yaqin kishilar qoʻlida edi. Ular mehnatkash ommani turli yoʻllar bilan talab, shafqatsiz ekspluatatsiya qilar edilar. Har tomonlama jabr-zulm, xilma-xil ekspluatat- siyaning kuchayishi, feodallarning toj-taxt uchun toʻxtovsiz olib borgan oʻzaro qirgʻinlari mehnatkash ommaning tinkasini quritdi, mehnat unumi kamaydi, mahsulot ishlab chiqarish pasaydi, ichki-tashqi savdo izdan chiqib, mamlakat ekonomikasi vayron boʻldi, dehqonchilik, juda oz miqdordagi kustar sanoati ham oʻrta asr tipidagi ibtidoiy ahvolda qoldi. Xullas, bu davrda feodal xonligining tushkunligi, krizisi nihoyatda kuchaydi. Bu sistemani saqlab qolish uchun feodallar orasida kuchaygan avantyura, saroy oʻzgarishlari, turli yoʻllar bilan mehnatkash ommani talash va boshqa qabih metodlar ularga yordam bermadi. Aksincha, ularning bu harakatlari mehnatkash ommani xon- beklarga qarshi qahru gʻazabining kuchayishiga, xalq qoʻzgʻolonlarining kuchayishiga sababchi boʻldi. Bu hol Qoʻqon xonligining halokatini tezlatdi. Bu davr folklori va yozma adabiyotida ham antagonistik ikki sinf qarashini ifodalaydigan bir-biriga qaramaqarshi boʻlgan ikki adabiy yoʻnalish: 1) reaksion feodal saroy adabiyoti va u bilan ideologiya jihatidan bogʻlangan diniymistik adabiyot; 2) mehnatkash ommaning manfaatini ifodalaydigan demokratik tendensiyadagi adabiyot mavjud edi. 16 Feodal tuzumning tushkunligi uning ideologiya formalaridan biri boʻlgan saroy adabiyotida ham aks etadi. Qoʻqon xonligida Umarxon (18091822) hamda undan avval va keyin oʻtgan xonlar tomonidan oʻrnatilgan mudhish tadbirlar butun hayotda qora iz qoldirdi. Xonlar badiiy adabiyotdan oʻz sinfiy manfaatlarini ifodalash uchun foydalandilar, xonlik manfaatini yoqlagan yozuvchilarni oʻz saroylariga toʻpladilar va ulardan hech narsani ayamadilar. Mehnatkash omma pozitsiyasida turib feodal tuzumning jirkanch tomonlarini rostgoʻylik bilan koʻrsatgan, oʻz davriga tanqidiy munosabatda boʻlgan yozuvchishoirlar qattiq ta’qib ostiga olindi. Saroy shoirlari esa mehnatkash ommaning fikrini ijtimoiy masalalardan boshqa tomonga chalgʻitishga, xonlik tuzumining yemirilishini xalqdan yashirishga harakat qildilar. Saroy shoirlari orasida naziragoʻylik, XIVXV asr oʻzbek va tojik feodalsaroy adabiyoti va undagi ishqiy intim lirikaga taqlid, qasidachilik, soxta klassitsizm kuchayadi. Xon-beklar zamonasidagi real voqelik mehnatkash ommaning ogʻzaki badiiy ijodiyotida va u bilan bogʻlangan demokratik tendensiyadagi shoirlar – Gulxaniy, Maxmur kabi shoirlarning asarlaridagina aks ettirildi. Mehnatkash omma oʻz ogʻzaki badiiy ijodiyotida (ertak, doston, latifa, qoʻshiqashula va boshqalarda) jabrzulm bilan toʻlgan hayotning ayanch kartinasini chizadi, moddiy qiyinchilik, siyosiy huquqsizlikdan faryod chekadi va hukmron sinfni keskin fosh etadi. Saroy shoirlari mehnatkash ommaning qoni, peshona terisi bilan toʻplagan boyliklarini talash 17 hisobiga oʻtkaziladigan xonbeklarning bazm, aysh ishratiga qarata: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling