So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Shahlo KARIMOVA,
adabiyotshunos, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 8 KIRISH Oʻtib bir qarn, aqronim, jahon obod koʻrgaysiz, Jahon ahlini zolim haddidin ozod koʻrgaysiz. (Zavqiy) Adabiyotda satira janrini oʻstirishda mumtoz adabiyot vakillari asarlarida davom ettirilgan an’analarning roli kattadir. Bizga hayotdagi barcha yomon, chirik, oʻlik narsalarni, olgʻa qarab harakat qilib borishimizga xalaqit beradigan hamma narsalarni satira oʻti bilan kuydirib tashlaydigan asarlar kerak. Ularni yaratishda madaniy merosdan tanqidiy oʻrganish katta ahamiyatga egadir. Shu jihatdan XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan oʻzbek shoirlari Muqimiy (1850-1903), Furqat (1858-1909) va Zavqiyning ijodi, xususan, satirasini chuqur oʻrganish zoʻr ahamiyatga egadir. * * * Shoir Zavqiyning she’rlari hali alohida kitob holida nashr etilgani yoʻq, hatto uning avtografi (oʻz qoʻlyozmalari) hozircha topilmagan. Ammo shoirning juda koʻp she’rlari omma oʻrtasida qoʻldanqoʻlga oʻtib, xalq xotirasida saqlanmoqda. Nashr etilgan turlituman “bayoz’’ (toʻplam)larga ham Zavqiyning she’rlaridan ayrimlarigina kiritilgan. 1 1 “Devoni Muqimiy maa hajviyot” (1911-yil, Toshkent), “Bayoz maa hajviyoti mavlono Muqimiy va Furqat” (1913-yil, Qo‘qon), “Armug‘oni Xislat” (1911-yil, Toshkent), “Gulshani ash’or”, “Bayozi yangi”, qayta-qayta bosilgan “Bayozi Haziniy”larda Zavqiyning juda oz miqdordagi ishqiy-lirik she’rlari va Dukchi Eshon haqidagi satirasigina bosilgan. 9 Shoir Zavqiy ijodini oʻrganishda marhum Sharif Rizo (19101947) birinchi marotaba tashabbus koʻrsatib, Zavqiyning qisqacha biografiyasi, ayrim she’rlari bilan xalqimizni tanishtirdi. 2 Hozirgi kungacha nashr etilgan adabiyot xrestomatsiyalari, darsliklaridagi shoir Zavqiyga oid ma’lumotlarning deyarlik hammasi Sh.Rizo materiallariga asoslanadi. Biroq bu materiallarning birontasi ham Zavqiyning hayoti va ijodi haqida yetarli ma’lumot berolmaganidek, turli qarama-qarshilik va kamchiliklardan holi emas. 3 Vaholanki, Sh.Rizo tomonidan Zavqiy haqida keltirilgan faktlarning oʻzi ham, shoirning hayoti va ijodiyotini chuqurroq ilmiy asosda oʻrganishni talab etar edi. Oʻzbek adabiyotining XIX asrning oxiri va XX asr boshidagi adabiy hayot namoyandalari: Muqimiy, Furqatlar haqida gapirganda, nima uchundir Ubaydulla Zavqiyning nomi kamroq tilga olinadi, bu balki yetarli ma’lumotlar, materiallar boʻlmaganligidandir. Chunki hozirgacha Zavqiyning “Ahli rasta”, “Ajab ermas”, “Zamona”, “Hajvi yigchi eshon” kabi oz miqdordagi satira va lirikalarigina ma’lum edi, xolos. 2 “Yangi Farg‘ona” gazetasining 1939-yil sentabr, 220-soni; “Guliston” jurnalining 1939yil 1soni; “Литература и искусство Узбекистана” jurnalining 1940-yil, 3-soni, 53-betiga qaralsin. 3 Sh.Rizo “Yangi Farg‘ona” gazetasi va “Guliston” jurnalidagi maqolalarida Zavqiyning o‘lgan yilini 1921-yil yozib to‘g‘ri ko‘rsatgani holda, “O‘ch” ocherkida, “Смерть поэта Завкий” maqolasida o‘zining yuqoridagi fikriga qarshi shoir vafotini 1920 yil deb ko‘rsatadi. 1950-yilda bosilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida (381-bet) Zavqiyning o‘limi 1922-yil deb ko‘rsatiladi. 10 Bizning tekshirishimiz natijasida (1950-1953) turli manbalardan 4 Zavqiy faoliyatiga oid yangi materiallar, adabiyotshunoslarga shu kungacha ma’lum boʻlmagan 1500 misraga yaqin asarlari topildi. Shunday qilib, hozir shoir Zavqiyning har xil mavzularda yozilgan masnaviy, muxammas, gʻazal, turli hodisavoqealarga bagʻishlangan “Tarix” qit’alari va aruzning turli vaznida yozilgan 2154 misra she’riy asari qoʻlimizga kirdi. Bular orasida “Voqiai Viktorboy” 5 , “Voqiai qozi saylov”, “Qahatlik” kabi kichik va oʻrtacha hajmdagi dostonchalari boʻlganidek, “Shoh Inoyat qoʻrboshi haqida hajv”, “Obid mingboshi haqida hajv”, “Yangiqoʻrgʻon qishlogi” “Muncha koʻp”, “Talading baring”, “Gʻoʻdasliq boy”, “Abdurahmon shayton”, “Zolim puli”, “Afandilar” va boshqa shunga oʻxshash voqeaband satirik she’rlari ham bor. Zavqiy asarlarining qoʻlimizdagi hamma nusxalari shoirning hozirgi kunda hayot boʻlgan doʻstlari, shogirdlarining qoʻllaridagi qoʻlyozmalar bilan solishtirib chiqildi. Taqqoslab tekshirish natijasida 4 Qo‘qon rayonli Anvar Akbarovdan olingan 97 betli qo‘lyozma “bayoz”, qo‘qonli Ikrom Mahsumovdan olingan 127 betli qo‘lyozma “bayoz”, Andijon viloyati Paxtaobod rayonli o‘qituvchi Sayfutdin Shodmonovdan olingan ikkita (biri 117, ikkinchisi 183 bet) qo‘lyozma “bayoz” G‘anijon Sultonov qo‘lida saqlanayotgan Furqatning qo‘lyozma “bayoz”i, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (bundan keyin bu institut Sh.I. shaklida qo‘llanadi) “bayoz” (Inv. №256, №1821, №7521, №1325, №7512). Shuningdek, Zavqiy asarlarining har kimlarda saqlanayotgan ayrim qo‘lyozmalari va bayozi, kishilarning shaxsiy arxividagi materiallar, kitoblar orasidan ham ko‘chiriladi, keksa ashulachi, hofizlardan yozib olingan. 5 Muqimiynikidan boshqa. 11 mazkur qoʻlyozmalar boshqalariga qaraganda eng toʻgʻ ri nusxa degan xulosaga kelindi. Chunki Zavqiyning biz suhbatlashgan doʻstlari 6 shoir umrining oxirigacha u bilan hamsuhbat boʻlganlar, koʻpchilik she’rlarni shoirning oʻz devonidan koʻchirib olganlar. Shuning uchun ham tekshirishimizga shoirning oʻsha doʻstlari va shogirdlari qoʻlidagi materiallar hamda Zavqiy asarlarining nodir nusxalarini asos qilib oldik, boshqa nusxalarda ayrim farq boʻlsa, izoh bilan alohida koʻrsatib oʻtishni lozim topdik 7 . Biz shoir Zavqiyning biografiyasini yoritish, uning ijodiy faoliyatidagi tadrijiy tamoyilni koʻrsatish yoʻlidagi birinchi tajribamiz boʻlgan bu ishda quyidagi manbalarga asoslandik: 1. Shoirning oʻz asarlari, turli kishilar bilan yozishgan xatlari, she’riy maktublari; 2. Zavqiyning hayoti va ijodi haqida matbuotimizda e’lon qilingan materiallar; 3. Zamondosh doʻstlari, shogirdlari, qarindosh urugʻ, nevarachevaralarining xotiralari; 4. Shoir Muqimiy va Furqat haqidagi materiallar; 5. Oʻsha zamon gazetalarida bosilgan Qoʻqon shahar hayoti, Zavqiy atrofidagi kishilarga, qisman shoirning oʻziga oid materiallar; 6. Arxiv materiallari. 6 Qo‘qonli Yo‘ldosh Abdurazzoqov, Akrom G‘afurov, Otaxon Murabbiyev va shoir Charxiy hamda andijonli Ibrohimjon Musayevlar. 7 Izohda Ikrom G‘afurovdagi nusxa – A.G‘., Yo‘ldosh Abdurazzoqovdagi – Y.A., Ibrohimjon Musayevdagi esa – I.M. qo‘limizdagi “bayoz”dagilar – O‘zb. Fanlar akademiyasi Til- adabiyot instituti folklor sektoridagi qo‘lyozma materiallar F.A. va Sharqshunoslik instituti nusxasi – SH.I. kabi shaklda beriladi. 12 Bu ishga oid materiallarni toʻplash va ishni yozib tugallashda samimiy yordam bergan oʻrtoqlarga, ishimizning ilmiy rahbari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til-adabiyot institutining adabiyot sektori ilmiy xodimlariga chin koʻngildan tashakkur bildiramiz va bu ishda uchragan kamchiliklarni tuzatishda oʻrtoqlarning samimiy yordam berishlariga ishonamiz. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling