So'ngi versia indd


ZAVQIyNING OKTABR INQIlOBIGACHA


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

ZAVQIyNING OKTABR INQIlOBIGACHA 
BOʻLGAN IJODI
ZAVQIY IJODIDA ISHQ-MUHABBAT
Zavqiy sotsial hodisalar bilan bogʻlangan siyosiy 
lirikalar, oʻtkir satiralar bilan bir qatorda davom etib 
kelayotgan adabiy traditsiyaga muvofiq, ishq­muhabbat, 
goʻzallik temalarida ham she’rlar yozgan. Uning bu xil 
she’rlaridan toshbosma “bayoz”larda bosilib chiqqan 
va qoʻlyozma holda yetib kelganlari taxminan 500 
misraga boradi. Shoir oʻzining ishqiy she’rlarini ijod 
etishda Muqimiy, Furqatlar kabi Alisher Navoiy ijodiga 
ergashadi, u ilohiy ishq-muhabbatni emas, chin insoniy 
sevgini kuylaydi. Shoir oshiq va ma’shuqalarning bir-
biriga mehr­u vafoli, sadoqatli boʻlishni talab qiladi, 
hijron, vafosizlik dard-alamlaridan shikoyat qiladi. 
Uning “Oromijon”
26
, “Kimga dey”, “Ey nasimi”
27
muxammaslari va boshqa gʻazallari ana shunday 
she’rlaridandir.
Zavqiy pok sevgini insoniy fazilat deb biladi
uningcha sevgi ahlining qalbi toza, vijdonli, bir-birlariga 
xiyonat qilmaydigan, boshqalarga namuna boʻladigan, 
axloqli kishilar boʻlishi kerak. Shoir bu fikrni chiroyli 
badiiy obrazlar orqali ifodalaydi:
Qani menga vafo-u ahd qilgʻoning, guli gʻuncha,
Qani bulbul sifat oldingda turgʻonim ochilgʻuncha,
26
Bu she’r ommaviy qo‘shiqqa aylangan, 1938-yilda patefon 
plastinkasiga ham yozib olingan, hozirgacha xalq orasida ijro etilib 
keladi. Toshbosma “bayoz”larda ko‘p bosilgan.
27
Sh.I. inv. №7512 – 1317 h. yili ko‘chirilgan nusxalari bor (bu 
she’rlarga shartli sarlavhalarni biz qo‘ydik).


29
Qani bizlarga hamsuhbat raqiblardek tong otguncha,
Seni dard-u firoqing aytib-aytib yigʻlay oʻlguncha,
Yuzingni bir koʻray desam, qoʻlingni pardalar
 qilding.
Shoir koʻpchilik she’rlarida yorga yetisholmaslikning 
asosiy sababi zamonning zulmi, kambagʻalchilik deb 
biladi. Muhtoj, qashshoq, xonavayron, xarobazorda 
yashagan kishining sevgilisiga yetishuvi qiyin, deydi:
Yor kelur zamona yoʻq kelmasa-kelmasun, netay,
Sarf etara xazona yoq, kelmasa-kelmasun, netay,
Maskani koʻz ichi desam, mardum aro kalon ekan,
Taklif etarga xona yoʻq, kelmasa-kelmasun, netay.
Eski buzuq xarobada chug‘zdek ayladim vatan,
Bir tuzuk oshyona yoʻq, kelmasa-kelmasun,
 netay…
28
Bu misralarda boylik, amal, mansab hukmronlik 
qilgan zamonning sevgi­muhabbatga boʻlgan muno­
sabati oʻz ifodasini topgan. Darhaqiqat, “mardumaro 
kalon” xonadondan chiqqan sevgilining, Muqimiy 
aytganidek, “eski toʻnli faqir”lardan or qilib, “yoqasi 
tugmalik boy” kishilarga iltifot qilishi tabiiy edi:
Kelsa oldingizga boy surat, yoqosi tugmalik,
Izzat aylab shod-u minnatdor qilmoq shunchalar.
Garchi kelsa eski toʻn, bizdek duogoʻyi faqir,
Kambagʻalning xirqasidan or qilmoq shunchalar.
29
28
G‘.S.dagi qo‘lyozma “bayoz”, bet 163
29
Muqimiy, Tanlangan asarlar, 1953 yil, bet 81.


30
Zavqiy “Kimga dey” muxammasida hijron
ayriliq natijasida paydo boʻlgan kuchli ehtiros, dard­
alamni zoʻr hayajon bilan tasvir etadi. Bu she’rda 
shoir shaxsiyati oshiq kishi obraziga aylanadi, u oʻz 
zamonasida oshiq­ma’shuqlarning hasratini, kambagʻal, 
ojiz bechoralarning arzi-holini eshitadigan kimsa 
yoʻqligidan shikoyat qiladi:
Dildagi rozimni, ey bodi sabo, men kimga dey,
Sen koʻngil sirriga mahram oshno, men kimga dey,
Chekkanimni zulmu bedodu jafo men kimga dey,
Hasratim koʻp, bir pariga oshnoman, kimga dey.
Ishqida kuygan yurak, bagʻri adoman, kimga dey.
Zavqiyning bu she’rini xalqning quyidagi qoʻshiq­
ashulalari bilan ma’no jihatidan bir-biriga yaqin deyish 
mumkin:
Havoda parcha bulut,
Yomgʻir yogʻib oʻtgani yoʻq.
Dunyoda oshiq kishi
Murodiga yetgani yoʻq.
30
Qibladan shamol chiqib,
Gul shoxini qayirdimi?
Oʻrtadan dushman chiqib,
Sevganidan ayirdimi?
31
Oʻrtadan chiquvchi dushmanlarning kim ekanligi 
ham ayrim qoʻshiqlarda aniq koʻrsatiladi:
30
F.A inv. № 1138.
31
F.A inv. № 1138.


31
Osmon egiz yertoʻla,
Ikkalamiz boʻzbola.
Boʻzbolani boʻzlatgan
Orada shum boybola.
32
Mehnatkash omma uchun sevish, sevilish turli-
tuman fojialar, vijdoniy azoblar, xoʻrliklar keltirgan. 
Feodalizm jamiyatida din, shariat hukmi boʻyicha, qiz 
bolaga buyum sifatida qaralar edi, ularning shaxsiy 
istaklari e’tiborga olinmay, pul-mol baravariga sotilar 
edi. Sevuvchi kambagʻal boʻlsa, oʻz sevgilisiga yetisha 
olmas edi. Husndor qiz-juvonlarni pul-mol, amal-
mansab kuchi bilan “shum boybola”, “boy bobo”lar 
oʻz sevgilisidan ajratib olib ketar edilar. Zavqiyning 
“Yetmagim maholdir”
33
degan gʻazali, “Ey nasimi” deb 
bitilgan yetti bandli muxammasi zulm, zoʻravonlik bilan 
sevganidan ajratilgan oʻshanday kishilardan birining 
yuragidagi gʻam­gʻussasini ifodalaydi:
Dod dastingdan, falak, bir zarra shafqat sanda yoʻq,
Yor ketdi yigʻlay-yigʻlay, ixtiyori anda yoʻq.
Torta-torta mehnati hijron, tamkin zarra yoʻq,
Dardidin kulfat chekib turmakka toqat manda yoʻq,
Subh-u shom izlab ani doim yururman darbadar.
34
O‘sha oʻzida ixtiyori boʻlmagan yor qandaydir 
tashqi kuchning zoʻri bilan sevgilisidan ajratib olib 
ketilgan. Bu tashqi kuch zamonaning zulmi, amal-
mansab, pul, mol, dunyo edi.
32
I. C bet 160.
33
I. Inv. № 7512, bet 129 va I. M. nusxasi
34
Sh.I. inv. № 7512, bet 129 va I.M nusxasi.


32
Ana shunday yovuz tashqi kuchning yigitlar bilan 
qizlar sevgisiga toʻsqinlik qilishi hijron, intizorlik 
tugʻdiradi. Shunung uchun ham mehnatkash omma oʻzi 
yaratgan ogʻzaki badiiy ijodiyotida zolim­zoʻravonlarga 
la’nat oʻqidi, sevgi­muhabbat erkinligini orzu qildi. 
Shuningdek, Zavqiy ham koʻpchilik she’rlarida shu 
gʻoyani ilgari surdi.
Zavqiy gʻazallaridan biridagi:
Orazing namoyon qil, mahvasho, jahon ichra,
Asraganga oʻxshaydi yo jahon nihon ichra…
misralari tutqun, mazluma oʻzbek ayollari 
tomonidan yaratilgan:
Oqmidi bilaklarim, koʻpmidi tilaklarim,
Yetti qat or ostida chiridi suyaklarim,
35
kabi qoʻshiqlarni esga tushiradi.
Shoir zamona tomonidan har tomonlama huquqsiz 
qilinib “ichkarida” saqlangan bechora ayollarning 
dunyoda yuzini ochib yurishini orzu qiladi.
Ayollarning arzi-dodiga hech kim quloq solmas edi. 
Ularning oh­u zorini faqat oʻzlariga oʻxshash mazluma, 
dardkash, bechoralargina eshitar edi. Ularning yaratgan 
qoʻshiqlari 
ogʻizdan­ogʻizga, 
avloddan­avlodga 
koʻchib, bizgacha yetib keldi.
Zavqiy an’anaviy ishq-muhabbat temasidagi 
she’rlarning koʻpchiligini real hayotda sodir 
boʻlayotgan ana shunday hodisalar bilan bogʻlashga, 
mazmun­ gʻoyaviy jihatdan xalq qoʻshiq­ashulalariga 
yaqinlashtirishga urindi.
35
F. A inv. № 1138.


33
Ammo uning she’rlari orasida zamonasining 
boshqa shoirlarida uchragani kabi, quruq forma, 
soʻz oʻyinlariga berilish, ma’no jihatidan qashshoq 
boʻlgan “muvashshah”lar,
36
mahbub tashqi qiyofasining 
tasviridangina iborat boʻlgan gʻazal­muxammaslar, 
diniy­mistik ruhdagi hamd­na’tlar yoʻq emas. Uning 
“bayoz”larda bosilib chiqqan “Koʻzing”, “Aylab 
keling”, “Ishq yoʻliga kiray”, “Arzirmu”, “Yigʻlang”
37
kabi she’rlari oʻshanday she’rlar jumlasidandir.
Zavqiy ijodi uchun mistisizm, gʻazalxonlik xarakterli 
hodisa boʻlmay, uning dunyoqarashiga zamonasidagi 
hukmron ideologiyaning qilgan ta’siridir.
36 
Muvashshah – g‘azaldagi har baytning birinchi misradagi birinchi 
harflaridan kishi ismini chiqarish san’ati.
37
Shartli sarlavhalarni biz qo‘ydik.


34

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling