So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Birining ilkida qaymoq, birining ilkida may,
Birining ilkida boda, birining ilkida choy.
Birining ilkida bo‘za, birining ilkida humoy,
Munchalik mumtoz yaratibdur alarni kim xudoy.
13
deb, xushomadli madhiyalar yozib, iqtisodiy-siyosiy 
tomondan tushkunlikka yuz tutgan davrni koʻklarga 
koʻtarar ekan, mehnatkash xalq bunday deydi:
Ey falak, charxing buzilsin, kimga xor etding meni,
Nokasu nomehribonga intizor etding meni.
Intizorlik torta-torta tanda toqat qolmadi,
Yoʻl chibindek sargʻayib, ucharga holat qolmadi.
14
Yoki:
Daryolarni kim kechmaydi sayoz boʻlsa,
Chilla kirmay muz qotarmi ayoz boʻlsa.
Mard yigitni lohaz qilgan yomon narsa,
Olay desa, choʻntagida pul oz boʻlsa
15
.
Bu misralarda xalqning ogʻir moddiy qiyinchilikdan 
shikoyati aks etgan. Mazlumlar dahshatli zulmga, 
ekspluatatsiyaga qarshi yana shunday dard-alamli 
misralar yaratganlar:
Bu togʻlar baland togʻlar,
Mazlumlar yoʻlin bogʻlar,
Gʻaribga gʻarib yigʻlar,
Biz gʻaribga kim yigʻlar?
16
Koʻrmadim huzur-halovat
13 
Fazliy, “Majmuatush­shuaro” (Sh,I, inv, №5735), bet 372
14
F. A. inv. №87, 1338
15
F. A. inv. №87, 1338
16
F. A. Inv. №87, 1338


18
Doim ishim boʻldi mehnat.
Qamchilar boshimda pata-pat,
Naylay armon bilan ketdim.
Koʻzimning oqqan yoshiga,
Oʻrdak suzadi na qilay,
Yurakkinamning taptiga,
Tandir qiziydi na qilay?
17
Mazlumlarning farovon hayot haqidagi orzu-
umidlari, tilak-maqsadlariga qarshi xon-bek va boshqa 
ekspluatatorlarning zulmi koʻndalang turdi, zolimlar 
ezilgan xalqning moddiy boyliklarini turli yoʻllar bilan 
tortib olib, erkidan, orzu-havasidan, huzur-halovatidan 
mahrum etdilar. XIX asrning birinchi yarmi mehnatkash 
ommaning huquqlari poymol qilingan, inson zolimlar 
oyogʻi ostida toptalgan va gʻoyat qadrsizlangan davr 
edi. Adolatsizlik, jabr­zulm va benihoya ogʻir eksplua-
tatsiya natijasida xalqning och­yalangʻoch, boshpana-
siz qolishi bu davrning juda koʻp uchraydigan hodi­
salaridan edi. Zolimlar, razil amaldorlar, inson qiyofa-
sidagi boshqa hamma yirtqich tekinxoʻrlar mehnatkash 
xalqni ekspluatatsiya qilar, xoʻrlar, jabr­zulm oʻtkazib 
u ning boyligi hisobiga koʻngil ochar, koshonalar so-
lar, kayf-safo bazmlari qurar, uning lazzatini surar edi-
lar. Mehnatkash omma ezilish, xoʻrlanish bilan birga, 
u ning haqiqiy insoniy tuygʻulari, hislari, vijdonlari ham 
haqoratlangan edi. Yuqoridagi misralarda xalqning oʻz 
ayanch ahvolidan zorlanishi, ekspluatatorlarning jabr-
zulmiga boʻlgan nafrat­gʻazabi aks etgan.
17 
F. A. №87, №951, №817, №1138


19
Demokratik tendensiyadagi adabiyot vakillaridan 
Gulxaniy va Maxmur xalq adabiyotidagi realistik 
traditsiya izidan bordilar. Ular oʻzbek va tojik 
adabiyotining ulugʻ namoyandalari Alisher Navoiy, 
Abdurahmon Jomiy, Turdi va boshqalarning adabiy 
ijodidagi demokratik traditsiyalarni davom ettirib, 
ulardagi gumanizm, vatanparvarlik ideallarini 
rivojlantirishga harakat qildilar. Shuning uchun ham 
oʻz she’rlarida mehnatkash omma manfaatini birinchi 
oʻringa qoʻyib, oʻzlari yashab turgan davrdagi jabr­
zulm, haqsizlik haqida haqqoniy soʻzlarni aytishdan 
qaytmaydilar. Ular saroy shoirlariningdavr haqidagi 
soxta madhiyalari yolgʻon gaplardan iborat ekanligini 
ham oʻz she’rlarida isbot qiladilar. 
Gulxaniy “Zarbulmasal”
18
asarida Fazliy, Mir, 
Ado va boshqa saroy shoirlari tomonidan maqtalgan 
davrni “Ayyomi nofarjom” deydi, yana shu asarida 
“Fargʻona bilan Miyonqol qadimgi shahar va 
qal’alarning xarobalari bilan toʻlgan, bu xarobalarda 
faqat yapaloqqush bilan boyoʻgʻli uya qurgan”, deb 
koʻrsatadi. Maxmur esa “Hapalak” she’rida xon­beklar 
tomonidan xarob etilgan qishloq va uning non oʻrniga 
ajriq tomirini tuyib yegan, ochligidan qaddi bukilgan, 
“yurgagida onasi oʻragan lattalari uch ming­u yuz yetti 
boʻlak” boʻlsa­da, yelkalariga ilib yurgan, yalangʻoch, 
boshpanasiz, qashshoq aholisining achinarli ahvolini 
rostgoʻylik bilan tasvirlab beradi. Haqiqatan ham, 
Oʻrta Osiyoning har uchala xonligidagi mehnatkash 
ommaning ahvoli ana shunday edi.
18
Gulxaniy. Maxmurning 1951-yilda O‘zSSR Fanlar akademiyasi 
tomonidan nashr qilingan “Tanlangan asarlar”iga qaralsin.


20
XIX asr birinchi yarmidagi Maxmur, Gulxaniy kabi 
demokratik tendensiyadagi yozuvchilar traditsiyasi 
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi 
demokratik yozuvchilar tomonidan ijodiy ravishda 
davom ettiriladi.
***
Shoir Muqimiy, Furqat va Zavqiy mehnatkash 
ommaning ogʻzaki badiiy ijodiyoti va u bilan bogʻlangan 
demokratik tendensiyadagi adabiyot vakillarining 
realistik traditsiyalariga ergashadilar, ularning ta’sirida 
she’rlar yoza boshlaydilar. Ayniqsa, bular uchun Alisher 
Navoiyning boy ijodiy xazinasi ulugʻ bir maktab boʻldi.
Shoir Zavqiy ijodining dastlabki davriga oid she’rlari 
jumlasiga uning 1875­1876­yillar orasida Fargʻonada 
boʻlib oʻtgan muhim ijtimoiy tarixiy hodisalar 
bilan bogʻlangan “Chekib hasrat demish xon shahri 
Xoʻqandimdin ayrildim”
19
misrasi bilan boshlanadigan 
7 band (35 misra)lik bir muxammasi, 2-3 tojikcha
20

“Qarz”, “Pashshalar” radifli oʻzbekcha gʻazallarini 
kiritish mumkin. Bu she’rlardan “Qarz”, “Pashshalar” 
va yuqoridagi muxammasni mazmuniga qarab, shoir 
ijodining boshlangʻich davridagi realistik she’rlaridan 
19
Bu muxammasning qo‘limizda ikki xil: shoirning do‘sti marhum 
Muhammad Amin Ayyub o‘g‘li qalami bilan 1302-hijriy yili 
ko‘chirilgan nusxasi va I.M. nusxalari bor. Keyingi nusxasiga 
asoslanildi.
20 
Zavqiyning tojik tilida yozilgan she’rlaridan har xil manbalardan 
to‘plangan 5-6 tasi bor. Undan uchtasi diniy ruhda, qolganlari ishqiy, 
bittasi 1911-yil 25-noyabrda Qo‘qon rastasining kuyishiga bag‘ishlab 
yozilgan.


21
desa boʻladi. Shoir bu she’rlarda hayotdagi voqealarni 
real chizib koʻrsatishga urinadi, oʻz she’rlariga asosiy 
tema qilib kundalik hodisalarni, aktual voqealarni saylab 
oladi. U xon, beklarning surgan kayf-u safosi va uning 
ichki mohiyatini fosh etishga, mehnatkash ommaning 
ogʻir ahvolini tasvirlashga harakat qiladi.
Zavqiyning muxammasida asosan xonlikka 
boʻlgan munosabati ifodalangan. Shoir muxammasning 
birinchi bandida Xudoyorxon (1845-1875) toj-taxt va 
saltanatdan ayrilgandan keyin xonlik davridagi aysh-
ishrati, ogʻa­inilari, Nasriddin, Oʻrmon kabi oʻgʻillari 
bilan birgalikda surgan davru-davronlarini qo‘msab 
yigʻilishini bayon qiladi va xonning surgan oʻsha kayf­
safo, aysh­ishratlari “gunohsiz nechalarning moʻy­u 
soqolini terdirib yulish” – qonqora qaqshatish hisobiga 
boʻlganligini xon tilidan bunday eslatadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling