So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Gʻam yemang, ey rasta, oʻn soʻm tushti Shoolim
 puli,
60
Bu emas Sholim puli, albattadur, zolim puli.
Dod deng har yerga borib bu hamoqat dastidin,
Ja’m qilsam yetmagay jumla par-u bolim puli.
Naqd bir ming olti yuz soʻm zohir etti kissasi,
Nasya ma’lum erdi, ey ahbob, ahvolim puli.
Pulni olgach, koʻcha-koʻyda aytar ermish betamiz:
“Bul erur avvalgi bozorlardagi molim puli”.
Sihr oʻqib kelgusi bozor boʻlgʻusi bir pirazan,
“Qolgan erdi bersangiz oʻlganda – der – cholim
 puli”.
 Zavqiy kosiblar tilidin kimga dod aylar bu kun,
 Bu emas Sholim puli, albattadur, zolim puli.
61
Chor hukumatining katta amaldorlaridan boshlab 
eng kichik mansabdagi chinovniklarigacha poraxoʻr 
edilar. Shular jumlasidan, bozordagi bir rastaning 
oqsoqoli Shoolimga oʻxshagan kishilar oʻzidan katta 
lavozimdagilarga pora berib, amal-mansab sotib 
olganlaridek, oʻzlari ham kosiblarni qoʻrqitib, aldab, 
turli nayranglar bilan pora olar, talar edilar, Zavqiy 
bu she’rga ana shunday tipik voqeani tema qilib oldi 
va u orqali Shoolimga oʻxshagan yaramaslarni fosh 
qildi. Zavqiy Shoolimning yordamchisi savdogar 
Abdurahmon shaytonning qabihliklarini bundan ham 
battarroq ochib tashlaydi:
60 
Y. Abdurazzoqning aytishicha, rastadagi har bir doʻkonga oʻn 
soʻmdan “soliq” solgan.
61 
Bu she’rning ikki nusxasi bor (A. Gʻ va I. M.), Zavqiy bilan 
Moʻminshoh orasining buzilishiga shu she’r sabab boʻlgan.


54
Xira iblis kabi benomus-u beor ketsang-chi!
Yalogʻ yoʻq suqmagan bosh, ey sagi bozor, 
ketsang-chi!
Vujudingda saodatdin asar yoʻq, nahsi akbarsan,
Balo angizsan, ey kavkabi dumdor, ketsang-chi!
Firibgarlikda tanho dogʻulivash
62
 yo kamak nasli,
Kishilar nazdida bir koʻsayi Oldor
63
, ketsang-chi!
Xonatlas deb sotib boʻz-u boʻyoqdin surma-yu elik, 
Olib qoʻyganni(ng) turqin aylading guldor,
 ketsang-chi!
Kafan kosibga Sholim boʻlsa, sen pichmoq uchun 
qaychi,
Amaldorlarga boʻlgan, ey laganbardor ketsang-chi!
Zavqiy oʻz she’rlarida kambagʻal kosiblarni himoya 
qilganligi, ularga achinib, ularning dushmanlarini 
ayovsiz fosh etganligi uchun kosiblar uni “kosiblar 
zakonchisi” deb atay boshladilar. 
Zavqiy “Gʻoʻdaslikboy haqida”
64
degan she’rida bir 
xasis boyning obrazini chizadi. Shoirning tasviricha, 
qoʻtonda qoʻyi, tablada oti, soyabon aravalari boʻlgan 
boy el koʻziga qashshoq gadoylardek yirtiq kiyimlar 
kiyib, uzoq yoʻllarni yayov bosib yuradi. U oʻz uyida oʻt 
yoqib, ovqat pishirmaydi, doim suqlik bilan birovlarning 
qozoni boshida, dasturxoni ustida choʻk tushadi. Ammo 
bu odam “oʻz pulini yiliga qirq protsentdan oltmish 
protsentgacha foydaga qoʻyuvchi sudxoʻrlardan” 
62
(Eski jangnoma kitoblardagi mashhur ayyorlarning nomi) yo 
kamak nasli.
63
Latifalardagi kishilarni aldaydigan Oldorko‘sa.
64
A.Gʻ. I. M. nusxasi


55
boʻlganidan, qarzdorlariga juda berahmdir. Axloq 
tomonidan Muqimiy hajv qilgan Ashurboydan ham past 
kishi. She’rning har bir satrida shoirning boyga boʻlgan 
gʻzabi yaqqol sezilib turadi:
Tang koʻzingdek muncha tang-u tor boʻlmay oʻl,
Jamoat vaqti peshin Jomi’da tayyor boʻlmay oʻl…
Gʻusl demay, tugʻilib, umrda yuvmay (bet-u qoʻl),
Harom-harishda Ashurboy kabi nomdor kabi
 boʻlmay oʻl…

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling