So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Bozorga borsam – handalak,
Urushga borsam − zambarak. 86 A.F. inv. №1138 74 Mirkomildin qarzim yo‘q, Hamisha do‘ppim chambarak. 87 Doim xalq ichida yurgan Zavqiy imperialistik urush natijasida front orqasidagi xalq boshida kundan kunga ortib borayotgan kulfatlarni ko‘rib qayg‘urardi. Shoir o‘zining achchiq taassuroti, qayg‘u-hasratini 1914-1916-yillar orasida yozgan “Qahatlik”, “Zamona” 88 she’rlarida ifodalaydi. Bu yillarda demokratik adabiyotning safi Sadriddin Ayniy (1878-1954), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884- 1919) va Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) kabi talantlar hisobiga o‘sib mustahkamlanmoqda edi. Ular, ayniqsa, Hamza Hakimzoda o‘z asarlarida mehnatkash ommaning imperialistik urush natijasida tortgan og‘ir kulfatlari, zamondan noroziligini aks ettirish bilan birga, xalq orasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini propaganda qildi. Uning 1914-1916-yillar orasida nashr etilgan to‘plamlaridagi “Sog‘inib”, “Salom ayting” va boshqa shu kabi she’rlari ham mehnatkash omma tomonidan yaratilgan qo‘shiq-ashulalar bilan g‘oyaviy jihatdan birdir. 89 Zavqiyning “Qahatlik” she’ri Navoiyning “Farhod va Shi rin” dostoni vaznida yozilgan uzun masnaviy (ikkilik) dan iborat. Shoir bu she’rda og‘ir, moddiy qiyinchiliklar ostida kun kechirayotgan shahar mehnatkashlari, turli 87 F.A. inv.№1138. Qo‘shiqda nomi keltirilgan andijonlik boy 1918-yilda revolyutsiya dushmani sifatida otib o‘ldirilgan. 88 Bu she’rlarning Qo‘qondan va Paxtaobod rayonidan topilgan nusxalari qo‘limizda. Qo‘onda topilgan nusxada “Qahatlik” 68 misra, Paxtaoboddan topilgan va I.M. nusxalari 110 yo‘l. Shu keyingisi asosga olindi. 89 Qaralsin: Hamza Hakimzoda.Tanlangan asarlar. O‘z SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1949,20-30-betlar 75 tomonlardan ish-non qidirib, shaharlarga kelgan och- yalang‘ochlarning achinarli ahvolini, xalqning bu ahvoliga ekspluatator sinf vakillarining munosabatini xarakterli voqealar bilan chizib ko‘rsatishga harakat qiladi. She’r shunday boshlanadi: Qahatlik bo‘ldi Farg‘onamizda, Topilmas parcha non vayronamizda. Payg‘ambar bo‘lsa − osh, non avliyodir, Yana ochlik davosiz bir balodir. Ochlik, qahatlik, vayronlik ustiga 1916-yilning bahoridan boshlab Farg‘ona vodiysining ko‘pchilik shahar-qishloqlarida vabo (chuma) kasali tarqaladi. Odamlar uylarida, mahallalarda, ko‘cha-ko‘ylarda ko‘plab o‘la boshlaydi. O‘liklarni ko‘mish bilan shug‘ullangan odamlarga ham bu kasallik yuqib, nobud bo‘lganini ko‘rgan kishilar sarosimaga tushadilar. Kasallik tarqalgan joylardagi sog‘ qolgan xonadonlar dalalarga ko‘chib kapa tikib o‘tiradilar. Murdalarning ko‘pi ko‘milmasdan qoladi. Bu ahvolni shoir shunday ko‘rsatadi: Qirildi qancha odamlar vabodin, Nishona qolmadi mehr-u vafodin. Dafn qilmoqqa o‘lganni kishi yo‘q, Kim o‘lgan birla olamni(ng) ishi yo‘q. Avvallari boylar, mansabdorlar orasida mehr-u vafo, odamgarchilik faqat quruq so‘zdan iborat edi. Bu yillarga kelib quruq so‘z ham, Zavqiy ta’rificha, “anqoning soyasiga” qochadi. 76 Shoir eski shahar ko‘chalaridagi burchaklarda, madrasalarning devorlari ostida ochlikdan tinkasi qurib, sulayib qolgan yosh-qari, erkak-ayolni, tilanib yurgan xotin-xalaj, go‘daklarni, bozor ichida turli oziq-ovqatlardan olib qochib, ushlanib kaltaklanishiga qaramay, qo‘lga kiritgan g‘animatlarini yeb yurgan kishilar, o‘g‘ri-kissavurlarning ko‘payganligini birma- bir tasvirlab, ochlar alomonining amaldorlarga qilgan arz-dodi va uning natijasini shunday bayon qiladi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling