So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa ajab ermas,
Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa ajab ermas.
Bu davlat suv yuzinda bir hubob o‘lsa ajab ermas,
Ko‘rinsa surati asli niqob o‘lsa ajab ermas.
Ochilsa pardalar yuzdin hijon o‘lsa ajab ermas.
Zavqiyning fikricha, o‘z xalqining murod­maqsadga, 
haqiqiy ozod yashash kunlariga erishuvi uchun nasimi 
jonfizo (jonni rohatlantiruvchi mayin shamol), xazon 
pajmurda bo‘lganlarga (zulm-sitam bilan xazon bo‘lib 
sinib boruvchilarga) soh havo, gadolarning boshiga 
soya soluvchi Humo − yo‘lboshlovchi, yetaklovchi 
kuch kerak. Shu narsalar mavjud bo‘lsa, zamonning 
o‘zgarishi, inqilob bo‘lib qolishi ajab ermas:
Nasimi jonfizo bemor tanga, ey sabo yetkur,
Xazon pajmurda bo‘lganlarga bu ob-u havo yetkur.
Qo‘y endi biz bilan begonani, bir oshno yetkur,
Gadomiz, boshlar uzra soyalar solsin Humo yetkur,
Muqarrardir zamona inqilob o‘lsa ajab ermas.
Zavqiy “Ajab zamona” she’rida ham rahbar kuch 
bo‘lishini orzu qilgan edi, bu she’rida esa shu fikrini 
kengaytirib, ochiqroq bayon qildi.
Shoirdagi bu tushuncha 1916-yil voqealarini chuqur 
kuzatishi, shuning bilan birga, Qo‘qon deposidagi 
ishchilar bilan yaqinlashishi, ularning suhbatidan olgan 
taassurotidan tug‘ilgan edi.


81
Turkiston xalqlarining 1916-yildagi stixiyali 
qo‘zg‘olonlari rahbar kuchning bo‘lmaganidan 
muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
Zavqiy bu she’rida orzu qilgan rahbar kuchning 
kimlar bo‘lishini aniq ko‘rsata olmasa ham, Turkiston 
xalqlari kelajagi uchun qudratli ittifoqchi rahbarga 
muhtoj ekanligini sezadi, o‘shanday kuch bo‘lganidagina 
xalqning ozodlikka chiqa olishiga, Vatanning obod 
bo‘la olishiga qat’iy umid bog‘laydi, shu bilan birga 
1916-yildagi azob-uqubatlar ostida ezilgan mehnatkash 
ommaga dalda beradi:
O‘tib bir qarn, aqronim, jahon obod ko‘rgaysiz,
Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko‘rgaysiz,
Giriftori alam ermas, hammani shod ko‘rgaysiz.
Burungi o‘tgan-u ketgan, ko‘nglida yod ko‘rgaysiz,
Qarigan chog‘da Zavqiy bir shabob o‘lsa ajab 
ermas.
91
Zavqiy bu she’rida mehnatkash ommaning kelajak 
to‘g‘risida qilgan eng yaxshi orzu-umidlarini aks ettirdi.
“Ajab ermas” muxammasi shoir lirikasida alohida 
o‘rin tutadi. Til, uslub, vazn jihatidan juda ravon 
va tushunarli bo‘lgan bu she’r Zavqiyning badiiy 
mahoratini namoyish etadi.
“Ajab ermas” muxammasida talqin etilgan ideya 
Zavqiyning oliyjanob g‘oyalar uchun kurashuvchi kishi, 
zamonasining eng ilg‘or, peshqadam shoiri ekanligini 
ko‘rsatadi.
Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri uning vatanparvar, 
xalqparvar va kelajakka qat’iy ishonch bilan qarovchi 
chuqur optimist shoir ekanini ko‘rsatuvchi asardir.
91 
Bu she’r Farg‘ona vodiysida juda keng tarqalgan. Hozir ham ashula 
qilib aytiladi.


82
* * *
Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy o‘z she’rlarida 
mehnatkash ommaning manfaatini himoya qilib, 
Vatanparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi. 
U xon-beklar davrini qoraladi, Turkistonning Rossiya 
bilan qo‘shilishining ijobiy ta’siriga xayrixohlik bildirdi
xalq hayotida vujudga kelgan yangiliklarni xursandlik 
bilan qarshi olib, uni kuyladi.
U kolonial davrdagi hayotning ayanchli kartinalarini 
rostgo‘ylik bilan chizib ko‘rsatdi. Mehnatkash ommaning 
boshiga ko‘p kulfatlar keltirgan adolatsiz sotsial tuzum 
va uning zulmidan shikoyat qildi. Ekspluatator sinf 
vakillarini masxaraladi va ularning sirini fosh qilishga 
urundi, kelajakka optimistik ruhda qarab, cheksiz 
jabr-zulm hukmronlik qilayotgan ijtimoiy tuzumning 
o‘zgarishi zarurligini sezdi.
Zavqiy ekspluatatorlar sinfi bilan ekspluatatsiya 
qilinuvchi mehnatkash ommaning sinfiy qarama­
qarshiligi, antagonistik to‘qnashuvini ibtidoiy 
ko‘rinishlarda bo‘lsa ham, o‘z asarlarida tipik voqealar 
orqali chizib ko‘rsatishga harakat qilib, Muqimiy 
ijodida paydo bo‘la boshlagan konfliktni davom ettirdi, 
rivojlantirdi.
Biroq uning ongidagi ayrim qoloq tushunchalar 
ta’siri bu konfliktni revolyutsion demokratik xulosalar 
chiqarish darajasiga ko‘tarishga imkon bermadi. Ammo 
shunday bo‘lishiga qaramay, Zavqiy Rossiyaning ilg‘or 
ijtimoiy fikrlarining ijobiy ta’siri ostida Turkistonda 
vujudga kelgan antifeodal progressiv-demokratik 
ruhdagi kishilardan biri darajasiga ko‘tarila oldi.


83

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling