So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Chiqib erdim bukun yangi shaharga,
Ko‘zim tushdi bu yanglig‘ sho‘r sharga. Yalanglikka yig‘ilgan ko‘p xaloyiq, So‘z aytur har biri holiga loyiq. Komitet sadri, hokim ham pristav, Chiqib keldi, alarni qurshadi to‘p. Urib ko‘ksigakim yozib qulochin, Dedilar: − Hamma och, aylang ilojin… To‘plangan xalq butun qiyinchiliklarni gapirib kelib: “Odamzotning bu xilda xor-u zor bo‘lganini ko‘rmagan edik, oq podsho bu ahvolni bilarmikan, agar bilmasa, telegramma berib xabardor qiling, biror chora ko‘rsin, yo‘q esa odamlar qirilib ketadi”, deb boshliqlarga arz qiladilar. Hokim xalqni qo‘rqitib, tilmochi orqali ancha gapirgandan keyin: O‘shal German urushi to‘xtagan on, Poyizlarda kelur oshliq bilan non,− degan chuchmal javob qaytaradi. Komitet sadri lavozimida turgan kishilar esa xalqqa qarab: Borib uy-uyga, aylanglar duoni, Xudoyim asrasin oq podishoni, − 77 deb taskin beradilar. “Katta”lardan bu javobni eshitgan xalqning faryodfig‘oni ko‘kka ko‘tariladi, ammo bu yig‘i-sig‘ilar natija bermaydi. Reaksion ulamolar, diniy-mistik shoirlar, xalqni qiyinchilikka chidashga, balolarga sabr-qanoat qilishga, kecha-kunduz toat-ibodat qilib, oq podshoga g‘alaba tilashga chaqiradilar. Zavqiy she’rining keying misralari ana shu qora kuchlarning razil, munofiqona harakatini ochib tashlaydi. Bu she’rni o‘qigan kishi 1916-yil qo‘zg‘olonlari arafasidagi mehnatkash ommaning moddiy ahvoli, ruhiy kayfiyatini ko‘z oldiga keltira oladi. Ammo Zavqiyning ongiga revolyutsion g‘oya kirib, o‘zlashib yetmaganidan bu she’rida xalqning kechirgan og‘ir kunlariga qayg‘urib, turmushning ayanchli kartinasini chizish bilan chegaralanadi, shu qiyinchiliklar, kulfatlardan qanday qutulish yo‘lini xalqqa ko‘rsatib bera olmaydi. Shoir bu she’rni: Quloqlar har tarafda kecha-kunduz, Falakda bore mish quyruqli yulduz deb yakunlaydi. Mutaassib astrologlar e’tiqodicha, osmonda quyruqli yulduz ko‘paysa, notinchlik, to‘polon, isyonlar vujudga kelib, o‘zgarish paydo bo‘ladi. O‘sha davrlarda bu tushuncha kishilar ongiga singdirilgan edi. Zavqiy zamonni o‘zgartiradigan ijtimoiy kuchlar va ularning ijtimoiy qudratini bu she’rda chizib ko‘rsatib bera olmagan bo‘lsa-da, zulmning abadiy qolmasligiga va adolatning oxir bir kun yengib chiqishiga ishonadi. Shoirning ishchilar sinfiga yaqinlashishi, ko‘z o‘ngidagi quruq hashakdek qovjirab, gugurt chaqsa 78 alanga olish holiga kelib qolgan xalqning ahvoli uni zamonning o‘zgarishi mumkinligini sezishga olib keladi. Bu she’rning yana bir xususiyati shundaki, Zavqiy ijodida tug‘ila boshlagan yangi konflikt − ikki sinfning antagonistik to‘qnashuvini real voqealar orqali chizib ko‘rsatish bu she’rda yaqqolroq ko‘rinadi. Bizningcha, bu she’rdagi och-yalang‘ochlar og‘ir ahvolining tasviri, bu ahvolni hokim, pristav, boylarga arz qilish va ularning bergan dag‘al javobi kabi kartinalar, hali zaif holda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Muqimiyning “Voqiyi tanob”, “Voqeayi ko‘r Ashurboy hoji” va boshqa she’rlaridagi kabi, demokratik adabiyotda sinfiy qaramaqarshilikni ifodalaydigan yangi konfliktning davomidir. Biz yuqorida Zavqiyning “Chiqdi”, “Ajab zamona”, “Muncha ko‘p”, “Dunparvar, ey zamona” kabi she’rlarida zamonning zulmidan, mehnatkash insonning, aql-bilim va hunar egalarining xor-zor bo‘lishidan zorlanib qilgan shikoyatini ko‘rib o‘tdik. Urush tufayli ochlik, qahatchilikning kuchayishi bilan mehnatkash xalq falokat ostida qolib, qadrsizlanishi bu yillarda ilgari davrlardagiga qaraganda yana ham mudhishroq tusga kirdi. Halol mehnat, kasb-hunar, bilim egalarini chin inson deb bilgan, ularga achinib, mehr- muhabbat qo‘ygan shoir shu yili insonparvarlik temasida “Zamona” she’rini yozib, unda o‘zining yuqoridagi she’rlarida ko‘tarib chiqqan demokratik g‘oyalarini chuqurlashtiradi, puldorlarga va ularga imtiyoz bergan zamonaga, mehnatkash ommani qadrsizlantirganligi, xor-zor etganligi uchun la’nat o‘qiydi. 79 * * * Podsho hukumati 1916-yil 26-iyulda Turkistondagi yerli xalqlardan mardikor olish haqida farmon chiqaradi. Ochlik-yalang‘ochlik, zulm-xo‘rlik tinkasini quritib turgan mehnatkash ommaga bu farmon xuddi quruq hashakka gugurt chaqqandek ta’sir qiladi. Bu farmon munosabati bilan Turkiston o‘lkasining Toshkent, Jizzax, Marg‘ilon, Andijon kabi shaharlarida mehnatkash ommaning qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Bu qo‘zg‘olonlar, asosan, Turkiston xalqlarining kolonial zulm, ekspluatatsiyaga qarshi milliy-ozodlik harakatlari edi. Bu qo‘zg‘olonlarning chor hukumati tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilishi Turkiston mehnatkashlari yuragida chor hukumati va ekspluatatorlar sinfiga qarshi g‘azab o‘tini alangalantiradi. Ularning yuragida ezuvchi sinflarga qarshi qo‘zg‘algan qahru g‘azab, ozodlikka intilish tuyg‘ularini o‘stiradi. Mehnatkash ommaning kelajak haqidagi orzu- istaklarini Zavqiy shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida yozgan “Ajab ermas” 90 she’rida aks ettiradi. Bu she’r shoir qarashidagi demokratizm, vatanparvarlik, taraqqiyparvarlik g‘oyalarini yorqin ifodalaydi. Mazkur she’r uning revolyutsiyagacha yozgan she’rlarining ichida eng a’losi, ijodining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib qoldi. Muxammas tarzida yozilgan bu she’r to‘rt band (20 misra)dan iborat bo‘lib, har bir bandida shoir o‘z Vatanining kelajakdagi ozodligi, farovonligi haqida optimistik mulohazalar yuritadi. U Farg‘onaning 90 A.Q. nusxa asosga olindi. 80 kelajagiga zo‘r umid bog‘laydi, ozodlik yo‘lidagi kurashlar g‘alaba qozonishiga ishonadi. Kelajakda zolimlar yo‘qolib, ochlik, muhtojlik, jabr-zulm bilan to‘lgan kunlar suv betidagi hubob (ko‘pik) yoki havodagi sahob (bulut) kabi tez o‘tib ketadi., deb ishonadi, xalqni ruhlantiradi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling