So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Hayhot, eshitsangiz, ulus,
Obid degan qaynar boʻlus,
Mansab esiz, xayfi julus, 
Bad lafz-u bad guftor ekan.
Qaynar gapi – qaynar buloq,
Hech soʻzga solmas quloq.
Oʻlsin yemay, echki-uloq,
Koʻp poraxoʻr – murdor ekan.
Chaqsam – chiyon deb maqtanar,
Men koʻp yomon deb maqtanar,
Umrim piyon deb maqtanar,
Oʻz aybiga iqror ekan.
Zavqiy tasvirlagan Obid mingboshi ham 
Muqimiyning “Sayohatnoma”sida karikaturasi 
chizilgan mingboshilardan biri kabi gavdalanadi. Amal-
mansabni suiiste’mol qilib, pora bilan boylik toʻplovchi 
mingboshi va boshqa amaldorlarning hammasi ham 
xarakterda, xulq-atvorda bir xil edilar. 
Zavqiy bu yerda mingboshining obrazini chizgan 
boʻlsa, 1907­yilda yozilgan “Shoh Inoyat qoʻrboshi 
haqida hajv”
75
she’rida boshqa bir chinovnik – Shoh 
Inoyat obrazini quyidagicha tasvirlaydi:
74 
A. Gʻ. nusxasiga asoslanadi.
75 
Bu she’rning avtografi qoʻqonlik O.Murabbiyevda.


66
Shoh Inoyatki amal davrida
Nechani(ng) oqizdi koʻzin yoshini.
Kibr-u inod-u hasad-u zulm ila
Qilgan edi mamli ich-u toshini.
Xalqiga tarqatmoq uchun doimo
Qurgan edi jabr-u sitam doshini.
Kelsa kishi qoshiga arz etgali
Tergan edi kiprik ila qoshini.
Qilsa kishi fosh vafo shevasin
Ortgan edi anga jafo toshini.
Qoʻrboshining uyezd hokimi Medinskiy bilan 
doʻstligi xalqimiz orasidagi “Pes pes bilan qorongʻida 
topishar” degan maqolni eslatar edi. Shoir buni shunday 
tasvirlab beradi:
Necha kun oʻldi Medinskiyga yor,
Topdi borib tunda u yoʻldoshini.
Ul edi fir’avn, bu xomon anga,
76
 
Oʻtti qilib har biri kengoshini…
Zavqiy kolonizator hokim Medinskiyni zolim 
podsho Fir’avnga, uning yerli aholi orasidagi suyanchigʻi 
qoʻrboshi Shoh Inoyatni – zolimlik, mugʻombirlik, 
hiyla­nayrangda Fir’avndan oʻtib tushadigan vazir 
Xomonga oʻxshatadi. Zavqiyning “Voqiai Viktor” 
she’rida metropoliya kapitalistlari koloniya xalqlarini 
talashda mahalliy boylarga suyanganligi koʻrsatilgan 
boʻlsa, bu she’rda kolonizator chinovniklarning 
mahalliy amaldorlarga suyanganligi ochiq ifodalangan. 
Zavqiy nafratlanib tasvirlagan Obid mingboshi, 
76 
Qadimiy afsonaga koʻra, Muso paygʻambar zamonasida yashagan 
zolim podsho va uning vaziri.


67
Shoh Inoyat qoʻrboshidagi salbiy xususiyatlar oʻsha 
zamonning hamma amaldorlari, mansabdorlari uchun 
xarakterli, tipik xususiyatdir. Shuning uchun ham bu 
obrazlarni XIX asr oʻzbek adabiyotida Zavqiy ijodining 
oʻziga xos xususiyatiga koʻra oʻziga xos tipik desa 
boʻlaveradi. Zavqiyning amal­mansab egalari haqida 
yaratgan satiralari “…achchiqlangan hisning hamlasi, 
energiyasi, oliyjanob gʻazabning momaqaldiroq va 
chaqmogʻidir”.
77
Mehnatkash omma vakili sifatida Zavqiy Medinskiy, 
Obid mingboshi, Shoh Inoyat qoʻrboshi kabi mansab 
egalarini xalq bilan qilgan muomalasiga qarab baholadi.
Zavqiy “Ahli rasta” she’rini yozganidan keyin 
boshiga qanday kulfatlar kelganini, qanchalik ta’qib, 
kuzatishlar ostida qolganini koʻrib oʻtgan edik. U 
Qoʻqondagi mansabdorlar koʻziga yomon koʻrinib 
qolganidan, bu yerlarda ham goronish, uyezd hokimi 
huzurida bir necha marotaba soʻroq beradi.
78
Bu 
ahvoldan ta’sirlangan shoir 1907-1908-yillar orasida 
“Boʻldi”
79
radifli gʻazal yozib, unda oʻz boshidan 
kechgan mojarolarga ishora qilish bilan birga, qisman 
shu yillardagi vaziyatni ham koʻrib oʻtadi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling