So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Aytsam siza soʻz rostidin,
Ham avj, baland-u pastidin, Tushmang birovlar qasdidin, “E porso siz” afandilar. Farq aylamay yaxshi-yomon, Kim arpa-bugʻdoy, kim somon, Tuhmat, haqoratlar hamon Na muddaosiz afandilar. Shoir she’rda oʻz pichingini oʻtkirlashtirish uchun xalqning “siz arpabugʻdoy, biz somon, hamma yaxshi, men yomon” maqolidan ustalik bilan foydalanadi. U keyingi misralarda doʻstlari Muqimiy, Furqatlarning nomini hurmat bilan tilga olib, ularga qilingan tuhmatga javoban yozadi: Doim Muqimiy, Furqati, Yodimda mehr-u shafqati, “Isloh”da boshlab tuhmati, Koʻp norasosiz, afandilar. Zavqiy jurnalda oʻzining tanqid qilinganidan koʻra koʻproq oʻsha vaqtda hayot boʻlmagan Muqimiy, Furqatlarning haqoratlanishidan achchiqlanadi. U, Muqimiy hayot boʻlsa, sizlarga yaxshi javob berar edi, degan fikrni shunday ifodalaydi: Boʻlsa degay erdi Muqim, “Isloh”ingizga.... (Uyatli soʻz tushirib qoldirildi) 85 Bu she’rning M. I. nusxasiga asoslanildi 72 E sholcha tab, aqli toʻqim, Shum behayosiz, afandilar. Ularning oq, totli atalgan narsalari shoirga moʻridek qora yoki pishmagan gʻoʻraga oʻxshab koʻrinadi. Shoir bu misralarda “Yedirgan qoʻyni ham koʻr, yegan boʻrini ham” degan xalq maqoli asosida ularga qarata xitob qilib, ularning ikkiyuzlama, munofiqliklarini yuzlariga ochiq aytadi. Shuning bilan birga xalq maqolidagi qoʻyni – mehnatkash omma, boʻrini – zolimlar (ekspluatatorlar) simvolida ishlatadi. Shoir maqol mazmunidan kelib chiqib koʻpchilikning kuchiga va afzalligiga ishonganligini ta’kidlab, boʻri kabi ozchilikni tashkil etgan sayyohlarning soʻzi, yozayotgan narsalari yolgʻon, soxta ekanligini fosh etib, ularga nafrat bildiradi: Doʻzanda, kosiblik ishim, El birladur yoz-u qishim, Yoʻq, arz etarga bir kishim, Yavmul-jazosiz afandilar. Karnay cholib bekorga, Zavqiy osilmas dorga, Arzim shu doʻst-u yorga, Kim hoʻl-balosiz afandilar. Shoir zamona zulmiga, ekspluatatorlarning yetkazgan kulfatlariga qarshi shikoyat va noroziligini oʻz xalqiga arz qildi. Zavqiyning bu she’ri uning tutgan pozitsiyasini aniqlashda zoʻr ahamiyatga egadir. Uning bu she’ridan ma’lum boʻlishicha, u reaksion ulamolar bilan ham, millatchi jadidlar bilan ham aloqa qilishni mutlaqo istamadi. U mehnatkash omma tarafida 73 ekanligini qat’iy ta’kidladi. Shoir umrining oxirigacha xalqni sevdi, unga suyandi, xalqqa sodiqligicha qoldi. Germaniya 1914-yil 19-iyul (1-avgust)da Rossiyaga qarshi urush ochdi. Rossiya Birinchi jahon imperialistik urushiga kirdi. Uzoq davom etgan bu urushning ogʻir dahshati Turkiston oʻlkasining Fargʻona oblastidek chekka joylarini ham larzaga keltirdi. Ochlikyalangʻochlik tufayli kelib chiqqan muhtojlik mehnatkash ommaning tinkasini quritdi. Bir parcha non uchun shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezuvchi ochlar alamoni ilgaridan ham koʻpaydi. Fargʻona vodisidagi boylar ishchidehqonlar hamda kosiblarning bu ogʻir ahvolidan foydalanib, ularni tobora ogʻir toʻlovli qarzlar bilan bogʻlab ola boshladilar. Qorin toʻygʻazish umidida boylar tuzogʻiga ilinib qolgan bechoralar o‘z ahvolini tuzoqqa ilingan bedanalar ahvoliga o‘xshatadi. Bedana aytur “pitpildiq”, Sedana pishmay biz keldik. Nafsimizga o‘t tushsin. Loy tuzoqqa ilindik. 86 Bu qo‘shiq “Bedananing uyi yoq, qayga borsa pitpildiq” kabi maqollar bilan qo‘shilib, uy-joysiz, darbadarlik bilan ish, non qidirib yurgan kishilarning og‘ir ahvolini aks ettira oladi. Urush yillari davomida boylarning “loy tuzoq”lariga ilinmaslik kambag‘allar uchun baxtdek ko‘rinib qoldi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling