So'ngi versia indd
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
zavqiy oxirgii
Eshit arzi holim ey …. lar,
Muncha yakkalading baring. Chopishib kelib, qoqishib tutib, Xiyla qoʻrqitib talading baring… Qalampir soʻzim qildimi asar, Chopishib har qayonga sarbasar, 63 Misli pashsha chaqqan moda xar, Koʻcha-koʻyda shattalading baring. Menga bir boʻqoqni xirillatib, Qopib ol ani deb irillatib, Olaqargʻadek yigʻilib choʻqib, Menga hurpayib qarading baring… Bu she’rda shoirning boylarga boʻlgan nafrati, gʻazabi yaqqol koʻrinib turibdi. Shunchalik ta’qib, tergovlardan keyin ham u boylarga, amaldorlarga taslim boʻlishni istamagan. U xalqning kuchiga ishonganligidan boylardan ham, ularning homiylari – amaldorlardan ham qoʻrqmaydi, ular qarshisida tiz choʻkish emas, balki ularga qarshi kurashni davom ettiraveradi. 1905yil noyabrdekabr oylarida Qoʻqon deposidagi ishchilar zabastovka boshlaydilar. Bunga temiryoʻl ishchilarining koʻpchiligi qoʻshiladi. Poyezdlar yurmay, toʻxtab qoladi. Bu – 1905yil revolyutsiyasi toʻlqinining Turkiston viloyatining sanoat shaharlaridan biri boʻlgan Qoʻqondagi koʻrinishi edi. Muhim manbalarning ta’kidlab koʻrsatishicha, bu hodisa bir necha kungacha davom etadi. Shoir bilan hamsuhbat boʻlgan keksalarning aytishlaricha, Zavqiy bu hodisaning sababini bilishga urinadi, depoga chiqib, ishchilar bilan suhbatlashadi, u ishchilarning biridan “Nimaga poyezdlar yurmay qoldi? Qizil bayroq nimaga ishora, nima sababdan hamma amaldorlar sarosima, asabiy?” – deb soʻragan. (Shoir suhbatlashgan ishchi oʻzbekchani yaxshi bilgan). U ishchi shunday javob beradi: – Rossiyada ishchilar inqilob qilib, podsholikni, burjuy askarlarini yoʻqotish uchun urushmoqdalar. Biz 64 ham oʻsha harakatga qoʻshilib, birodarlarimizga yordam bermoqdamiz. Bu javobdan hayratlangan shoir ishchilar bilan suhbatni davom ettiradi. Suhbatlashgan ishchi 73 Zavqiyning shoir ekanligini bilgach, undan shahardagi kosiblar, qishloqlardagi dehqonlarning ahvoli, kayfiyatiga doir bir qancha soʻroqlar beradi. Keyingi vaqtlarda ham shoir tez-tez depoga chiqib, ishchilar, shaxsan oʻsha kishi bilan suhbatlashib yurganligi aytiladi. Shuning uchun ham Zavqiyning shu yillarda va undan keyin yozgan “Obid mingboshi haqida hajv” (1906), “Shoh Inoyat qoʻrboshi” (1908) kabi satiralari, “Kajdor maraz ey zamona” (1905), “Kamsuxanlik” (1912-13), “Qahatlik” (1916), “Ajab zamona” (1916) kabi siyosiy lirikalarida avvalgilarga qaraganda demokratizm, ozodlik, kelajakka umid bilan qarash gʻoyalari kuchlidir. 19051907yillar oraligʻida Zavqiyning togʻasi Muhammad Siddiq vafot etib, uning merosxoʻr farzandi boʻlmaganidan uning Qaynar (sobiq Qoratepa), Yangiqoʻrgʻonning Karimbobo mavzuidagi yerlaridan Zavqiyga biroz yer meros tegadi. Bu yerlarni shoir qishloqshahardagi yordoʻstlarining yordami bilan oʻzi ekib, oʻzi parvarish qiladi. Hatto u 19061907yillarda bir yil Qaynarga koʻchib borib ham turadi. Bu hol shoirga qishloq hayotini yanada chuqurroq oʻrganishga, 73 Zavqiyning shogirdlari aytishicha, bu ishchi (ism-familiyasini bilmaydilar) inqilobdan keyin osobiy otdelda ishlagan. Zavqiy bilan koʻp uchrashib yurgan. 19201921yillarda bosmachilarga qarshi boʻlgan janglarning birida halok boʻlgan 65 dehqonlar ommasining ahvoli, kayfiyati bilan yaqindan tanishishga imkon beradi. U 1906-yilda “Obid mingboshi haqida hajv” 74 she’rini yozib, bunda qishloq amaldorlarining tipik obrazini chizadi. Bu she’rda Obid mingboshining poraxoʻrligi, ahmoq, nodonligi shunday fosh etiladi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling