So'ngi versia indd


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii

Eshiting qissai men aylayin izhor Fargʻona,
Quyib xokistar oʻldi jumlai bozor Fargʻona,
Misol otash bilan boʻldi, koʻring “gulzor” Fargʻona,
Xuruji (oʻgʻrilardin) tortadir ozor Fargʻona,
Xaloyiqlar koʻziga endi boʻldi tor Fargʻona.
Shoir Fargʻonaning shu ahvolga tushishiga sababchi 
boʻlgan kishilarni yana savalash, fosh etish lozim 
ekanligini tushundi. 
Shoir burjua millatchisi, chet el imperializmining 
agenti Odil koʻrning jinoyatlarini fosh etish bilan unga 
qarshi nafratini bildiradi:


86
Kim dod aylayin, ahli hukumat boʻlsa Odil koʻr,
96
 
Koʻp odam qoniga zomin boʻlib bu ablah johil koʻr,
Urushni boshladi, qochdi, oʻzi boʻlmay muqobil 
koʻr,
Qochib bilmamki ketti Afgʻon ichra balki Qobil koʻr,
Yurib gʻurbatda hargiz koʻrmasin diydor Fargʻona.
Shoirning oʻz xalqiga, Vataniga boʻlgan cheksiz 
muhabbati dushmanga qarshi kuchli gʻazab boʻlib 
toʻlqinlanadi. U Odil koʻrdek xoinlarga Fargʻonada joy 
boʻlishi mumkin emas, deydi. 
Zavqiy bu she’rida bosmachilarning asl maqsadi 
Fargʻonada “Koʻmilgan xon­beklarni tiriltirish” 
ekanligini aytib, mehnatkash omma yuragida dushmanga 
qarshi qahr­gʻazab qoʻzgʻatadi va ularni bosmachilarga 
qarshi kurashga chaqiradi. Zavqiy Kommunistik partiya 
va rus proletariatining Fargʻona mehnatkashlarining 
qutqaruvchisi, madadkori deb baholaydi:
Pisib boʻri kabi kunduz toʻqayzor ichra yurgaylar,
Tun-oqshom bosma deb otin shahar qishloqqa 
surgaylar,
Yigʻib mardumning moli birla ishrat-bazm qurgaylar,
Shahardin chiqsa kim toʻrtinchisi deb qiynab 
urgaylar,
Necha berahm zolim ilkidin el xor, Fargʻona.
 
Tiriltirmoq boʻlib avval koʻmilgan xon-beklarni,
Oʻlim chohiga soldi bosmachilar bu tiriklarni,
Hisobini bilib boʻlmas kuyib oʻlgan oʻliklarni,
Najotkor tangri yetkazdi madadga bolsheviklarni,
Iloho baxt-toli boʻlsun emdi yor Fargʻona.
Zavqiy oʻz tushunchasiga yarasha “bolsheviklar 
madadga kelgan Fargʻonaga baxt­tole yor boʻlishiga” 
96
Bu nom “Ahli rasta” she’rida ham keltirilgan.


87
muqarrar ishonadi. Zavqiyning bu she’ri uning oktabr 
inqilobidan keyingi qarashi, tutgan pozitsiyasini 
aniqlashda ahamiyatli.
1920­yildan boshlab B.Frunze rahbarligida Fargʻona 
vodiysida bosmachilarga qarshi kurash keskin tus oldi. 
Bu kurash davomida yaxshi agitatorlar ham kerak edi. 
Agitatsiya ruhidagi adabiyot frontda snaryad, patronlar 
bilan teng edi. Shuning uchun bolsheviklar partiyasining 
topshirigʻiga asosan, mehnatkash omma orasida harbiy 
holat vaziyatiga moslab agitatsiya-propaganda ishlari 
ham kuchaytiriladi. 
Harbiy qismlar huzurida aholining Sovet davlatiga
bolsheviklar partiyasiga eng sodiq kambagʻal, ongli 
tabaqasidan agitbrigadalar tuziladi. Bu kishilar omma 
orasida bolsheviklar partiyasi, Sovet davlatining 
maqsadini propaganda qiladilar. Xuddi shunday 
brigadalardan birida shoir Zavqiy ham ishlaydi. Uning 
ishlariga yor­doʻstlari yaqindan yordam berib turadilar.
97
Bolsheviklar partiyasining ustalik bilan qoʻllagan 
siyosati, qator tadbirlari natijasida bosmachilarga 
qoʻshilgan kishilardan koʻpi ixtiyoriy ravishda taslim 
boʻladi. Mehnatkashlardan koʻngilli otryadlar safiga 
kiruvchilar koʻpayadi. Xalq ommasi orasida Sovet 
davlatining obroʻyi ortadi. Fargʻona mehnatkashlari va 
ularning ongli vakillari rus proletariatiga oʻzlarining 
imperializm zanjiridan xalos etuvchi najotkori deb 
qaray boshlaydilar. 
1919-1920-yillar mobaynida shoir Zavqiy ochlikka 
qarshi kurash komissiyasida ishlash bilan birga aholi 
oʻrtasida ommaviy agitatsiya­propaganda olib borish 
ishlarida ham aktiv ishtirok etadi. 
97
Ibrohim Musayev xotirasidan.


88
1920-yil iyul-avgust oylarida Kommunistik 
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling