So'ngi versia indd


partiya va Sovet hukumati Fargʻonaning bir qancha


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana04.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1672721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
zavqiy oxirgii


partiya va Sovet hukumati Fargʻonaning bir qancha 
shaharlarida bosmachilarni sulhga tashviq qiluvchi 
komissiyalar tuzadi. Qoʻqonda tuzilgan komissiyada 
Zavqiy ham ishtirok etadi. Zavqiy a’zo boʻlgan bu sulh 
komissiyasi avgust oyida Qoʻqonning Yangiqoʻrgʻon 
qishlogʻidagi katta bir machitga borib tushadi. Bu yerga 
Ergash qo‘rboshi ham keladi. Ikki oʻrtada muzokara 
boshlanadi. Komissiya raisi yarash shartlarini gapirib 
boʻlgach (bosmachilar bilan boʻladigan sulh sharti 
“Fargʻona” gazetasining 1921­yil 15­sentabr 43­sonida 
e’lon qilingan), soʻz komissiya a’zosi Zavqiyga beriladi. 
Shoir bosmachilarni sulhga tashviq qilib uzoq nutq 
soʻzlaydi (Yo‘ldoshxon aka bu marosimda shoir bilan 
birga boʻlgan). Bu muzokaralardan natija chiqmaydi, 
sulh tuzilmay, komissiya Qoʻqonga qaytadi. 
Ergash Zavqiyning oʻzi haqida yozgan hajvlarini 
unutib yubormagan boʻlsa ham, shoir hukumat 
komissiyasining a’zosi sifatida chiqqanidan unga qarshi 
biror chora koʻrolmaydi. Ammo shoirning kelishidan va 
unga qarshi turib soʻzlaganidan ancha gʻazablanadi.
98
Buning ustiga, Ergashni Zavqiyga qarshi koʻtariladigan 
boshqa bir sabab ham vujudga keladi: Komissiya 
qishloqqa ketayotganda bosmachilarning shahardagi 
sherigi Mo‘ydin maxsum Ergashning tugʻbardori 
Salohiddin deganga quyidagi mazmunda xat yuboradi:
“Mulla Salohiddin shogirdimiz xizmatlariga ma’lum 
boʻlsinki, amiral­muslimin dodhoh (Ergashga berilgan 
unvon) hukumat bilan yarashmoqchi emishlar. Oʻrtada 
turganlarning biri Zavqiy hoji ekan. Mazkur Zavqiyning 
xom va’dasiga uchmasinlar, chunki Zavqiy voqianavis 
98
Zavqiy gapirib turganda Ergash bir necha bor Mauzer toʻpponchasini 
gʻazablanib ushlab­ushlab qoʻyadi (I.A. xotirasidan)


89
dodxohni oz askari bilan Qoʻqonga oldirib kelib, 
hukumatdan koʻp askar oldirib borib u kishini ushlab 
olmoqchi... Zinhor hukumat bilan yarashmasinlar”.
99
Bu xat Salohiddinga komissiya qaytib ketgandan 
keyin borib tegadi, mazmunini Ergashga bildirgach, 
uning eski alami yodiga tushib, shoirdan qat’iy oʻch olish 
payiga tushadi. U Zavqiyning Qoʻqondagi hovlisiga 
kechalari bir necha bor qurolli shaykalar yuboradi. 
Zavqiy koʻpdan beri hadiksirab, oʻz uyida yotmay, goh 
qaynarda, goh boshqa yerlardagi do‘stlarinikida yotib 
yurardi. Shuning uchun borgan shaykalar har gal shoirni 
topolmaydi.
Oʻz hayotining xavf ostida qolganini aniq bilgan 
shoir ba’zi doʻstlari bilan 1920­yil noyabr oyida 
Xoʻjandga ketadi. Ular Xoʻjandda turib Buxoroning 
amirlik zulmidan ozod qilinganini eshitib Samarqand 
orqali Buxoroga joʻnaydilar.
100
Zavqiy bir yarim, ikki 
oy chamasi yurib yana Qoʻqonga qaytadi. 
U kelguncha roʻzgʻori nihoyat darajada tanglikda 
qolgan edi. Chunki bosmachilardan hadiksirab, ekkan 
don­dunini ham yigʻishtirib ololmagan edi. Shoir 
Yangiqoʻrgʻonning Karimbobo (hozirgi Zavqobod) 
qishlogʻidagi togʻasidan qolgan yerga ekilgan 
jo‘xorining bir qismini oʻsha qishloqlik doʻstlari 
yigʻishtirib saqlayotganlik xabarini eshitadi. Shuni olib 
kelib tamaddi qilish maqsadida 1921-yil fevral oylarida 
99 
Sh.Rizoning ocherkidan olindi. Bu xat hech qaysi muzey 
arxivlarda saqlanmagan. Yoʻqolgan boʻlishi aniq. Ergash shoirni tutib 
ketgach, bu xatni oʻziga koʻrsatgan. Shoir qutulib kelgandan keyin 
xat mazmunini, kim yozganligini doʻstlariga aytgan. Bu xotiralarni 
soʻzlovchi Sh.Rizo ham shularga asoslanganligini aytadi.
100 
Ayrim hujjatlar va birga borgan kishilarning xotiralari Zavqiyni 
sovet hukumati tomonidan maxsus topshiriqlar bilan yuborilganini 
tasdiqlaydi.


90
u yerga boradi. Zavqiyning inqilobdan burun yozgan 
“Yangiqoʻrgʻon” she’rida fosh etilgan kal Qurbonquli 
Ergashning qoʻrboshilardan boʻlib, u qishloqni “so‘rar” 
edi, Zavqiyning kelgan xabarini tezdan Ergashga 
yetkazadi. Zavqiy machitga kirayotganda Ergashning 
oʻzi kelib, uni tutib Bachqir qishlogʻiga olib ketadi.
Ergash qo‘rboshi Zavqiyni hushidan ketgunicha 
kaltaklaydi. Sovuq qish kunida usti-boshlarini yechib 
olib, yertoʻlaga qamab, qattiq azoblashga kirishadi. 68 
yoshga kirib kuchsizlanib qolgan keksa shoir bu qiynoq-
azoblar natijasida butunlay salomatligini yoʻqotadi. 
Uning yaralangan a’zolari gazak olib shishib ketadi, 
yotsa turolmaydigan, kishi tanimaydigan ahvolga tushib 
qoladi. 
Ergash va uning atrofidagi kishilar shoirni Sovet 
davlatining yaqin kishisi deb bilar edilar. Shuning uchun 
shoirni qattiq qiynab, undan shahar ahvoli, qurolli 
kuchlar va boshqa masalalar haqida muhim ma’lumot 
olmoqchi boʻladilar. Shoir bosmachilarga hech qanday 
sir aytmadi, azob­uqubatlarga chidam koʻrsatdi.
Zavqiyning oila a’zolari uning daraksizligidan 
tashvishlanadilar va ochlik azobidan qiynaladilar. 
Shahardagi doʻstlari esa shoir yana biron yerga ketgan 
boʻlsa kerak, deb oʻylab, oila a’zolarini yupatadilar. 
Taxminan bir oylardan keyin Qoʻqonga “Zavqiy 
hojini Ergash tutib olib oʻldiribdi” degan xabar keldi. 
Oila azolarining faryod­figʻoni koʻkka chiqadi. 
Zavqiyning shogirdlaridan Akramqori, Yo‘ldoshxon 
aka, nabirasi Azimjon (bu kishi hozir hayot) shoirning 
jasadini topib kelib, koʻmish maqsadida avval 
Bachqirga yaqin Paxta qishloqqa borib, u yerdagi tanish-
bilishlardan surishtiradilar. Hech kim aniq javob bera 
olmaydi, ayrim kishilar “Ergashning Zavqiyni otganligi 


91
ma’lum emas, tutib kelganligini koʻrdik, qayerdaligini, 
nima boʻlganligini bilmaymiz” deb javob beradilar. 
Bachqirga borish xatarli boʻlganidan, bular u tomonga 
oʻtishga jur’at qilolmay, Qoʻqonga qaytadilar. 
Nihoyat, yana oʻn kunlarcha oʻtgach, Yangiqoʻrgʻon­
ning Dodho mahallasidagi aravasoz usta Rahimberdi 
Zavqiyning tirikligi haqida xabar keltiradi. Ertasiga 
yuqorida nomi koʻrsatilgan kishilar usta bilan birga 
shoirni koʻrish, imkoni boʻlsa qutqarib olib kelish 
uchun qishloqqa jo‘naydilar. Qattiq azob ostida yotgan 
keksa shoir, togʻasidan qolgan yer­suv va boshqa 
narsalarni sotib boʻlsa ham, hayallamasdan Ergash 
qoʻlidan qutqarib olishni boruvchilardan qat’iy iltimos 
qiladi. Bu ishda Zavqiyning doʻstlari yaxshi tashabbus 
koʻrsatadilar. Ular oʻsha kunning oʻzidayoq Bachqir 
boylaridan Isaboy hojiga Zavqiy yerlarini arzon-garov 
sotadilar, oʻz yonlarida boʻlgan pulni ham qoʻshib 
boydan Zavqiyni qutqarishga vositachi boʻlishni iltimos 
qiladilar. 
Boy Zavqiyning yeri hisobidan Ergashga qoʻy, 
un, guruch va birmuncha mablagʻ olib kelib tutqizadi. 
Bu paytda Ergash Zavqiyni Yangiqoʻrgʻondagi Galdir 
mozorida ot dumiga bogʻlab uloq qilib chopishga 
“hukm” chiqargan edi. Isaboy hojining oʻrtaga 
tushganligini koʻrgan qo‘rboshi Zavqiyning chala oʻlik 
jasadini ularga sotadi, “gunohidan oʻtganligini” aytib 
qaytarib beradi. 
Zavqiy doʻstlar yordami bilan Qoʻqonga kelgach, 
rosa ikki oy qimirlamay oʻrnida yotib, oʻz hovlisida 
1921-yil may yoki iyun oyida 68 yoshida vafot etadi.
101
101 
Shoirning bosmachilar tutqunidan keyingi hayoti marhum 
Sh.Rizoning ocherkida toʻla koʻrsatilgan.


92
XOTIMA
Shoir Zavqiy XIX asrning ikkinchi yarmida 
demokratik adabiyotning realistik traditsiyalarini 
izchillik bilan davom ettirdi, ularni oʻz davriga moslab 
rivojlantirdi. 
U 1875-1921-yillar orasidagi 45-46 yillik ijodiy 
faoliyati davomida o‘ziga xos evolyutsion yoʻlni 
bosib oʻtdi. Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshilishi 
munosabati bilan ilm­fan, ijtimoiy fikrlarining 
Turkiston xalqlari ongiga ijobiy ta’siri natijasida shoir 
Zavqiy zamonasining demokrat shoirlaridan biri boʻlib 
yetishdi. U oʻz she’rlarida mehnatkash ommaning 
ogʻir ahvoliga kuyindi, ular bilan bir qatorda oʻz 
zamonasidagi zulm, haqsizlik, xoʻrliklardan faryod 
chekdi. Mehnatkash ommaning ochlik, qashshoqlik, 
huquqsizligi va madaniyatsizligiga sababchi boʻlgan 
zolimlarga norozilik bildirdi, oʻz satiralarida ularni fosh 
qildi:

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling